Kurs ishi bajardi: pp 302- guruh talabasi M. G‘. Muzaffarova Rahbar: Psixologiya kafedrasi o`qituvchisi E. A. Asrorxonova Toshkent 2023 mundarija kirish
Havas hissini rivojlantirishda muomolar bo‘yicha psixologik maslahat va amaliy tavsiyalar
Download 92.33 Kb.
|
Havas hissini rivojlantirish bo‘yicha psixologik maslahatni tashkil
2.2 Havas hissini rivojlantirishda muomolar bo‘yicha psixologik maslahat va amaliy tavsiyalar
Emotsional o‘zini boshqarishdagi kam chilikiar bilan bog‘iq hayotiy muvaffaqiyatsizliklar turli sabablar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Lekin ulardan ko‘pchiligi odamning ichki, psixologik xususiyatlariga yoki unda atrofdagi odamlar bilan yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Agarda muammolar odamning havas hissi bilan bog‘liq bo‘lsa, ular ichki yoki subyektiv deb ataladi, agarda muommolar odamga bog‘liq bo‘lmagan vaziyatlarga ta’alluqli bo‘lsa, ular tashqi yoki obyektiv deb ataladi. Havas hissi bo‘yicha sabablariga quyidagilar kiritilishi mumkin: 1) odamning bir-biri bilan raqobatlashuvchi qarshiligini yenga olishga qodir bo‘lmagan turlicha, teng kuchli motivlari o‘rtasidagi kurash; 2) odamning irodasi bo‘shligi; 3)odam ning xulqida noaniqlik va tartibsizlik yuzaga keltiradigan, bir-biriga mos kelmaydigan xarakteri xususiyatlari mavjudligi; 4 ) odamning o‘zi boshqara olmaydigan kuchli emotsional qo‘zg‘atuvchanligi; 5) odam ning o‘ziga ishonchsizligi; 6)qaror qabul qilishda va amalga oshirishda sustkashligi; Tashqi xususiyatdagi mumkin bo‘lgan sabablarga quyidagilar kiradi: 1)odamning yuzaga kelayotgan vaziyatga juda ham kuchli bog‘liqligi; 2)odamning atrofdagilarga haddan tashqari shaxsiy va amaliy bog‘liqligi; 3)odam tushib qolgan vaziyatning noaniqligi va obyektiv sabablarga ko‘ra unda oqilona qaror qabul qilish yoki amalga oshirish qiyin bo‘lishi; 4) atrofdagi odam iar bilan insonning m urakkab qarama-qarshi munosabatlari. Bu sabablarning har birini ko‘rib chiqamiz: Teng ahamiyatii va teng kuchli motivlar orasidagi kurash deganda, odam ning xulqi motivatsiyasida ikki yoki undan ko‘p motivlar, ikki yoki undan ko‘p bir-biri bilan mos kelishi qiyin bo‘lgan ehtiyojlar, shu bilan birga ulardan har biri dolzarb va ancha kuchli bo‘lgan ehtiyojfari bir-biri bilan raqobat qilgan holatlari tushuniladi. Natijada odam ulardan birortasini afzal deb tanlay olmaydi va shu bilan birga ularning biridan to ‘la voz ham kecha olmaydi. Agarda haqiqatda amal qilayotgan motivlaridan faqat birini tanlasa, unda birmuncha vaqt o'tgach ushbu motivi qisman qoniqtirilganda, darhol boshqa qoniqtirilm agan motivi dolzarb b o ‘hb qoladi. Natijada odam doimiy nima qilishi va nimani afzal bilishi kerak, degan tanlov oldida turadi. U bir-biri bilan mos kelmaydigan xulqi motivlari nizolari bilan bog‘liq o ‘z hayajonlarini nazorat qila olmaydi. Ushbu nizoli vaziyatdan chiqishning yo‘li quyidagicha b o ‘ladi. Odam qandaydir yo‘l bilan sun’iy ravishda ba’zi ehtiyojlar (motivlar, qiziqishlari, manfaatlari) qimmatini o‘zi uchun oshirishi va bir vaqtning o ‘zida boshqalari ahamiyatini pasaytirishi kerak bo‘ladi. Yuzaga kelgan vaziyatdan chiqishning mumkin bo‘lgan yana biryo‘li birehtiyojlarini qoniqtirish mumkinligi ancha yuqori va boshqa ehtiyojlarini qoniqtirishi imkoniyati kam bo‘lgan sharoitlar yaratishdan iborat bo‘ladi. Mana shu vaziyatda o'zini tutish uchinchi usuli teng kuchli ehtiyojlarini (motivlari, manfaatlarini) qoniqtirish ma’lum ketma-ketligi to‘g‘risidagi anglab yetilgan qarorini qabul qilish va irodasi kuchi bilan amalga oshirishdan iborat bo‘ladi. Mana shu barcha holatlarda motivatsion istaklari bir-biri bilan raqobatlashmasligi uchun ularni iloji boricha kamaytirish kerak. Shunda odam uchun o‘z xulqini nazorat qilish ancha oson bo‘ladi va har qanday vaqtda u bir motivatsion yo‘nalishni amalga oshirish vazifasiga qaratilgan bo‘ladi. Odamning irodasi bo‘shligi o‘zini samarali emotsional boshqarishda yokqotilishi qiyin bo‘lgan to‘siq hisoblanadi. Biroq motivlar kurashi ba’zida insonning irodasi bo‘shligi deb qabul qilinib, xatoga yo‘l qo‘yiladi. Irodasi kuchsizligiga ko‘pincha odam ning qaror qabul qilishni yoki qabul qilingan qarorni bajarishni bilmasligi sabab bo‘ladi. Shuning uchun, mijoz psixologik maslahatga irodasi bo‘shligiga sh ikoyaí qilib murojaat etsa, shunda uning o‘z muammosini shaxsiy tushuntirishiga darhol ishonish kerak emas. Avval uning muammosi motivlar kurashi yoki qaror qabul qilish hamda bajarishni bilmasligidan iborat emasligiga ishonch hosil qilish kerak. Hozirgi kungacha odam irodasi hayotiy muammolarini hal qilinadigan yoki belgilangan maqsadga borish yo‘lida yuzaga keladigan to‘siqlar yengiladigan qandaydir jismoniy kuch to‘g‘risidagi tasavvur bilan bog‘lab xatoga yo‘l qo‘yiladi. Download 92.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling