Kurs ishi fan


Bolalar nutqining grammatik tomonini o`rganish


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/43
Sana20.11.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1788941
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43
Bolalar nutqining grammatik tomonini o`rganish  
Buning uchun bolalarga quyidagi vazifalarni bajarish taklif etiladi:
- syujetli rasmlar asosida gap tuzish;
- narsalarga oid rasmlardan foydalangan holda birlikdagi otlardan 
ko`plikdagi otlarni hosil qilish (koptok-koptoklar, kalam-kalamlar, kitob-kitoblar va 
hokazo);
- otlardan kichraytirish - erkalash shakllarini hosil qilish. Masalan: 
uyuycha, stol-stolcha;
- otlardan sifat yasash.
Bunda asosiy diqqat bolalarning kay tarzda gap tuzishiga qaratiladi. Bolaga 
rasmlar yoki davomli rasmlar asosida hikoya qilish, oddiy va murakkab mazmunli 
matnlarni so`zlab berish taklif etiladi. Bunda so`zlarni bog’lab, matn mazmunini kay 
darajada so`zlab berishi va undagi kamchiliklar hisobga olib boriladi. Bolaning nutq 
faolligi darajasi, monologik suhbatga oid nutqdan foydalanish imkoniyatlari 
belgilanadi. Bundan tashqari, bolaning nutqiy muomalada tashabbuskorligi, she’r, 
ashula bilishi kabilar ham hisobga olib boriladi.


33
Bolaning faqat nutqini emas, balki uning ruhiy xususiyatlarini, shaxsining 
e’tibor talab tomonlari, aqliy holatini ham o`rganib boriladi. Logoped tekshirish 
jarayonida bolani faqat kuzatib, u bajargan vazifalarni baxolabgina kolmay, balki 
kerak bo`lganda bolaga yordam berishi lozim. Tekshirish jarayonida bola faoliyati, 
uning Qiziqishi, muvaffakiyat va muvaffakiyatsizlikka munosabati, qiyinchilikni 
qanday qabul qilishi va uni bartaraf etish usullari, yo`l quyilgan xatolarni to`g’rilash 
kobiliyatini hisobga olish lozim.
Bolani charchatib kuymaslik, shuningdek, bola harakatining faollik 
darajasini pasaytirmaslik uchun tekshirish vaqtida ish turlarini uzgartirib turiladi. Ish 
jarayonida bolaga va uning ota-onasiga bo`lgan munosabat, xushmuomalalik bilan 
tekshirish ruhiy-terapevtiv ta’sir etish asosida bo`lishi kerak. Tekshirish usullari bir 
xillikka ega bo`lmay, balki hamma vaqt xususiy yo`nalishdadir.To`g’ri tashkil 
etilgan tekshirish ishlari tabaqalashtirib aniqlash masalalarini hal etishga imkon 
beradi va shu qatorda tuzatishga qaratilgan ish uslublarini to`g’ri tanlashda katta 
ahamiyatga egadir.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling