Kurs ishi ilmiy rahbar: N. Alimova farg’ona 2022 kirish I bob O'zbek xonliklarining tashkil topishi


Qoʻqon xonligiiing Sharqiy Turkiston bilan savdo-iqtisodiy aloqalari


Download 58.96 Kb.
bet7/8
Sana30.03.2023
Hajmi58.96 Kb.
#1310272
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
GULAFZO QO\'LDOSHEVA 3

Qoʻqon xonligiiing Sharqiy Turkiston bilan savdo-iqtisodiy aloqalari
Qoʻqon xonligining Xitoy bilan aloqalarida Sharqiy Turkiston alohida mavqega ega boʻlgan. Chunki Qoʻqon xonligi Sharqiy Turkiston bilan bevosita chegaradosh, hamda uni Xitoy bilan bogʻlaydigan karvon yoʻllari Sharqiy Turkiston orqali amalga oshirilgan. Sharqiy Turkiston Xitoy Xalq Respublikasining Sinszyan (Shinjon) avtonom viloyati. 1760-yilda Shyarqiy Turiston Sin imperiyasi tomonidan bosib olingandan soʻng Xitoy davlati unga Sinszyan “Yangi chegara” yoki “Yangi xudud” nomini bergan. Sharqiy Turkiston hududiy atama sifatida XVIII asrdan boshlab fanga kirib kela boshlagan. XIX asr ikkinchi yarmidan eʼtiboran rus sharqshunoslarining asarlarida Sharqiy Turkiston atamasi ishlatila boshlangan. Bu viloyat XVIII-XIX asrlarda Sharqda, soʻngra Yevropa va Rossiyada “Turkiston” deb atalgan. “Turkiston” ikki xil “Buxoro Turkistoni” va “Xitoy Turkistoni” nomi bilan yuritilgan. “Buxoro Turkistoni” gʻarbiy oʻlka, “Xitoy Turkistoni” deganda sharqiy hududlar tushunilgan. Xuddi shuning kabi XVIII-XIX asr birinchi yarmida rus va yevropalik olimlar Oʻrta Osiyoni “Katta Buxoro”, undan sharqdagi yerlarni “Kichik Buxoro” deb atagan. “Kichik Buxoro” yerlari bu Sharqiy Turkistondir. XVIII-XIX asrlarda Rossiya va Yevropa davlatlari Sharqiy Turkistonga katta qiziqish bilan qaray boshlagan. Rossiya hukumati siyosiy maqsadlarni koʻzlagan holda Sharqiy Turkistonni oʻrganish uchun maxsus ekspeditsiyalar tashkil qilgan. XIX asrda joʻnatilgan ekspeditsiyalarda qatnashgan Ch.Ch.Valixanov, N.M.Prjevapskiy, M.V.Pevsov, V.I.Roborov va boshqalarning xizmatlarini alohida taʼkidlash oʻrinli hisoblanadi. Bundan tashqari bir qator rus olimlaridan V.V.Bartold, V.V.Radlov, S.F.Oldenburg, K.G.Zalemanlar Sharqiy Turkistonda olib borgan tadqiqotlari bilan tarix, tilshunoslik va arxeologiya sohasiga katta hissa qoʻshdilar. Tadqiqotlarda qo’lga kiritilgan ulkan arxeologik topilmalar, sanʼat asarlari, yozma manbalar tadqiqot doirasiga jalb qilingan. 1894-1895-yillarda V.I.Roborovskiy va P.K.Kozlovlar rahbarligidagi ekspeditsiya Turkiston vohasida olib borgan arxeologik tadqiqotlari natijasi bu hududning arxeologik yodgorliklarga boy oʻlka ekanligini namoyon qildi, u yerdan koʻplab sanskript, uygʻur va xitoy tilidagi yozma manbalar koʻlga kiritildi. 1902-yildan boshlab Yevropa olimlari Sharqiy Turkistonda arxeologik tadqiqotlar olib bordilar. 1902-yil sharqshu- noslarning XIII (gamburg) kongressida Oʻrta Osiyo va Sharqiy Osiyoni oʻrganish xalqaro assotsiatsiyasi tashkil qilinadi. Assotsiatsiya milliy qoʻmitalardan iborat bulib, rus komiteti (1903-1923 yy.) tarixiy, arxeologik, lingvistik va etnografik tadqiqotlarni olib borishni maqsad qilgan. Yevropa arxeologlaridan D.A. Klemens, A. Gryunvedel, A. Lekok, A. Steynlar Kuchi, Qorashar, Turfan va Komul vohalaridagi ekspeditsiyalarda ishtirok etishgan. Ekspeditsiyalarda turli xil yodgorliklar devor rasmlari, haykalchalar, yogʻoch va metall buyumlar, sopol va boshqa madaniy boyliklar qoʻlga kiritilgan. Arxeologlarning Sharqiy Turkistondagi tadqiqotlari natijasida koʻplab ilmiy asarlar dunyo yuzini koʻrdi. Qoʻqon xonligining Sharqiy Turkiston bilan savdo munosabatlari jadal rivojlangan boʻlib, ular urtasidagi savdo Koshgʻar orqali amalga oshirilgan. Quqon bilan Koshgʻar oʻrtasidagi savdo aloqalari Muhammad Alixon (1822-1842) davrida Qoʻqon xonligining Sharqiy Turkiston bilan chegarasida bir nechta qurgʻonlar (Daraut-Qoʻrgʻon, Qizil-Qoʻrgʻon, S'oʻfi-Qoʻrgʻon) qurilganidan soʻng juda keng rivojlangan. 1831-yili Qoʻqon bilan Xitoy oʻrtasida tinchlik sulhi imzolangan. 1828-yildagi Qoʻqonga qarshi iqtisodiy sanksiyasi va savdoni taʼqiqlash toʻgʻrisidagi hujjat bekor qilinadi va 1832-yil 13-yanvardagi imperatorning maxsus farmoni bilan Koshgʻardan nafaqat choy va ravoch olib ketishga ruxsat berildi, hattoki Koshgʻarda Qoʻqon savdogarlariga bojsiz savdo qilishga ijozat berishgan. Koshgʻarning oltita shaharlari Oqsu, Koshgʻar, Uchturan, Xoʻtan, Yorkand va Yangihisorda Qoʻqon savdogarlaridan boj yigʻish uchun Qoʻqon xoni maxsus oqsoqollarini tayinlagan. Shunday qilib, shu davrdan boshlab, qoʻqonliklar Koshgʻar bilan savdoda monopol mavqega ega boʻlganlar. 1838 yil maʼlumotlariga koʻra, Buxorodan Kobulga juda koʻp tovarlar joʻnatilgan. Ular orasida Koʻqonnning kumush tangalari va kumush yombilari, xitoy shoyi roʻmollari va chinnisi, Koʻqon kanop losi ham boʻlgan. Buxoro Koʻqondan xom ipak va kanop losi olgan, bu tovarlar soʻng Afgʻonistonga sotilgan, Koʻqon va Xoʻjanddan guruch ham keltirilgan. Bu maʼlumotlar birinchidan, Koʻqonning Buxoro amirligi bilan savdo munosabatlari haqida, qolaversa Buxoro orqali xonlikning Afgʻoniston bilan savdosi aloqalariga kirishganligi toʻgʻrisida daliliy ashyolar hisoblanadi. Tadqiqotchilarning olib borgan izlanishlari Sharqiy Turkiston bilan Oʻrta Osiyo oʻrtasida serqatnov karvon yoʻllari o’tganligini ko’rsatadi. Fargʻona vodiysidan Koshgʻarga oʻtgan ikki yoʻnalishdagi karvon yoʻli boʻlgan. Biri Andijondan Oʻzgand, Chadirkoʻl va Toinboshi daryosi orqali Koshgʻarga boradi. Boshqasi esa Terekti-Dovon orqali Koshgʻarga eltadi. Ch.Ch. Valixonov Koshgʻarga sayohatida Oʻshdan Koshgʻarga boruvchi Terektin yoʻli bo’lganligini eʼtirof qilgan. Bu yoʻldan yil davomida har kuni yuk ortilgan otlar turnaqator boʻlib oʻtadi. Terektin yoʻli yoqilgʻi va yem-xashaklarga boy bo’lgan. Shu yoʻl orqali karvon Qoʻqondan Koshgʻarga 18 kunda yetib kelgan. Yorkenddan Xulmga, undan Buxoro va Kobulga boradigan Badaxshon yoʻli ham boʻlib, Buxorogacha 65 kunda bosib oʻtilgan. Sharqiy Turkiston bilan Qoʻqon xonligini bir-biriga bogʻlagan Pomir yoʻli boʻlib, yoʻllarning aksariyati Qoqon xonligiga yoki Qoretegin va Darvozga oʻtgan. XIX asr o’rtalarida Sharqiy Turkiston bilan Quqon xonligi o’rtasida savdo-sotiq aloqalari jadal rivojlangan. Valixanov sayyohlarning bergan maʼlumotlariga tayangan holda Sharqiy Turkiston shaharlarini bir-biri bilan bogʻlaydigan ichki karvon yoʻllari, hamda Qo’qon xonligi bilan tutashgan qatnov yoʻllari tugʻrisidagi yozib qoldirgan. Valixanov oʻz asarida Koshgʻardan Oʻshgacha oraliq 315 verstni tashkil qilishi toʻgʻrisida xabar bergan. Shu bilan birga Koshgʻardan Andijonga olib boruvchi qadimgi yoʻl Oʻzgand orqali oʻtganligini eʼtirof qiladi. Qoʻqon xonligi va Sharqiy Turkiston oʻrtasidagi savdo aloqalarini oʻrganishda Choʻqon Valixonov asarlari juda qoʻl keladi. Ch. Valixonov XIX asr sharqshunos olimlaridan biri hisoblanadi. Uning Markaziy Osiyo tarixi, geografiyasi, iqtisodiy hayotiga oid asarlari hozirgi kunda ham oʻz ahamiyatini saqlab kelmokda. U 1858-1859-yillarda Sharqiy Turkiston ekspeditsiyasida ishtirok etib Markaziy Osiyo davlatlarining siyosiy tarixi, etnografiyasi, Quqon xonligining davlat tuzumi, Sharqiy Turkiston va Koʻqon xonligi o’rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlarni oʻrgandi va o’zidan juda katta ilmiy meros qoldirdi. Uning “Koshgʻar safarini tashkil qilish haqida xotiralar”, “Koshgʻar kundaligi”, “Oltishaharning yoki Xitoyning Nan Lu (Kichik Buxoro) viloyatiga kiruvchi olti sharqiy shaharning umumiy ahvoli”, “Koshgʻarga qilingan sayohat”, “Qoʻqon xonligi toʻgʻrisida” va boshqa asarlarida Qoʻqon xonligi bilan Sharqiy Turkiston shaharlari oʻrtasidagi iqtisodiy-savdo munosabatlariga doir maʼlumotlari eʼtiborga loyiqdir. Ch. Valixonov Qoʻqon xonligi va Sharqiy Turkiston o’rtasidagi savdo aloqalariga toʻxtalar ekan, hattoki Sharqiy Turkistondagi hunarmand va savdogarlarning faoliyati bilan bogʻliq muhim maʼlumotlarni ham keltiradi. Uning maʼlu- motlariga koʻra, umumiy soni va ahamiyati jihatidan birinchi o’rinda qoʻqonliklar, keyin buxoroliklar, soʻngra badaxshonliklar, kashmirliklar va balxliklar turgan. Badaxshonliklar, kashmirliklar va balxliklar asosan Yorkand va Xoʻtanda istiqomat qilgan. Bundan tashqari mazkur shaharlarda koʻplab afgʻonlar, buxoro yahudiylari, hindlar, forslar, shirvonliklar va tatarlar istiqomat qilgan. Sharqiy Turkistonda oʻrtaosiyolik savdogarlarni «andijon- liklar» deb atashgan. Koshgʻarda maxsus «Andijon-koʻcha» degan koʻcha boʻlib, unda chetdan kelgan savdogarlar yashashgan. Sharqiy Turkistonga Qoʻqon, Samarkand, Buxoro savdogarlari qatorida toshkentlik savdogarlar ham borib savdo qilishgan. Koshgʻar tovarlari toshkentlik savdogarlar orqali Sibirga va Irbit Yarmarkasiga olib borilgan. Ularning hammapari Qoʻqon xonligi va Xitoy oʻrtasidagi 1831-yili tuzilgan shartnomaga asosan Koshgʻarda istiqomat qiluvchi, rezident va konsul huquqiga ega boʻlgan koʻqonlik oqsoqolga boʻysunganlar. Sharqiy Turkistonda turuvchi chet elliklar soni toʻgʻrisida Ch.Valixonov keltirgan maʼlumotlar ham diqqatga sazavordir. Uning maʼlumotlariga Ko’ra, muhojirlarning aksariyati Koshgʻarda istiqomat qiladilar, u yerdagi andijonliklarning oʻzi taxminan olti mingga boradi. Chet elliklar koʻp istiqomat qilib turgan shahar bu Koshgʻardan keyin Xoʻtan, soʻngra Yorkand hisoblanadi. Oqsu va Uchturfonda esa chet elliklar ancha kam. Koshgʻardagi chet elliklar mahalliy xalqning toʻrtdan bir qismini tashkil etib, 145 ming jonga boradi. Ch.Valixonovning Oʻrta Osiyo va Koshgʻar oʻrtasidagi savdo munosabatlarida savdoga qo’yilgan asosiy tovarlar haqidagi maʼlumotlari ham ahamiyatga ega. Bu maʼlumotlarga koʻra, Oʻrta Osiyodan Sharqiy Turkistonga olib borib sotiladigan tovar- larning asosiy qismini doroyi, parcha, indigo, ipak gazlamalar, mayda yoʻl-yoʻl yoki guldor shoyi, gulbara deb ataluvchi yupqa gazlama, podshoi va beqasam, tiniq rangli yarim ipak va ip gazlamalar, hamda alacha deb ataluvchi ip matolar, teri, qoʻy va qoramol, afyun, tamaki va Oʻrta Osiyoda ishlangan boshqa hunarmandchilik buyumlari tashkil etgan. Sharqiy Turkistondan Oʻrta Osiyoga esa choy, paxta, ipak, boʻz, gilam, billur idishlar va kumush keltirib sotishgan. Oʻrta osiyolik savdogarlar Sharqiy Turkiston bozorlarida Gʻarbiy Yevropodan kelgan tovarlar bilan ham savdo qilganlar. Shveysariyada, Fransiyada va Algliyada ishlab chiqarilgan yorqin qizil rangdagi chitlar, ingliz amerika karton qogʻozlari, qizil tusdagi ingliz kashmiri, oq muslin (harir va yupqa gazlama) va boshqalar shular jumlasidandir. Oʻrta Osiyolik, ayniqsa, qoʻqonlik va toshkentlik savdogarlar Rossiyadan Sharqiy Turkistonga rus tovarlarini keltirib sotishda vositachilik ham qilgan.


XULOSA
XVI-XIX asrlarda Oʻrta Osiyo xonliklari ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotida yalpi tanazzul hukmronlik qilgan degan fikr yetakchi oʻrin tutib kelgan. Binobarin, jahon sivilizatsiyasi oʻchoqlaridan biri bo’lib kelgan Oʻrta Osiyo XVI asrdan boshlab Buyuk ipak yoʻli ahamiyatining soʻna boshlashi natijasida jahon savdosidan uzila boshladi. Bu holat oʻz navbatida xonliklarning ijtimoiy-iqtisodiy ravnaqiga oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatmay qolmadi. Ammo, nisbiy tanazzul davrida ham oʻrta osiyoliklarning qushni xalqlar bilan qadim zamonlardan buyon davom etib kelayotgan o’zaro aloqalari to’xtab qolmadi. Balki yangi sharoitda, yangicha kurinishda oʻzini namayon qila boshladi. Karvon savdosida Oʻrta Osiyo koʻplab Osiyo va Yevropa davlatlarining diqqat markaziga aylana boishadi. Oʻrta Osiyo bozori xalqaro savdo munosabatlarida oʻziga xos qabul qiluvchi, uzatuvchi va isteʼmolchi vazifalarni oʻtay boshladi. Bilʼaks, Oʻrta Osiyo xonliklari ham qadimiy karvon yoʻllarining maqsad yoʻnalishlarini oʻziga qaratgan holda tashqi savdo munosabatlarini uyushtirishdan doimo manfaatdor boʻldilar va bunga yoʻl qidirishdan toʻxtamadilar. Ammo bu harakatlarning rivoji yoki ravnaqiga to’sqinlik qilgan omillar ham yonma-yon oʻz taʼsirini ko’rsatib keldi. So’nggi oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyo Hindiston, Afgʻoniston, Eron, Xitoy davlatlari ichki hayotida qanday siyosiy vaziyat hukmron boʻlishidan qatiy nazar, Oʻrta Osiyo xonliklarining qushni davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalari uzluksiz davom etuvchi jarayon sifatida oʻzini koʻrsatganligini quyidagicha ifoda qilish mumkin: 1. Oʻrta Osiyo xonliklari bilan Hindiston, Afgoniston, Eron, Xitoy davlatlari oʻrtasida savdo-iqtisodiy aloqalar oʻrnatish har ikki tomon uchun manfaatli boʻlgan. 2. Buxoro va Xiva xonliklari Hindiston, Afgʻoniston va Eron bilan bevosita savdo aloqalariga kirishgani holda, Xitoy bilan savdo aloqalari biroz cheklangan. Oʻrta Osiyo xonliklari bilan savdo aloqalarida afgʻon qabilalari (povinda) vositachi vazifasini oʻtagan. 3. Qoʻqon xonligi Oʻrta Osiyo xonliklari orasida hududiy yaqinlik tufayli Xitoy, jumladan Sharqiy Turkiston bilan savdo aloqalariga jadal kirishgan davlat sifatida eʼtirof etilgan. Sharqiy Turkiston shaharlarida, jumladan Koshgʻarda “Andijonkoʻcha” nomi bilan mashhur mahallalar boʻlgan. 4. Qoʻqon Oʻrta Osiyo xonliklarini Xitoy tovarlari bilap taʼminlay oladigan yagona xonlik va vositachi davlat hisoblangan. 5. Oʻrta Osiyo xonliklarining Sharq davlatlari bilan savdo aloqalarida buxorolik, xivalik va qoʻqonlik savdogarlar muhim rol oʻynagan. 6. XVI-XX asr boshlarida Oʻrta Osiyo xonliklari tashqi siyosat strategiyasida Rossiyaning diqqat markazida bulgan. Yevropa davlatlarining, xususan Angliyaning Oʻrta Osiyoga nisbatan rejalariga qarama-qarshi Rossiya nafaqat Oʻrta Osiyoni egallash, balki u orqali Hind okeaniga, yaʼni dunyo bozoriga qulay va yaqin yoʻldan chiqishni koʻzda tutar edi. Shu maqsadda Rossiya koʻp marta xonliklarga elchilik missiyalarini joʻnatgan. X,atto, Rossiya Oʻrta Osiyoni istilo qilishdan ancha avval xonliklarga maxsus harbiy ekspeditsiyalar yuborgan hollar ham tariximizdan maʼlum.


Download 58.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling