Kurs 101-20 guruh talabasi Òzbek tili Akademik yozish fanidan mustaqil ish

Ey Allohning Rosuli s.a.v. qachon Aliga ro‘baro‘ kelganimda xecham birinchi bo‘lib salom bermay, mening unga salom berishimni kutib keyin alik oladi”

Download 30.89 Kb.
bet7/7
Sana05.01.2022
Hajmi30.89 Kb.
#203238
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Документ

Ey Allohning Rosuli s.a.v. qachon Aliga ro‘baro‘ kelganimda xecham birinchi bo‘lib salom bermay, mening unga salom berishimni kutib keyin alik oladi”, dedilar. Shunda Rosululloh s.a.v. hazrati Alini huzurlariga chaqirtirib buning sababini, ya’ni nega birinchi bo‘lib salom bermasliklarini so‘radilar. Shunda hazrati Ali r.a: “Ey Allohning Rosuli, o‘zingizdan eshitganman, “kim birinchi bo‘lib salom bersa, unga jannatda Alloh taolo bir bayt, uy bino qiladi, degansizmen o‘sha qasr uyni Hazrati Umarga bo‘lishini xohlayman” degan ekanlar.

Har kimning o‘z qarashi, o‘z mulohazasi bor. Bu did bilan, estetik va etik me’yorlar bilan bog‘liq. Did bilan dillashish, aslo mumkin emas. Narsa-hodisani baholash aslida, o‘zingni baholashdir. Xo‘sh, go‘zallik deganda siz nimani tushunasiz? – degan savolga O‘zDSMI “Xalq ijodiyoti” fakultetining Folklor-etnografik jamoalariga rahbarlik yo‘nalishi 2 – bosqich talabalari har xil javob qaytarishdi.  Masalaga qaysi tomondan qanday fikriy rakurs bilan yondashish har kimning o‘ziga bog‘ilqligi ayon. “Dunyo go‘zallik qonuniyatlariga binoan quriladi” – degan fikrni hammamiz bilamiz. Demak, go‘zallik ma’naviyat u dunyoni qutqaruvchi engilmas kuch. Insonning o‘zi va so‘zi, ko‘rinishi va kiyinishi, yurish-turishi, nutqi va xulqi go‘zal bo‘lsa, u albatta ibrat namunasidir. Undan o‘rnak olishga intiluvchi, unga o‘zini o‘xshatishga harakat qilib ergashuvchilar ko‘payadi. YAxshilarga yondoshish hosili murod degani. Takrorlash, taqlid aslida, ta’sirlanishdan boshlanadi.

Dilshod  Atamurodov. Samarqand Qo‘shrabot tumanidan.

Go‘zallik insonga tangri tomonidan berilgan bebaho ne’mat.  Afsuski, ba’zan biz uni anglamaganimiz singari  u ham bizni tushunmaydi. SHuning uchun ular orasida sadoqat, mehr har doim ham hamroz emas. Xorazmiyning “Muhabbatnoma”sida o‘qiganim bor: Husnnikim huvaydo qildi Xoliq, Husn birla vafo kelmas muvofiq.  O‘zining tashqi ko‘rinishiga mahliyo bo‘lib, o‘zgalardan ayb izlash illat. Bir donishmanddan so‘rashadi: Nega odamlar o‘zgalarning aybini ko‘radi-yu o‘zining ayblarini ko‘rolmaydi?

U shunday javob beradi: CHunki inson o‘ziga oshiq. Oshiq esa ma’shuqaning aybini ko‘rolmaydi. Bu hikmat bejiz emas.

Zuhra Muhiddinova (Surxondaryo viloyati SHo‘rchi tumanidan)

Tashqi ko‘rinish bilan emas, inson qalb go‘zalligi bilan el ichra e’zoz va ehtirom topadi. Zohiran suluv bo‘lib, botinan go‘zal bo‘lmagan inson tili va dili, qalbi va qiyofati, shaklu shamoyili o‘zgacha bo‘lgan inson singaridir. U bamisoli bug‘doysiz boshoqqa yoki mag‘izsiz, puch yong‘oqqa o‘xshaydi. Uning ko‘rinishi bo‘lgan bilan qadr-qimmati bo‘lmaydi.

Abror Mamatov. Toshkent viloyati Angren shahridan. “Go‘zallik umri qisqa bo‘lgani uchun unga yukinib, ishonib yashash adashishdir. Kimga va nimaga ishonish muhim. Ishonchni yo‘qotishdan ortiq kulfat yo‘q. Go‘zallik bugun bor, ertaga yo‘q deganidir. O‘zaro munosabatlar faqat shunga qarab qurilmasligi kerak. Samimiyatgina insoniylik belgisidir.”

Davraga o‘z mulohazalari bilan institutning “Teatrshunoslik” va “Dramaturgiya” yo‘nalishi 4-bosqich talabalari ham kelib qo‘shilishdi.

Muzaffar Axmadjonov: mening nazdimda go‘zallik haqiqiy, tabiiy va sodda bo‘ladi. o‘zida nafosatning bir bo‘lagini, poklikning ham bir bo‘lagini aks ettiradi. Ruhiyatga iliqlik bag‘ishlovchi har bir narsada go‘zallik mavjud. U moviy osmon bag‘rida nur va yomg‘ir bilan chizilgan rangin kamalakka monandir.

Robiya Ismatullaeva:  go‘zallik ezgulik va yaxshilikka undovchi kuch. Insonning birinchi boyligi salomatlik bo‘lsa, ikkinchi boyligi go‘zalligidir. Go‘zallik dunyoni boshqaradi va qutqaradi.

Xurshida Xusenova: Go‘zallik o‘zi haqida unutishlariga yo‘l qo‘ymaydi. CHindan shundaymi?! Albatta, go‘zallik “biroz” takabbur. U o‘zini juda sevadi, sevdiradi. U doim o‘zini birinsi o‘rinda turishini istaydi. Hamma narsaga erishish uchun faqat va faqat o‘zini boqiy deb biladi. Lekin u aksariyat hollarda adashadi. Ha, ha aksariyat hollarda! Ko‘pincha u o‘z maqsadiga erishadi, lekin, ichki va tashqi go‘zallik uyg‘unlashsa, bormi! Beixtiyor nur paydo bo‘ladi. bu nur hammani o‘ziga chorlaydi.

Durdona Bonu O‘roqova: (Samarqand viloyati Oqdaryo tumani) Insonning qalbi Olloh bergan chinakam ezgu xislatlar bilan sug‘orilgan bo‘lsa, butun borliq jannatiy go‘zallikka loyiq topiladi. Atrofga boqing! Nuqsonlar bormi? Unda inson qalbida go‘zallik bilan birga uni yo‘q qilishga uringan tubanlik ham bor.

Inson chinakam go‘zallikni yaratish yo umuman yo‘q qilishga qodir.

Dilafro‘z Ismoilova: Go‘zallik bu pok qalb va nafis tuyg‘ularning insonga baxsh etayotgan iliq onlari, in’omlari.

Mohisadaf Ubaydullaeva(Toshkent sh.) sharq allomalarining asarlarida go‘zal xulq, go‘zal xislatlar, go‘zal asar kabi qator birikmalarga duch kelamiz. “Go‘zal” so‘zi “mukammallik” bilan ma’nodoshlik hosil qiladi. Demak, go‘zallik bu har tomonlama, garmonik shakldagi mukammallikdir.

Zarnigor Abduvohidova (Namangan viloyati) go‘zallik… kimningdir qarashida bahor faslining uyg‘onishi, kimningdir nigohida baxt uchqunlarining porlashi, kim uchundir esa murg‘ak go‘daklarning beg‘ubor jilmayishi. Men uchun esa qalblarda muhabbat va samimiyatning aks etishi bu go‘zallikdir.

YUlduz Vafo: mening nazarimda, go‘zallik mavhum bir tushuncha. Uning aniq ta’rifi va o‘lchami yo‘q. Uni har kim o‘zicha kashf etadi va o‘zicha talqin etadi. Go‘zallik insoniyatni tanazzuldan qutqarib qoluvchi vositalardan biri. Ichki va tashqi go‘zallik bir-birini inkor etadi. Tashqi go‘zallik o‘tkinchi, ichki go‘zallik umrboqiy.

Nurxon: go‘zallik nisbiy tushuncha emas. Uni ko‘rish va anglash mumkin. Ko‘z bilan ko‘riladigan go‘zallik zohiriy bo‘lib, anglangani esa botiniydir. Zohiriysi borgan sari o‘zining chiroyini yo‘qotishi, botiniysi esa tobora jilolanib borishi mumkin. SHu sifatlari bilan ham go‘zallik isbot talab qiladi. Bir aqlli qizning qanchalik aqlliligini isbotlashdan ko‘ra, bir chiroyli qizning go‘zalliligini e’tirof etish afzal.

D.Haydarov: Go‘zallik eng beshafqat mehmondir.

Adiba Umarova(Navoiy viloyati Xatirchi tumani) tabiatning mo‘‘jizalari inson qalbini shoirona xayollarga chorlaydi. Kuz faslining o‘ziga xos jozibasi taxayyul olamiga chorlaydi. Turfa ranglarda tovlanuvchi barglar yomg‘ir ostida yuvilib, daraxtning quchog‘idan xayrlashib erga gilam bo‘lib to‘kiladi. Mana shu manzaraning o‘zida ham tabiat go‘zalligini ko‘rsa bo‘ladi. xayoliy jimjimador tasvir ham go‘zallikdir.

Go‘zalxon Qayumova: shunday insonlar borki, hayotning g‘ar bir kunidan go‘zallikni topib, his etib yashaydilar. Ular uchun hayotning har lahzasi nafis, go‘zal. Bunday insonlar, oddiy, jo‘n narsalardan ham zavqlanib, jo‘shqinlanib yashaydilar. Ular uchun oilaviy baxt, mehru oqibat kabi tuyg‘ular muqaddas va go‘zaldir.

Mening ongimga ko'ra yashash, mening fikrlarim va harakatlarimdan uyalmasdan yashash istagini tarbiyalagan ota-onamdan juda minnatdorman. Va shunga qaramay, har kuni har qanday vasvasaga qarshi turish qiyin bo'lgan holatlarga duch kelaman. Shoh Sulaymonning halqasida ichkaridan nima yozilganini eslaysizmi? "Bu ham o'tadi". Ushbu ibora menga katta yordam beradi - men ko'pincha vasvasa paytlarida bu haqda o'ylayman. U, bu vasvasa, o'tib ketadi, ammo noto'g'ri xatti-harakatlar amalga oshiriladi. Ammo keyin qanday qilib o'z vijdoning bilan, ruhing bilan bo'lish kerak? ..

O'zimning kamchiliklarim bilan shug'ullanish usulini shu tarzda ixtiro qildim. Jamoat hayotidagi kamchiliklar oldida o'z kuchsizligingizni anglash naqadar qiyin! Ba'zan siz tilanchilarni, yovuz odamlarni ko'rmaslik uchun, quloqlarini tiqib, qasamyod so'zini eshitmaslik uchun, adolatsizlikka duch kelmaslik uchun yashirish uchun, o'zingizning ideallaringiz bilan bo'rttirmaslik uchun ko'zingizni yummoqchisiz! Ehtimol, siz birinchi marta odamning ruhiy go'zalligi uyg'unligini va jamiyatdagi kamchiliklarning namoyon bo'lishini hayrat bilan taqqoslaysiz.

Hayotda goʻzallik xilma-xil darajada namoyon boʻladi. Tabiatdagi goʻzallik ijtimoiy hayotdagi, oddiy faoliyatdagi esa badiiy ijoddagi goʻzallikdan farq qiladi. Lekin goʻzallik xilma-xilligi bilan birbiridan qancha farq qilmasin, barchasi qandaydir umumiy belgiga egadir. Mana shu umumiylik tufayli hodisalarni goʻzallik tushunchasi tarzida inʼikos etamiz. Goʻzal narsalar inson amaliy faoliyatiga, manfaatlariga mos boʻlib, ularni idrok etish hayrat va quvonch bagʻishlaydi, shaxsning uygʻun rivojlanishiga, unda eng yaxshi insoniy xislat-fazilatlar tarkib topishiga koʻmaklashadi.

Goʻzallikning mohiyati va unga nisbatan yondashuvlarni falsafiyestetik kontekstda tahlil qilgan olim B. Husanovning fikriga koʻra, “Goʻzallik – bu, voqelik (tabiat, jamiyat, sanʼat) hodisasi boʻlib, biror narsaga his-tuygʻu orqali taʼsir oʻtkazish bilan insonda jismoniy va maʼnaviy kuchlar oqimining koʻpayishiga, shodlik, zavqlanish, maʼnaviy qoniqish holati vujudga kelishiga imkon yaratadi. Goʻzallik hamisha foydali, lekin u alohida turdagi foydali – u avvalo insonga, jamiyatga, taraqqiyotga maʼnaviy foyda keltiradi”.

Oʻrta asrlar musulmon Sharqi mutafakkirlarining goʻzallik haqidagi qarashlari bevosita hurfikrlilikka asoslanganligi bois kishida ijobiy taassurot uygʻotadi. Ana shunday munosabat oʻz navbatida, tasavvuf nafosatshunosligiga ham daxldor.

Tasavvuf taʼlimoti goʻzallik muammosini qanday hal etadi? Aytishimiz mumkinki, bu taʼlimot olam – Yaratuvchining ijodi, Ilohning koʻzgusi deb tushuntiradi. Shunga koʻra, jamiki goʻzalliklar manbai – Mutlaq Iloh, voqelikdagi goʻzalliklar – Iloh jamolining aksi; u maʼnaviy goʻzalliklarni anglash va koinot sarvari Ruhi azaliyga monand narsalarning goʻzalligini qabul qilish yoʻlidagi pillapoyalardir. Mutaxassislar “jamol”, “jalol”, “poklik”, “musaffolik”, “ziynat” singari iboralar tasavvuf taʼlimotida goʻzallikka muqoyasa qilinishini eslatib oʻtadilar.

Tasavvuf islom asosida shakllangan qalb goʻzalligi ilmi va maqtalgan axloq hisoblanadi.

Tasavvuf axloqining tamal toshi, asosi, poydevorida qalb goʻzalligi, yuksak aql bor.

Tasavvufda real moddiy dunyo goʻzalligi inkor etilmaydi (garchi dunyo va uning boyligiga boʻlgan salbiy munosabat sezilib tursa-da), balki real moddiy dunyo oʻzoʻzicha qimmatli emas, deb qaraladi. Tasavvuf talqiniga koʻra, qadriyat va arzirli narsa, bu – ruh bilan, Iloh bilan bogʻliq narsadir. Hayot ham ruhning faoliyatidan iborat.

Tasavvuf oʻz davrida musiqa, tasviriy sanʼat, raqs sanʼatiga ham sezilarli taʼsir oʻtkazdi. Birgina samoʻning oʻzida ham sheʼriyat, ham raqs, ham qoʻshiq, ham musiqa ishtirok etadi. Bunda samoʻ oʻzida goʻzallikni mujassam etganini koʻrish mumkin. Bu samoʻ majlislaridan kishi oʻziga estetik zavq olgan, koʻnglida forigʻlanish, tozalanish yuz bergan.

Tasavvuf Buyuk bir romantik olamdir. Borliqni turfa ranglarda, shoirona xayoliy surat – timsollar tarzida, ilohiy nurning porlashida, doimiy harakatda va ijodda deb tasavvur etish – bir Buyuk Poyeziya. Jami goʻzalliklar, yaxshiliklar, ezguliklar manbai – Mutlaq Iloh, Qudrat va kuch, harakat va faoliyat ham Undan. Dunyodagi jami husnu jamol – Uning jamolining aksi. Inson goʻzalligi Uning jamolining jilvasi, bu jamol olamda qancha koʻp jilo etgan boʻlsa, u shuncha koʻp goʻzal boʻla oladi. Inson ruhining goʻzallikka, nafosatga tashnaligi Iloh goʻzalligiga tashnalik natijasidir. Yana buning ichida moddiy goʻzallik va maʼnaviy goʻzallik, gʻoya va fikr goʻzalligi ham ajralib, eʼtiborga olinadi. Goʻzallikdan maqsad tafakkur goʻzalligi, maʼnaviy goʻzallikni anglamoq, oliy javhar – Ruhi azaliyga monand narsalarning goʻzalligini qabul qilmoqlikdir. (Qarang: Komilov N. Tasavvuf. – Toshkent, “Movarounnahr-Oʻzbekiston”, 2009.140-bet). Tasavvufning asosiy gʻoyalaridan, estetik xususiyatlaridan biri mana shudir.

Tasavvufda goʻzallik ideali, qudrat ideali, poklik ideali, abadiylik ideali – jami ideallar ideali Uning oʻzi, Yaratgan deb olinadi. Hayrat ham oʻshandan, gʻayrat va shijoat ham, hayot nafosati ham Yaratgandan deb qaraladi. Jonli va jonsiz har bir narsada, hayotning oʻzida, Iloh qudratini mushohada etish, Uning goʻzalligidan hayratlanib, joʻshib, olamolam zavq olish, Ilohni yori aziz, doʻst bilib, Unga sigʻinish, suyanish, Unga rozi dil aytish – mana shu soʻfiy shoirning maʼnaviy dunyosi, hayot mazmunidir. Tasavvuf estetikasiga doir tadqiqot ishlarini olib borgan olim A. Qurbonmamadov tasavvufda goʻzallikning uch asosiy bosqichini quyidagicha koʻrsatib oʻtadi: birinchisi – mutloq oʻzgarmas ilohiy goʻzallik; ikkinchisi – inson faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan botiniy, maʼnaviy goʻzallik; uchinchisi – mutloq goʻzallikning aksi sifatida namoyon boʻluvchi narsalar va moddiy olam goʻzalligi. (Qarang: Kurbanmamedov A. Esteticheskaya doktrina sufizma. – Dushanbe, “Donish”, 1983. str. 9).ekanligidan dalolat beradi. Tasavvuf ana shu ikki yoʻl bilan insonni tarbiyalaydi, boqiy haqiqat sari boshlaydi. Tasavvufdagi, jumladan, naqshbandiya tariqatidagi estetik gʻoyalar axloqiy gʻoyalar bilan uygʻunlashib ketgan. Zero, naqshbandiya tariqatidagi “Dil – yorda, qoʻl – ishda” tamoyilining mohiyatida ham barkamollik moddiy va maʼnaviy asosning uygʻunligiga, mukammalligiga tayanadi, degan gʻoya mujassam.

Tasavvuf taʼlimotining ayrim yoʻnalishlarida “Avom shariat, tariqat, maʼrifat, haqiqat, singari tasavvuf bosqichlarini bosib oʻtmay turib, Xudoning goʻzalligidan bahramand boʻla olmaydi”, – degan qarash ustuvor mavqeni egallagan boʻlsa, ikkinchi bir qarash esa “Olloh hamma uchun sevimlidir” degan gʻoyaga asoslanadi. Lekin, ahamiyatli jihati shundaki, har ikkala qarash orqali tasavvuf taʼlimotining namoyondalari Xudoni eng Oliy goʻzallik sohibi sifatida eʼtirof etadi va ayni paytda real olam goʻzalligiga befarq munosabatda boʻlmaydi.

Tasavvuf falsafasiga koʻra, haqiqiy goʻzallik – bu, Mutlaq Zot Parvardigorning yakka-yu yagona vujudidan iborat. Boshqa goʻzalliklar shu vujud ijodining inʼikosidir. Mutlaq Zotni Al-haq (Real borliq), Ahad (Birlik) deb ham ataydilar. U oʻzi yaratgan olam ashyolarida (olami shahodat, olamul xalq) Oʻzini namoyon etib, zohirlanib turadi va shu orqali Oʻzi Oʻzini idrok etadi. Bu cheksiz va mavhum Mutlaq Zotning shahodat (moddiy) olamida tinimsiz jilolanishi “tajalliy” deb atalgan. Tajalliy – barcha harakat va faoliyat, tiriklik va hayot ijodkori Parvardigorning oʻzi yaratgan olamda doimo hozir boʻlishidir.

Tasavvufdagi goʻzallik tajalliy orqali namoyon boʻladi. Tasavvufda goʻzallik ideali – jami ideallar ideali – Uning Oʻzi, Yaratgan deb olinadi. Tasavvufda goʻzallikdan maqsad tafakkur goʻzalligini anglamoq, oliy javhar – Ruhi azaliyga monand narsalarning goʻzalligini qabul qilmoqlikdir. Bu “Dil – yorda, qoʻl – ishda” gʻoyasida goʻzallik bilan ezgulikning uygʻun ekanligiga asoslanadi.

 Buyuk alloma Mahmud az-Zamaxshariy “Ey inson farzandi, sen ilmli va adabli boʻl. Ilm va adab senga mushfiq otangdek boʻlsin” degan ekan. Sharqda azaldan kitob koʻrgan odamlarning ilmi va amali bir boʻlgan. Ammo bugun zamonaviy bilimlarni puxta egallayotgan ayrim yoshlar adab masalasida biroz xomdek… Mayli, zohiriy koʻrinish mayda gapdir, ammo qalb tarbiyasi dolzarb masala. Inson hayotida ilm nechogʻlik muhim? Adab-chi?

– Ilm-maʼrifat, odob-axloq masalasi kishilik jamiyatida, bashariyat hayotida hamisha alohida ahamiyatga ega boʻlgan. Xalqimiz qadimdan elning ilmli kishilariga ishongan, ularga ergashgan. Misol uchun, Islom dini bizning mintaqamizda 725–730 yillarda mahalliy aholi tomonidan qabul qilindi. Birinchi galda ilmli kishilar din bilan tanishib, Qurʼoni Karimni oʻqib, hadislarni oʻrganib, bu nafaqat muqaddas din, balki buyuk taʼlimot ekanini oʻz vaqtida toʻgʻri anglashdi, xalqqa ham toʻgʻri tushuntira olishdi. Ziyoli, maʼrifatli insonlar imon keltirishgachgina el-ulus ham Islomni qabul qildi. Bizning baxtimiz shundaki, ilmli ajdodlarimiz haq yoʻlni tanlay bilishdi.

Qurʼoni Karimda 800 dan ortiq oʻrinda ilm haqida bayon qilingan. Ilm-maʼrifat yuksak taʼriflangan. Ilmning xosiyati haqida koʻplab hadislar bor. “Eng yaxshi ibodat ilm olmoqdir” deyiladi hadisi sharifda. Demakki, ilm olmoq ibodat darajasida ulugʻlangan.

Har bir moʻmin kishi u kim boʻlishidan qatʼi nazar, professormi, tadbirkormi, dehqonmi yuragining bir burchida “Menga ham jannat nasib boʻlarmikan?” degan oʻy bilan yashaydi. Hadislardan birida “Hamma narsaning bir yoʻli bor. Jannatga yoʻl ilm olish bilan egallanadi” deyiladi. Garchi hayotning turli jabhalarida faoliyat yuritsa-da, ilmga tashnaligi, kitobga mehri boʻlgan odam, albatta, solih kishidir.

Yana bir oʻrinda “Islom – bu ilmdir” deyiladiki, bunda faqatgina diniy bilimlar nazarda tutilmaydi. Ezgulikka boshlovchi hamma ilmlarni oʻrganmoq farzdir. Bizning dono ajdodlarimiz bu hadislarga qatʼiy amal qilganlar. Islomning ustunlari ilm deganlar. Alohida faxr bilan aytish kerakki, musulmon olamida dastlabki madrasalar bizda ochilgan. Ularni oʻz davrining universitetlari darajasida tushunish kerak. Chunki madrasada diniy taʼlimot bilan birga, tarix, falsafa, astranomiya, tabobat kabi dunyoviy fanlar ham oʻqitilgan. Buxoro, Samarqand, Shosh, Termiz, Nasaf kabi qadimiy shaharlarimizda ana shunday ziyo maskanlari boʻlgan. Taassufki, biz hali madrasalarimiz tarixini toʻla tadqiq qilganimiz yoʻq. Ularni oʻrganishga ajdodlar oldida qarzdormiz.

Men oʻtgan asrning 70-yillarida uch yil Bagʻdodda tarjimon boʻlib ishladim, yashadim. U yerda chiqadigan “Jumhuriya” gazetasida doktor Noji Maʼruf degan olimning “Madrasalar tarixi” nomli maqolasini oʻqib qoldim. Bu maqoladan shunday taʼsirlandimki, uning muallifini izlab Bagʻdod universitetiga bordim.

“Men Movarounnahrdan keldim”, deya uning xonasiga kirdim. U ochiq chehra bilan “Xush kelibsan” deya kutib oldi-yu, vatanim haqida, tarixi haqida soʻradi. Men u paytlarda yosh edim, hozirgidek toʻliq maʼlumotlarga ega emasdim. Shu suhbatda doktor Noji Maʼruf “Birinchi madrasalar sizlarda ochilgan” degan edi. Bu soʻzdan shunchalik faxrlangan edimki, buni shunchaki taʼriflab boʻlmaydi.

Darvoqe, odob haqida. Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy(736–798) degan alloma haqida oʻqigandirsiz. U Turkmanistonda tugʻilgan, ammo umrining koʻp qismi Samarqand va Buxoroda oʻtgan. Qashqadaryoning Muborak tumanida mutafakkirning ramziy qabri bor. Imom Buxoriy, Imom at-Termiziylar undan hadislar rivoyat qilishgan. Shu alloma asarlaridan birida “Men ilmni yigirma yil oʻrgandim, odob-axloqni esa oʻttiz yil” degan ekan.

Donishmand ajdodlarimiz maʼrifat va axloqni egiz tutishgan. Misol uchun, buyuk alloma Al Hakim at-Termiziy (820–932) maʼrifatlilik va donishmandlikni toza xulqi bilan bezagan inson boʻlgani tarixiy manbalarda koʻp qayd etilgan. Uning taʼlimotida qalb musaffoligi masalasiga jiddiy eʼtibor qaratilgan.

– Ammo tarbiya mutelik degani emas. Imom Buxoriy hazratlariga oʻsha paytlardagi Buxoro amiri Xolid ibn Ahmad Zuhliy vakil joʻnatib “Menga va farzandlarimga “Jomeʼ as-Sahiyh”, “Tarix” va boshqa kitoblaringizni olib kelib, oʻqib bering” deydi. Imom Buxoriy u yerga borishdan bosh tortadilar. Soʻng amir yana vakil yuborib, boshqalarga qoʻshmasdan uning farzandlariga alohida dars berishini soʻraydi. Ammo yana rad javobini oladi. Oʻsha davrda Buxoriyni oʻjarlikda, taʼbir joiz boʻlsa, amirga nisbatan hurmatsizlikda ayblaganlar ham boʻlgan.

– Sharqona tarbiya degani haq-nohaqning oldida bosh egib turaverish, notoʻgʻri ishlarda ham royish berish emasligini ham unutmasligimiz lozim. Bizning axloqimiz iymon bilan, vijdon bilan, qatʼiy hayot pozitsiyasi bilan bogʻliq masala. Oʻzbekona tarbiya odobsizni odob bilan yengishni oʻrgatadi. Yaʼni bahs-munozaralarning ham goʻzal qoidalari borki, bu gʻarbdagi arzimagan narsaga ayyuhannos solib, yoqalashish degani emas. Bizda eʼtiroz bildirmoqda ham, birovni rad etmoqda ham odob bilan yondashiladi. Bunga tarixiy misollar juda koʻp.

Al-Buxoriy bilan bogʻliq voqeaga kelsak. Avvalambor, tarixiy voqeani toʻgʻri talqin qilish juda muhim:

Imom Buxoriy uzoq yillik safardan soʻng ona yurtiga qaytgach, oʻz hisobidan katta rabot, zamonaviy tilda aytganda katta majmua qurdiradi. Uning tarkibida madrasa, masjid, oshxona, mehmonlar uchun turar joy kabi binolar boʻladi. Shu qurilishda hazratning oʻzlari ham bevosita qatnashadi. Ha, endi, bular imom Buxoriydek ulugʻ zot shaxsiyati oldida mayda gaplar. Xullas, shu jarayonda amir Xolid ibn Ahmad Zuhliy vakilini yuborib, Imomdan huzuriga kelishini soʻraydi. Oʻsha kunlarda allomadan hadis eshitaman deb keladiganlarning oxiri yoʻq edi. Bu yoqda qurilish avjida. Xullas, Buxoriy borolmasligini, agar amir istasa kelishini, unga bajonu dil saboq berajagini aytadi. Ammo oʻrtadagi vakillar bu javobni juda qoʻpol tarzda amirga yetkazishadi. Biroz vaqt oʻtgach, Ahmad Zuhliy yana vakil joʻnatib, farzandlariga alohida ilm berishini soʻraydi. Ammo Buxoriy har bir inson kim boʻlishidan qatʼi nazar, ilm olishga teng haqli ekanini chiroyli tushuntiradi va taklifni rad etadi. Buni qarangki, oʻrtadagi vakillar yana qoʻshib-chatib amirga javobni yetkazishadi. Shundan soʻng Buxoriyga qarshi fitnalar boshlanadi. Shu voqea ham al-Buxoriy feʼlidagi moddiyatdan koʻra maʼnaviyatni ustun qoʻyish, xalq manfaati oldida xudbinlik qilmaslik kabi fazilatlarini koʻrsatadi.

– Ustoz, biz har ikki gapimizning birida buyuk ajdodlarning avlodi ekanimizdan faxrlanishimizni aytamiz-u, taassufki, ular oldidagi qarzdorligimizni, vorislik burchimizni unutib qoʻyamiz. Ularni tom maʼnoda bilmaymiz. Yaqinda “Oʻzbekiston” NMIU tomonidan chop etilgan “Buyuk yurt allomalari” kitobini oʻqidim. Siz nashrga tayyorlabsiz. Juda savobli va xayrli ish boʻlibdi…

– Bu kitobda Movarounnahrda yashab oʻtgan yetmish nafar mutafakkirning hayot yoʻli va ularning olamshumul ahamiyatga ega merosi va ilmu urfon rivoji yoʻlida koʻrsatgan beqiyos jasoratlariyu saʼy-harakatlari haqidagi maʼlumotlar jamlangan. Har bir maqola mavzuni chuqur biladigan olimlar tomonidan yozilgan. Ishonchli yozma manbalarga asoslangan, tarixiy dalillarga boy, sodda va ravon uslubdagi maʼlumotlar keng jamoatchilik, ayniqsa, oliy oʻquv yurtlarimizda tahsil olayotgan yoshlarning intellektual salohiyatini oʻstirishga xizmat qiladi. Ilm yoʻlini tanlagan har bir talaba ulugʻ allomalarimizning qanchalik mashaqqatlar evaziga yuksak maqomlarga erishganini bilishi kerak.

Misol uchun, suhbat boshida eslaganimiz Xorazm vohasida tugʻilgan Mahmud az-Zamaxshariy hayot yoʻliga bir nazar tashlasak.

Bolalik chogʻida, taxminan oʻn ikki yoshligida ilm olish maqsadida Buxoroga ketayotganida Zamaxshariy otdan yiqilib oyogʻi qattiq lat yegan. Buning ustiga qahraton qish mavsumi edi. Shifokorlar qancha urinishmasin, bemorning oyogʻini kesishga majbur boʻlishgan. Shu baxtsiz tasodif tufayli Zamaxshariy butun umri davomida oqsab, yogʻoch oyoqda yurgan. Shunga qaramay u oʻz maqsadidan ogʻishmaydi. Otasi erkak kishi ertaga roʻzgʻor yukini koʻtara olishi kerak, jismonan nuqsonli boʻlib qolgan dilbandining hech boʻlmasa biror hunarni egallashini istab, uni bir toʻquvchiga shogirdlikka bermoqchi boʻladi, ammo Zamaxshariy padari buzrukvoridan Buxorodagi madrasaga olib borishini yigʻlab soʻraydi. Shundan soʻng ota farzandining iltimosini bajaradi.

Yana yurtimizda tugʻilib voyaga yetgan mutafakkirlardan biri Abu Hafs an-Nasafiyning hayot va ijod yoʻlini oʻrganish ham juda muhim. Nasaf shahri Abu Hafs yashagan davrda ilm-maʼrifatda Movarounnahrdagi eng yirik ilmiy-madaniy markazlardan biri boʻlgan. Allomaning “Kitob al-qand” va boshqa asarlaridagi maʼlumotlarga koʻra, VIII–XII asrlar mobaynida bizning diyorimizda uch mingdan ortiq koʻzga koʻringan muhaddislar yashab, faoliyat yuritishgan. Ulardan mingdan ortigʻi Samarqandda, olti yuzdan ortigʻi Buxoroda yashagan boʻlsa, toʻrt yuz nafardan koʻprogʻining hayot va faoliyati Nasaf shahri bilan bogʻliq boʻlgan.

– Ajdodlar merosidan xabardor boʻlish, bobolarimiz xazinasini avlodlar shuuriga yetkazish masalalarida ham fikrlashsak.

– Kitob olami – boshqacha… Yoshlar albatta kitiob oʻqishi zarur! Mutolaa yangicha kuch, yangicha ilhom beradi. Toʻgʻri, sof ilmiy asarlar oʻqilmaydi. Mavzuning qaymogʻini, mohiyatini ochib beradigan sodda va muxtasar shakl topishga eʼtibor berishimiz kerak. Biz bundan bir necha yillar avval “Tafakkur” nashriyotida oʻnta kitobcha (yurtimizning oʻn buyuk allomasining hayoti va merosi haqida)ni bir sovgʻabop kichkina qutiga joylashtirilgan holda chop etdik. Oʻn ming nusxada chiqqan edi. Kitobxonlar tomonidan yaxshi kutib olindi. Qolaversa, maʼnaviyat xonalari uchun devoriy gazetalar shaklida mutafakkirlarimiz haqidagi maʼlumotlar berib borilayapti.

Yaqinda yana bir xayrli ish boshlandi. Endi “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bilan hamkorlikda mutafakkirlarimiz haqida yarim soat davom etadigan hujjatli filmlar yaratilayapti. Bilsangiz kerak, Mahmud az-Zamaxshariy haqida “Fasohat ilmining sultoni” nomli film ekranlarga chiqqan edi. Buyuk mutafakkir Al Hakim at-Termiziy haqida taniqli shoir va jurnalist Eshqobil Shukur stsenariysi asosidagi film yaqin kunlarda telekanallarimizda namoyish etiladi. Ulugʻ muhaddis Abu Iso Muhammad at-Termiziy hayoti va ilmiy merosi haqida ham film yaratilayapti. Tomoshabin yarim soat vaqt ajratib, shu hujjatli filmlarni koʻrsa, ajdodlari kimligi haqida muayyan tasavvurga ega boʻladi.

– Ming afsuski, dinni oʻrganaman deb, iymonidan ayrilib qolayotgan gʻoʻr yoshlar ham bor. Dunyo havas qilgulik allomalari bor yurt farzandlarining yoʻldan adashishi juda ayanchli. Navqiron avlodga islom taʼlimotini toʻgʻri tushuntirish borasida qanday takliflaringiz bor?

– Eng avvalo, oilada farzandlarning qalb tarbiyasi, ichki, botiniy dunyosi bilan shugʻullanish kerak. Yoshlarning “dinni oʻrganaman” deb xorijga chiqishi mutlaq notoʻgʻri! Bolalarimiz aqidaparastlarga xoʻrak boʻlmasligi kerak! Ular yoshlarni alaloqibat manqurtga aylantirib, koʻr-koʻrona xizmat qiluvchi texnika, robot yasashadi. Bolaligidanoq farzandlarimizning qalb koʻzini ochishimiz, hayotni toʻliq maʼnoda, bor ranglarda tushuntirib borishimiz kerak. Yurtimizda oʻndan ortiq madrasa bor, ikkita ayollar uchun taʼlim dargohi faoliyat yuritayapti. Toshkent Islom universiteti, Imom Buxoriy nomidagi institut bor. Bilim olaman, oʻrganaman degan odamga oʻz yurtimizda ham sharoit bisyor. Unutmaslik kerakki, bu yurtning har bir fuqarosi shu xalqning vakili. Yoshlarimiz elni yomonotliq qilishdan saqlanishi kerak. Ulugʻ ajdodlarimiz shakllantirgan maʼnaviy qiyofaga putur yetmasligi, balki yanada sayqal topib borishi bugungi avlodning ilm va adabiga bogʻliq.

Download 30.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling