Kurs ishi fan: Mavzu
Foydali kazilmalarni galvirlash jarayoni
Download 1.67 Mb.
|
Foydali kazilmalarni galvirlash jarayoni
G‘alvirlash jarayoni boyitish fabrikalarida keng qo‘llaniladi. Foydali qazilmalarni va maxsulotlarni o‘lchamlari katta-kichikligiga qarab besh turga bo‘linadi: Yirik (1200 mm gacha kattalikdagi bo‘lak, elak to‘qimalarining o‘lchami 300dan 100 mmgacha); O‘rta (300 mm gacha kattalikdagi bo‘lak, elak to‘qimalarining o‘lchami 60 dan 25 mm gacha); 3. Mayda (75 mm gacha kattalikdagi bo‘lak, elak to‘qimalarining o‘lchami 25 dan 6mmgacha); 4. Mayin (10 mm gacha kattalikdagi bo‘lak, elak to‘qimalarining o‘lchami 6 dan 0,5 mm gacha); 5.O‘ta mayin ( elak to‘qimalarining o‘lchami 0,045 mm gacha) Foydali qazilmalarni g‘alvirlar yordamida sinflarga ajratish uchun elovchi yuza sifatida panjaralar ishlatiladi. G‘alvirlarning ko‘zg‘almas va titrama ko‘zg‘aluvchan turlari mavjud. Qo‘zg‘almas g‘alvirlar biroz qiya 30-35o yoki 40-45o ostida o‘rnatiladi. G‘alvirlarning ishchi yuzalari rudalarning turlariga karab, cho‘yan, bronza yoki po‘lat materiallar, listlardan xar-xil shakllarda shtamplanadi. G‘alvirlar 2 xil asosiy guruxlarga bo‘linadi. 1.G‘alvirlash yuzasi ko‘zg‘almas (g‘ildirakli, to‘g‘ri burchakli, konusli, silindrik va yoysimon) bo‘lgan g‘alvirlar. 2.G‘alvirlash yuzasi ko‘zg‘aluvchan-mexaniq (aylanma, juvali, tebranma tekislikli va titratma) g‘alvir. Amaliyotda xozir ko‘pincha titratma g‘alvirlar keng kullaniladi. CHunki ularning ish unumdorligi boshqa g‘alvirlarga nisbatan yukori. G‘alvirlar ishlash prinsipi, tuzilishi va turlariga qarab quyidagicha bo‘ladi: Panjarali g‘alvirlar YOysimon qo‘zg‘almas g‘alvirlar Qo‘zg‘aluvchan konussimon g‘alvirlar Qo‘zg‘aluvchan barabanli g‘alvirlar. Xom ashyo va boyitiladigan donador maxsulotning katta kichikligiga karab sinflarga ajratish - qumoqlilik tarkibi deyiladi. Qumoqlilik tarkibi quyidagi taxlillar yordamida aniqlanadi. G‘alvirlash taxlili – elaklar to‘plami yordamida katta kichikligiga karab sinflarga ajratish. Yirik materiallarning elakli taxlil (maydalagichlardan keyin) avtomatlashtirilgan titrama g‘alvir yordamida amalga oshiriladi. YAnchilgan materiallarni esa (tegirmonlardan chiqgandan keyin) elakli taxlili mexanik analizatorlar (silkitkichlar) yordamida amalga oshiriladi. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling