Kurs ishi fan: Mavzu


Download 1.67 Mb.
bet24/28
Sana13.11.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1770028
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Fuqaro muhofazasi
Fabrikaning joylashishi
Boyitish fabrikasini qurish uchun maydonni tanlash mahalliy davlat nazorat organlari va boshqa tashkilotdar bilan kelishilgan holatda, o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi. Boyitish fabrikasi sanitar-muhofaza zonasi 300 m bo‘lgan III ishlab-chiqarish sinfiga kiradi va albatta yashash joylariga nisbatan shamolga teskari otmonli bo‘lishi kerak. Maydalash sexi, korpus shunday joylashtiriladiki, shamolga teskari tomoni kam zararli va maishiy binolarga qaragan bo‘ladi. Zaruriyat bo‘lganda, texnologik talabdarga asosan tayyor boyitma ombori binoning ochilishi mumkin bo‘lgan joylaridan 50 m gacha sanitarik ajratilgan bo‘ladi. Binolar orasidagi sanitar oraliq masofa binolar devorlarininig eng balanining balandigidan kam bo‘lmasligi kerak. Ko‘kalamzorlashtirish uchun belgilangpn hududlar fabrikaning butun maydoniga nisbitan 15%dan kam bo‘lmasligi kerak va shuningdek damolish uchun mo‘ljallangan ko‘kalamzorlashtirilgan joylar binoning shamolga r qaragan tomonida bo‘lishi kerak. Piyodalar yo‘laklarida va avtomobil yo‘llarida yuzadagi suvlardan tozalashga mo‘ljallangan qurilmali qattiq qoplama bo‘ladi.
Ishlab chiqarish binolarining iqlimi

Bino mikroiqlimi - bino ichining mikroiqlimi bo‘lib hisoblanadi. U inson tanasi harorati, namlik, havo harakatining tezligi va shuningdek, tashqi atrof-muhit haroratiga bog‘liq bo‘ladi.


Ishchi zonadagi havoning holatini aniqlaydigan metereologik sharoitlar, temperatura, namlik, havo harakati texligi bilan xarakterlanadi, bunda bajarilayotgan ishning davomiyligi va yil fasllari inobatga olinadi. O‘rtacha davomiylikdagi ishlar kategoriyasi uchun optimal harorat yilning sovuq davrlarida 17-190C, issiq davrlarda esa 20-220C, havo harakatining tezligi, yilning sovuq davrlarida 0,3 m/s ko‘p emas, issiq davrlarda esa 0,4 m/s; har qanday holatda ham nisbiy namlik 40-60% bo‘ladi.
Yilnig sovuq va o‘zgaruvchan davrlarida, gravitatsiya bo‘limida, isitish tizimi va havoni bir joyga to‘plab beradigan ventelyasiya qo‘llanilganda doimiy ish joylarida, bir vaqtning o‘zida harorat 20S ga ko‘tarilganda havo harakatining tezligi 0,7 m/s gacha bo‘lishiga ruhsat etiladi. II b kategoriyadagi ish joyi uchun mumkin bo‘lgan mikroklimat sharoitlari: havo harorati 15-200C, nisbiy namlik 75% dan kam havo harakatining tezligi 0,4 m/s.
Asosiy binoda normal ish sharoitlarini yaratish uchun maydalash va filtrlash bo‘limlarida pas bosimli bo‘g‘ qozonli isitish tizimi o‘rnatiladi.
Ishlab chiqarishda ifloslanish darajasi yuqori bo‘lgani uchun ishchilarning har sutkada yuvinishlari ta’minlanadi. Issiq suv ta’minoti suv qozonidan keladi. Fabrikaning suv ta’minoti shahar suv quvurlari orqali amalga oshiriladi. O‘t o‘chirish ehtiyojlari uchun 400 m3 hajmdagi suv rezervuari va bir vaqtning o‘zida shahar suv ta’minot quvuridan ham foydalaniladi.
Boshqarma binosi ventelyasiyasi mexanik qo‘zg‘atishli qilib loyihalashtiriladi. Toza havo havo berish shkaflari orqali amalga oshiriladi.
CHangga qarshi chang chiqaradigan dastgohlar ostidan kojux bilan qoplanadi, va so‘rish uchun mo‘ljallangan qisqa trubkalar bilan jihozlangan bo‘ladi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling