Kurs ishi bajarilish bo’yicha namuna transport sistemasini transmissiyasini kristovani uchun material tanlang va termik ishlov berish texnologiyasini ishlab chiqing Reja: Kirish
Download 1.3 Mb.
|
kurs ishi MO
1.3 Tirsakli val
Tirsakli val — porshenli dvigatellar, nasoslar, kompressorlar, temirchilikpresslash mashinalari va boshqa qurilmalardagi krivoshipli mexanizmning aylanuvchi zvenosi. Bitta yoki bir nechta tirsakli (nomi shundan) hamda bir nechta oʻqdosh oʻzak boʻyinlari, har bir tirsagida 2 ta shcheka va 1 ta boʻyin boʻladi. Boʻyinlar oʻzak boʻyinlar va shatun boʻyinlarga boʻlinadi. Oʻzak boʻyin podshipnikka tayanadi, shatun boʻyinga shatun biriktiriladi. Shatun boʻyinlarning oʻqi Tirsakli val ning aylanish oʻqiga nisbatan biroz siljigan (narirokda) boʻladi. Porshenli mashinalar (mas., avtomobillar) da Tirsakli val tirsaklarining soni silindrlar soniga teng boʻladi.Tirsaklarning qanday tartibda joylashishi mashinaning ish sikliga, silindrlarning joylashishiga qarab belgilanadi. Tirsakli val uglerodli yoki legirlangan poʻlat yoki mustahkam choʻyandan yaxlit, quyma tarzda yoki bolgʻalash usulida yasaladi. 1-rasm. Tirsakli val Tirsakli val porshenlardan shatun orqali uzatiladigan kuchlarni qabul qiladi va ulardan aylantiruvchi lahza hosil bo’ladi. U o’zak va shatun bo’yinlaridan, ularni birlashtiruvchi jag’lardan, maxovik mahkamlanadigan flanesdan va yurgazish dastagining xropovigi o’rnatiladigan teshigi bo’lgan turumdan iborat. Shatun bo’yni jag’lar bilan birgalikda val tirsagini (krivoshipni) hosil qiladi. Valda tirsaklar joylashuvi ish yo’lining galma-galligini bir tekis amalga oshirishni ta’minlaydi. Tirsakli val po’latlardan shtamplash usuli bilan yoki magniyli sho’yanlardan (ZMZ-24, ZMZ-53) quyish usuli bilan olinadi. Po’latdan tayyorlangan vallar, bo’yin va jag’larning o’lchamlari bir xil bo’lgan, xuddi shunday sho’yan vallardan mustahkamligi bilan ajralib turadi. Quyib tayyorlangan vallarning afzalliklari, uning nisbatan arzonligi, kam metall sarflanishi, mexanik ishlov berish jarayonining qisqarishini hamda krivoshipning alohida elementlarga, masalan, shatun va o’zak bo’yinlarini ichki bo’shlig’iga oqilona shakl berish imkoniyatlari mavjudligini aytish mumkin. 2-rasm. Tirsakli val Quyish usuli bilan valning barcha bo’yinlari ichi kovak qilib tayyorlanadi. Po’latdan tayyorlangan tirsakli valning bo’yinlari yuqori chastotali tok bilan toblanadi. Tirsakli valning barcha bo’yinlari katta e’tibor bilan jilvirlanadi va yaltiratiladi. Bo’yinlar va jag’lar tutashgan qism esa silliqlanadi. Shatun bo’yinlarining soni silindrlari bir qator joylashgan dvigatellarda silindrlar soniga teng bo’lsa, V-simon dvigatellarda silindrlar sonidan ikki marta kam bo’ladi. Chunki, yuqorida aytganimizdek, har bir shatun bo’yniga ikkitadan shatun o’rnatiladi. O’zak bo’yinlarining miqdori silindrlari bir qator joylashgan to’rt silindrli dvigatellarda uch yoki beshtaga, olti silindrlida to’rt yoki yettitaga, V simon sakkiz silindrli dvigatellarda beshtaga teng bo’ladi. Agar shatun bo’ynining ikki tomonidan ham o’zak bo’yni joylashgan bo’lsa, bunday vallar to’la tayanchli tirsakli vallar deb ataladi. To’la tayanchli vallar (ZMZ-24, ZMZ-53, ZIL-130,KamAZ-740) kam egiladi. Zamonaviy avtomobil dvigatellarida tirsakli valning aylanish chastotasi 3000-4000 min-1 (yuk avtomobillarida) va 4500-6000 min-1(yengil avtomobillarda) bo’ladi. Val aylanishida hosil bo’ladigan inersiya kuchlarining ta’sirini kamaytirish uchun posangilar xizmat qiladi. Valning o’zak va shatun bo’yinlari bir-biri bilan o’zak podshipniklaridan shatun podshipniklariga moy yuborish uchun xizmat qiluvchi jag’larni parmalab ochilgan qiya kanallar orqali tutashadi. Shatun bo’yinlarining ichi kovak bo’ladi yoki bo’lmasa ularni parmalab bo’shliq-kiritgich hosil qilinadi. Moydagi og’ir zarrachalar va yeyilishdan hosil bo’lgan qurumlar markazdan qochma kuch ta’sirida moydan ajralib, kirtutgich devorlarida yopishib qoladi. Dvigatel qismlarga ajratilganda tiqin sug’irib olinib, kirtutgich tozalanadi. Tirsakli val issiqlikdan erkin kengayishi uchun uning o’q bo’ylab siljishi nazarda tutiladi. Bu siljishni chegaralash uchun po’lat tirak shayba va oldingi o’zak podshipnigining ikki tomoniga joylashtirilgan, bir yoniga babit yoki COC-6-6 qotishmasi qoplangan po’lat shaybalar ishlatiladi. O’zak podshipniklari ich qo’ymalarining konstruksiyalari ham xuddi shatun podshipniklari ichqo’ymalariga o’xshash bo’ladi. Yuqorigi ichqo’yma karterning yuqori qismidagi taglikka, pastki ichqo’yma esa o’zak podshipnigining qopqog’iga o’rnatiladi. O’zak podshipniklari qopqoqlari silindrlar bloki bilan birgalikda yo’naladi. Shuning uchun dvigatelni yig’ish paytida ular faqat o’z joyiga, holatini o’zgartirmasdan mahkamlanadi. Karterdan moy chiqib ketmasligi uchun tirsakli valning old va orqa tomonlarida moy qaytargich va salniklar o’rnatiladi. Moy qaytargichlar tirsakli val bilan yaxlit holda yoki alohida detal ko’rinishida tayyorlanadi 3-rasm. Tirsakli val Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling