Kurs ishi Bajardi: Talabova Salimahon Qabul qildi: Mavzu


Ikkinchi sinflarda arifmetik amallarni bajarish metodikasining umumiy masalalari


Download 61.9 Kb.
bet3/4
Sana12.02.2023
Hajmi61.9 Kb.
#1192169
1   2   3   4
Bog'liq
Kurs ishi

Ikkinchi sinflarda arifmetik amallarni bajarish metodikasining umumiy masalalari

  • Matematika darsiga tayyorlanishda birinchi navbatda o'quvchilarga yangi dars materiali yuzasidan qanday me'yorda tayyorlanganligini, buning uchun nimani takrorlash zarurligini aniqlash kerak. O'qituvchi matematika dasturini, ishchi rejasini, darslik va o'quv qo'llanmalarini, metodik adabiyotlami va ko'rsatmali qurollami hozirlagandan keyin navbatdagi darsga tayyorgarlikni boshlaydi. Eng avvalo navbatdagi dars matematika dasturida qaysi o'rinda, qaysi mavzular bilan bog'liq holda, tushunchani nimalarga bog'lab tushuntirish kerakligini aniqlaydi. Bu savollaming hammasi bayon qilinganidan keyin darsning asosiy didaktik maqsadini xususiyatini qat'iy o'matish kerakligi kelib chiqadi. Bu esa darsning mazmunini aniqlashga yordam beradi. Darsning didaktik maqsadida uning mazmunidan darsning bir tizimga kiladi, ya'ni darsning alohida bo' limlarining birlashishi, ulaming organik birligi darsning qismlarini to'ldiradi va o'zaro bir-birini bog'laydi. Darsning reja yoki matnini tuzishda mavzuning didaktik maqsadiga javob beruvchi asosiy qismlarni tuzishdan boshlash kerak.

I.A.Karimov bizda «Har qanday o‘quv bosqichiga aniq talablar standart darajasida rasmiylashtirilmagan» ligini alohida ta‘kidlab, ta‘lim jarayonining barcha bosqichlari uchun ana shunday talablar ishlab chiqish zarurligini ilk bor asoslab berdi. So`ngi yillarda mamlakatimizda maktabda matematika o‘qitish ayniqsa boshlang`ich ta‘lim tizimida o`z ko`lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo`lgan o`zgarishlarni amalga oshirdi va oshirmoqda. Masalan, 1997-yil 27-avgustdagi «Тa‘lim to`g`risida»gi qonunning 12-moddasi I–IV sinflarni o‘qitishga bag`ishlangan. 1997-yil 6-oktabrdagi «O`zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning 3.3.1 bandi uzlusiz ta‘limni rivojlantirishda I-IV sinflarda O‘qitishni tashkil qilishning rejalari ko`rsatilgan. Maktab ta‘limi oldiga tamoyili yangi maqsadlarning qo`yilishi matematika o‘qitish mazmunining tubdan o`zgarishiga olib kelmoqda. Matematika boshlang`ich kursi mazmunida ham, darslik va qo`llanmalardan foydalanish metodikasida ham rivojlanish bo`lishini talab qiladi.

  • I.A.Karimov bizda «Har qanday o‘quv bosqichiga aniq talablar standart darajasida rasmiylashtirilmagan» ligini alohida ta‘kidlab, ta‘lim jarayonining barcha bosqichlari uchun ana shunday talablar ishlab chiqish zarurligini ilk bor asoslab berdi. So`ngi yillarda mamlakatimizda maktabda matematika o‘qitish ayniqsa boshlang`ich ta‘lim tizimida o`z ko`lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo`lgan o`zgarishlarni amalga oshirdi va oshirmoqda. Masalan, 1997-yil 27-avgustdagi «Тa‘lim to`g`risida»gi qonunning 12-moddasi I–IV sinflarni o‘qitishga bag`ishlangan. 1997-yil 6-oktabrdagi «O`zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning 3.3.1 bandi uzlusiz ta‘limni rivojlantirishda I-IV sinflarda O‘qitishni tashkil qilishning rejalari ko`rsatilgan. Maktab ta‘limi oldiga tamoyili yangi maqsadlarning qo`yilishi matematika o‘qitish mazmunining tubdan o`zgarishiga olib kelmoqda. Matematika boshlang`ich kursi mazmunida ham, darslik va qo`llanmalardan foydalanish metodikasida ham rivojlanish bo`lishini talab qiladi.

Download 61.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling