Kurash nazariyasi va uslubiyati
Download 49.96 Kb. Pdf ko'rish
|
3.5.Taqdimot. 3-Mavzu.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9. “TANBEH”
- 10. “DAKKI”
- 11. “G‘IRROM”
- “G‘IRROM”
7.
“CHALA” kurashchilardan biri usul qo‘llab, usulni oxirigacha to‘liq bajara olmasa ishlatiladigan ibora. Hakam qo‘lini kafti bilan yoniga qaratgan holda tirsagidan bukib (90°) ishora qiladi. “CHALA” - kurashchilardan biri usul qo‘llab to‘lig‘icha bajara olmasa, raqibining beli yoki undan yuqori qismini 17.08.2023 9. “TANBEH” birinchi ogohlantirish. Hakam kurashchi tomonga burilib, qo‘lini oldinga cho‘zgan holda barmog‘i bilan tanbeh olgan kurashchini ko‘rsatib, ishora qilib shu iborani ishlatadi. “TANBEH” - ogohlantirishi unchalik katta bo‘lmagan, “TANBEH”-xatolarga yo‘l qo‘ygan kurashchiga beriladi: - kurashchi ataylab qochayotib, raqibga ushlab olishga yo‘l qo‘ymasa; - ataylab raqibni gilamdan itarib chiqarsa yoki o‘zi gilamning xavfli maydoniga chiqib ketsa; - ataylab o‘zining kiyimini, ishtonini hakam ruxsatisiz yechib yuborsa; - ataylab raqibning ishtoni yoki oyoqlaridan ushlasa; - ushlab olgandan keyin 8-10 sekund vaqt davomida usul qo‘llamasa, beriladi. 17.08.2023 10. “DAKKI” ikkinchi ogohlantirishda ishlatiladigan ibora. Hakam qo‘lini musht qilib tirsagidan bukib (90°) ishora qiladi (qo‘l barmoqlar musht holiga kelgan va kaft old tomonga qaragan bo‘lishi kerak. “DAKKI”, “TANBEH”dan keyin ikkinchi, unchalik katta bo‘lmagan xatoga yo‘l qo‘ygan kurashchiga e’lon qilinadi. 17.08.2023 11. “G‘IRROM” oxirgi ogohlantirishda ishlatiladigan ibora. Hakam kurashchi tomonga burilib, qo‘lini kaftlari bilan pastga qaratgan holda yon tomonga cho‘zib ikki-uch marta pastga silkitib ishora qiladi. “G‘IRROM” - katta xatoga yo‘l qo‘ygan (yoki “DAKKI” jazosini olgan va keyingi paytda unchalik katta bo‘lmagan yoki o‘rta toifadagi xatoga yo‘l qo‘ygan) kurashchiga e’lon qilinadi. - Olishuv davomida raqibning, hakamlarning sha’niga noma’qul so‘zlarni ishlatsa, baqirsa, har xil imo-ishoralar qilsa; - agar kurashchi olishuv davomida raqibiga bila turib jarohat yetkazsa, unda raqibga “G‘IRROM” e’lon qilinib, shikastlangan kurashchiga “HALOL” beriladi. Izoh: Ishoralar o‘rtadagi hakamning ikki tomonda turgan kurashchilarning yaktagi rangiga qarab o‘ng yoki chap qo‘l bilan ko‘rsatiladi. O‘rtadagi hakam qo‘l ishoralarini ko‘rsatish bilan bir vaqtda gilam o‘rtasida tik holatda iboralarni ham baland ovoz bilan aniq aytib borishi shart. - Baho va ogohlantirishlar raqamlar (10,5,3,1,0) bilan e’lon qilinadi, ammo ularning umumiy soni jamlanmaydi. 17.08.2023 12. “JAZO” – hakam barmoqlarini musht holatda oldinga qaratgan holda yuqoriga ko‘tarib ishora qiladi. Jazo ishorasi bellashuv ikki daqiqa davomida hakam tomonidan baholanmasa hakam jazo ishorasini ko‘rsatib har ikki polvonni belbog‘idan ushlatib, hakam ikki kurashchining kuraklarini ushlab kurash buyrug‘ini beradi. Kurash 1 daqiqa davom etishi kerak. Ikki kurashchidan birini qo‘li belbog‘dan chiqib ketsa yoki tizzasi еrga tegsa shu kurashchiga tanbeh beriladi va qolgan 2 daqiqa davom ettiriladi. 17.08.2023 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling