Kurs ishi ilmiy rahbar: N. Alimova farg’ona 2022 kirish I bob O'zbek xonliklarining tashkil topishi
XVIII asrda Buxoro xonligining diplomatik munosabatlari
Download 58.96 Kb.
|
GULAFZO QO\'LDOSHEVA 3
2.2 XVIII asrda Buxoro xonligining diplomatik munosabatlari
XVIII asrda Oʻrta Osiyoning qoʻshni Sharq davlatlari bilan aloqalarini oʻrganishda rus manbalari alohida ahamiyatga ega. Chunki rus manbalarida iqtisodiy va siyosiy munosabatlarni tahpil qilish, savdo yoʻllarini oʻrganish uchun qilingan hara- katlar, hamda qaysi mamlakatdan qanday mollar qancha mikdorda keltirilganligi haqidagi maʼlumotlar batafsil berilgan. Rus manbalari deganda, biz rus elchi va elchiliklarining hisobotlari, Buxoro, Xiva va Hind elchilari hamda savdogarlarining soʻrov maʼlumotlarini tushunamiz. Shu bilan birga shoh va podsholar hamda xonlarning bir-birlariga tortiqlari, sovgʻalari ham muhim dalil hisoblanadi. Chunki shular orqali Oʻrta Osiyoning Hindiston bilan Rossiya oʻrtasidagi savdodagi tutgan oʻrnini belgilash mumkin. Shuning uchun XVIII asrda rus diplomatlari, savdogarlari va Oʻrta Osiyoda bo’lgan rus olimlarining faoliyatlari muhimdir. XVIII asrda, yaʼni Petr I hukmronligi yillarida Rossiyaning Oʻrta Osiyoga qiziqishi kuchayadi. Urta Osiyo Rossiyani Sharqning savdo-iqtisodiy markazi, Rossiyadan Hindistonga boradigan msosiy yoʻllardan biri ekanligi bilan oʻziga jalb qilardi. 1714-yili Petr I Sibir gubernatori knyaz Gagarindan Erketi shaxrida (yaʼni Yorkend) oltin qumlar borligi xususida xabar topadi. Erketi bu davrda Jungʻor xonligiga boʻysunganligi bitiladi. Gagarin Petr I ga bu shaharni bosib olib, Yorkend Koʻlidagi Yammshev koʻli buyida qalʼa qurishni tavsiya qilgan. Nigraf Kaydalov kundaliklarida ham buhaqda maʼlumotlar bsrilgan. U Rossiya savdoni to Hindistongacha rivojlantirish maqsadida qilayotgan harakatlarini va oltin qumlarni topish uchun ekspeditsiya uyushtirishini Petr I ning buyuk jonbozligi, deb hisoblagan edi. Petr I Gagarinning xabaridan soʻng unga xat yozib, Yammshev koʻli boʻyida, iloji boʻlsa undan ham yuqorida shahar qurish, daryoda kemalar qatnashi mumkin boʻlgan joygacha suzib borib, soʻng Yorkendga borib, uni egallashni topshirgan edi. 1714-yilda Irtnsh daryosining yuqori oqimi boʻylab padpolkovnik Buxgols ekspeditsiyasi uyushtiriladi. Peterburgga kelgan Xiva elchisi ham Gagarinning maʼlumotlarini tasdiqlab, Amudaryodan ham oltin olinishini aytadi. Elchi, agarda rus davlati oʻzining odamlarini Xivaga joʻnatsa, Xiva xoni ularga oltinni topishga yordam beradi, deb ishontirgan edi. Shundan soʻng Petr I bu xabarni muhim bilib, tezlikda ikkala joyni ham tekshirtirish uchun ekspeditsiya joʻnatgan edi. Shunday qilib, Petr I har ikkala ekspeditsiya oʻz maqsadiga erishmagan taqsirda ham, Hindiston uchun yoʻl ochilishiga va savdodan koʻplab oltinlarni qoʻlga kiritishiga koʻzi yetgan edi. Urta Osiyo Rossiya uchun Hindistonga olib boradigan vositachi davlat boʻlib qolgan edi. Rus manbalarining bergan maʼlumotlariga koʻra, uzoq vaqtlardan buyon davom etib kelayotgan bahs XVI-XVII asrlarda Urta Osiyo Rossiya uchun Hindistonga kirib borish yoʻlida bir vajmi, yoki rus xukumatining manfatlariga xizmat qiladigan Sharqning muxdm mintaqasi yirik savdo markazimi, degan savolni tugʻdirdi. XX asrning boshlarigacha boʻlgan koʻplab tarixchilar birinchi nuqtai nazarning tarafdorlari boʻlib, ular Rus podsholari Oʻrta Osiyoga joʻnatadigan elchilarining aksariyatiga rus qullarini sotib olish va Hindistonga boradigan eng yaqin, qulay va xavfsiz savdo yoʻlini topish topshirilgan, deb xdsoblaydilar. Sovet adabiyotida bu kabi nuqtai nazarni Ye.V.Bunakov, P.P.Ivanov, D.M.Lebedevlar qoʻllab quvvatlaganlar. Ularning fikricha, Hindistonga kirib borish russlar uchun natija bermagan taqdirda ham, Oʻrta Osiyoga boradigan yoʻl maʼlum bir maʼnoda nafaqat topildi, balki uzgartirildi. Fikrimizcha, ikkinchi qarash haqiqatga yaqin koʻrinadi. Masalan: Oʻrta Osiyoga Rossiyaning munosabati masalasi tarixchi N.B.Baykova asarida oʻz aksini topgan. Muallif inqilobgacha boʻlgan tarixchilar va yuqorida nomlari tilga olingan olimlarni toʻgʻri tanqid qilgan. N.B.Baykovaning fikricha, Oʻrta Osiyo xonliklariga boradigan savdo yoʻllari XVI asrdayoq Rossiyaga maʼlum boʻlgan. Uning taʼkidlashicha, Rus davlati Hindistonga boradigan yoʻlni qidirib Oʻrta Osiyoga boradigan yulni ochgan va oʻzlashtirgan. Aslida esa Oʻrta Osiyodagi Xiva va Buxoro bozorlarida rus savdogarlari hind savdogarlari bilan uchrashganlar, rus hukumatiga qulayroq yoʻlni, yaʼni hindlar uchun odatiy boʻlgan Astraxan, Kaspiy dengizi va Eron orqali boradigan yoʻlni koʻrsatganlar. 1717-yil Petr I Amudaryo orqali Hindistonga boradigan yoʻlni topish maqsadida Bekovich Cherkasskiy ekspeditsiyasini Oʻrta Osiyoga yuboradi. Rus podshosi ekspeditsiyaga bergan koʻrsatmasida, “Xiva xonidan kema olib Kojina degan savdogarni Osiyo Rossiya uchun Hindistonga kirib borish yoʻlida bir vajmi, yoki rus xukumatining manfaatlariga xizmat qiladigan Sharqning muxdm mintaqasi yirik savdo markazimi, degan savolni tugʻdirdi9. XX asrning boshlarigacha boʻlgan koʻplab tarixchilar birinchi nuqtai nazarning tarafdorlari boʻlib, ular Rus podsholari Oʻrta Osiyoga joʻnatadigan elchilarining aksariya- tiga rus qullarini sotib olish va Hindistonga boradigan eng yaqin, qulay va xavfsiz savdo yoʻlini topish topshirilgan, deb xisoblaydilar. Sovet adabiyotida bu kabi nuqtai nazarni Ye.V.Bunakov, P.P.Ivanov, D.M.Lebedevlar qoʻllab quvvatlaganlar. Ularning fikricha, Hindistonga kirib borish ruslar uchun natija bermagan taqdirda ham, Oʻrta Osiyoga boradigan yoʻl maʼlum bir maʼnoda nafaqat topildi, balki uzgartirildi ham. Fikrimizcha, ikkinchi qarash haqiqatga yaqin koʻrinadi. Masalan: Oʻrta Osiyoga Rossiyaning munosabati masalasi tarixchi N.B.Baykova asarida oʻz aksini topgan. Muallif inqilobgacha boʻlgan tarixchilar va yuqorida nomlari tilga olingan olimlarni toʻgʻri tanqid qilgan. N.B.Baykovaning fikricha, Oʻrta Osiyo xonliklariga boradigan savdo yoʻllari XVI asrdayoq Rossiyaga maʼlum boʻlgan. Uning taʼkidlashicha, Rus davlati Hindistonga boradigan yoʻlni qidirib Oʻrta Osiyoga boradigan yulni ochgan va oʻzlashtirgan. Aslida esa Oʻrta Osiyodagi Xiva va Buxoro bozorlarida rus savdogarlari hind savdogarlari bilan uchrash- ganlar, rus hukumatiga qulayroq yoʻlni, yaʼni hindlar uchun odatiy boʻlgan Astraxan, Kaspiy dengizi va Eron orqali boradigan yoʻlni koʻrsatganlar. 1717-yil Petr I Amudaryo orqali Hindistonga boradigan yoʻlni topish maqsadida Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyasini Oʻrta Osiyoga yuboradi. Rus podshosi ekspeditsiyaga bergan koʻrsatmasida, “Xiva xonidan kema olib Kojina degan savdogarni Amudaryo orqali Hindistonga joʻnatish va kema borishi mumkin boʻlgan joyga qadar suzib borish, soʻng yoʻlni davom ettirib daryolar, koʻllar, suv va quruqlik yoʻli, ayniqsa, suv yoʻlini yozib borish, va Hindistondan shu yoʻl bilan ortga qaytish, agarda Hindistondan Kaspiy dengiziga boradigan undan ham yaxshi yoʻlni eshitsa, oʻsha yoʻl bilan kelish va uni ham yozib borish”, topshirilgan edi. Petr I ning ikkala ekspeditsiyasi ham magʻlubiyat bilan yakunlangan. Buxgolsni Irtmshning yuqori oqimida jungʻorlar haydab yuborgan boʻlsa, Bekovich-Cherkasskiy esa Xiva xoni tomonidan tormor keltirilgan edi. XVIII asr boshlarida Buxorodagi siyosiy vaziyat juda ogir bulgan. Xon hokimiyati nomigagina saqlanib qolgan edi. 1721-1725 yillarda Oʻrta Osiyoda boʻlgan Florio Beneveni ekspe- ditsiyasi bu siyosiy holatning guvohi bulgan. Bu ekspeditsiya Buxoro xonining rus podshosidan elchi yuborishini soʻrab qilgan murojatiga javoban joʻnatilgan edi. Elchilikdan koʻzlangan asosiy maqsad, 1718-yil 13-iyuldagi “Koʻrsatma”da Buxoro xonligining ichki ahvolini toʻla-toʻkis oʻrganish, deb belgilangan edi. Bundan tashqari, Buxoro xonligining qushni Sharq davlatlari bilan savdo munosabatlarini oʻrganish, hamda Rossiya - Buxoro savdo aloqalarini rivojlantirish imkoniyatlarini topish vazifasi ham oʻrin olgan edi. Florio Benevenining ekspeditsiyasi XVIII asr boshlarida Buxoro xonligining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli haqidagi maʼlumotlarni kengaytirishga xizmat qilgan10. Download 58.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling