Kurs ishi fan
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
46 Logopedik faoliyatni tashkil etish. Maktabgacha ta’lim muassasalarining logoped - tarbiyachilari ta’lim tizimini isloh qilishda etakchi kuchlardan hisoblanadi. Ta’lim earayonida kutilgan natijaga esa o`zaro nazariy va Amaliy hamkorlikni kuchaytirish bilan erishiladi. Ma’lumki, maxsus MTM pedagog xodimlarining asosiy vazifasi korreksion ta’lim orqali bolalarning nutqiy kamchiliklarini to`liq yoki qisman bartarf qilib, ularni umumiy o`rta ta’lim yoki maxsus maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir. Korreksion ta’lim muvaffaqiyatidagi nutqiy kamchilik, uning turi, og’irlik darajasini to`g’ri va o`z vaqtida aniqlash hamda bartarf etish, tegishli mashg’ulotlarni barvaqt boshlashga bog’liq.Bu jarayonga logoped – tarbiyachilar ham yangicha yondoshib, samarali izlanib ishlashlari maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar jismonan, ma’nan va ruhan rivojlanib, shaxs sifatida shakllanishlari uchun zamonaviy ta’lim va tarbiyaning eng sinalgan usullarini amalda joriy etish zarur. Bu dunyoda har bir inson betakror – o`z qobiliyati va fikrlash tarziga ega. Muammoga individual yondoshish ta’lim – tarbiya har tomonlama rivojlanishi va emotsional to`liqlikni ta’minlaydi. Natijada bolaning individual qobiliyati, ruhiyati va xulqi shakllanib boradi. Nutqiy kamchiligi bo`lgan bolalar bilan ishlash uchun logoped – tarbiyachilar avvalo o`z xonalarini hozirgi davr talabi asosida jihozlashlari kerak. Logoped xonasi toza, saranjom – sarishta, barcha qulayliklarga ega bo`lishi, bola unda qiziqarli o`yinlar bilan shug’ullanishi uchun imkon topishi kerak. Ana shunda barcha mashg’ulotlarni noan’anaviy va qiziqarli o`tkazish uchun sharoit tug’iladi. Predmetli – rivojlantiruvchi muhit faqat guruxlar bilan birga, logoped xonasida ham vujudga keltirsa, bolalar yanada rag’batlanadi. Ular mustaqil ravishda stellaj, devorda osilgan cho`ntakchali gilam – uycha, daraxt va boshqa xohlagan o`yinchoqlar yordamida “Kuz”, “Oila”, “Maktab” mavzularida o`yin uyushtiradilar, kiyimlarini modellashtirib, turli gullardan guldastalar tuzadilar. Ijod muhitini kuchaytirish maqsadida esa har xil, jumladan, “Kim ko`p “m” tovushiga predmetli rasm chizadi? ” mavzusida tanlov o`tkaziladi hamda unda 47 qatnashuvchilar uchun zarur shart – sharoitlar yaratib beriladi. Tanlovda g’olib chiqqanlar rasmi “Haftamiz yulduzlari” nomli stendida joylashtirilishi barchaga rag’bat bag’ishlaydi. Predmetli – rivojlantiruvchi muhit doimo yangilanib turilishi va bolalar bu o`zgarishni sezishlari lozim. Masalan, “Bilmasvoy olib kelgan konvertni ochingda, yozuvdan tushib qolgan harfni joy – joyiga qo`yib o`qing yoki so`z boshidagi tovushni so`z oxiridagi tovushga qo`shib, so`zni o`qing ”, deb topshiriq beriladi. Yerga to`shalgan gilimcha relaksiya (mushuklarni bo`shashtirish) orqali turli o`yinlar o`ynashga yordam beradi. Kerak bo`lsa, magnitli tasmada yozilgan yomg’ir yog’ishi, qushlar ovozi va hakozolardan ham foydalanish lozim. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling