Kurs ishi ilmiy rahbar: Topshirdi: Valmurodov Yorqin Mavzu


Download 293.78 Kb.
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi293.78 Kb.
#1586320
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Valmurodov Yorqin

5 - rasm. Lebedev tajribsi sxemasi
Havosi so‘rib olingan B idishda tortilgan A shisha tolaga ikkita yengil D va C metall plastinka mahkamlangan, ulardan biri (C) ning sirti qoraytirilgan (yorug‘lik yutadi), ikkinchisi yaltiroq (yorug‘likni qaytaradi) qilib ishlangan.
Yorug‘lik dastasi tushgan plastinka yorug‘lik ta’sirida hara- katlanadi, natijada A tola biror burchakka buriladi, uni tolaga yopishtirilgan E ko‘zgu va ko‘rish trubasi (rasmda ko‘rsatilmagan) yordamida o‘lchanadi. Burilish burchagining kattaligiga qarab yorug‘likning plastinkaga berayotgan bosimi hisoblanadi.
Lebedev tomonidan yorug‘lik bosimining tajribada olingan qiymatlari yorug‘lik bosimining nazariy jihatdan hisoblangan qiymatlari bilan mos tushgan. Jumladan, qaytaruvchi sirtga (yaltiroq plastinkaga) yorug‘likning bosimi yutuvchi sirtdagi (qoraytirilgan plastinka)ga nisbatan ikki marta kattaligi aniqlangan.
Yorug‘lik bosimining kvant va to‘lqin nazariyalar yordamida bir xil tushuntirilishi yorug‘likning to‘lqin xossalariga ham, korpusku- lyar xossalariga ham ega bo‘lgan elektromagnit to‘lqin ekanligini yana bir karra isbotlaydi.
2.3 Yorug’lik bosimi va uning amaliyotda qo’llanilishi
Yorug‘lik bosimi mavjudligi Koinotda yuz beradigan bir qator hodisalarni izohlab berganligi haqida oldin gapirib o‘tilgan edi.
Kometalar quyruqlarining paydo bo‘lishi, kometalar Quyoshga yaqinlashgan sari bu quyruqlarning kattalashib borib Quyoshdan teskari tomonga qarab joylashishi Keplerni kometalarning quyruqlari zarralar oqimidan iborat bo‘lib, kometa Quyoshga yaqinlashayotganda bu zarralar srug‘lik bosimi ta’sirida Quyoshdan uzoqlashadi, degan xulosani chiqarishga majbur qildi. Hisoblar va ayniqsa Lebedevning eksperimental tadqiqotlari bu fikrni quvvatladi. Bu ma’lumotlarga qarab o‘lchamlari ancha kichik bo‘lgan zarralarning Quyosh nurlanishi ta’sirida Quyoshdan itarilishi Quyosh massasi ta’sirida Quyoshga tortilishiga qaraganda kuchliroq ekanligini aniqlash mumkin, chunki zarra radiusining kichrayishi bilan tortilish kuchi radiusyaing kubiga (massaga) proporsional kamayadi, itarilish esa radiusning kvadrati (yuz) kabi kamayadi. Kerakli o‘lchamdagi zarra uchun itarilishning tortilishga qaraganda ustunligi (yoki aksincha bo‘lishi) Quyoshdan istagan masofada kuzatiladi, chunki nurlanishning zichligi ham, gravidatsion ta’sir ham masofaga qarab bir xil (1/r2 kabi) o‘zgaradi. Kometalarning quyruqlari faqat quyosh yaqinida kattalasha boshlashiga o‘lchamlari ancha kichik bo‘lgan zarralar Quyosh yaqinida bug‘lanish natijasida paydo bo‘lishi sababchidir. Ammo keyingi vaqtda kometalarda quyruq paydo bo‘lishi juda murakkab protsess ekanligi va yoruglik bosimi xilma-xil hodisalarning sababini ochib berolmasligi aniqlandi.
Yaqinda yorug‘lik bosimi yulduzlarning chegaraviy o‘lchamlari to‘g‘risidagi masalada muhim ahamiyatga ega ekanligi ko‘rsatildi. Astronomiya ma’lumotlaridan shu narsa aniqki, o‘lchamlari ma’lum maksimumdan ortadigan yulduzlar umuman yo‘q ekan. Eddikton yulduzlar o‘lchamlarining ortishiga quyidagi sharoit to‘sqinlik qilishi kerakligiga e’tibor berdi. Yulduzning massasi ko’paygani va tashqi qatlamlarning markazga tortilish kuchi ortgani sari yulduzning ichki qatlamlarining siqilish ishi ham ortadi, natijada shu qatlamlarning harorati ortib bir necha milli gradusga etadi. Lekin temperaturaning ortishi yulduz ichidagi energiyasi zichligining, demak, yorug‘lik bosimi kattaligining ortishini bildiradi. Hisoblar tortilish kuchi bilan yorug‘lik bosimi ta’sirida yuzaga kelgan itarilish kuchlari urtasidagi muvozanat tufayli yulduzning massasi ma’lum chegaraviy qiymatdan ortmasligini ko‘rsatadi: massasi ko‘proq yulduzlar turg‘un bo‘lmaydi va tezda parchalanib ketadi. Haqiqatan ham, yuqorida aytilgan fikrlar asosida o‘tkazilgan hisoblarning natijasi bo‘lmish yulduzlarning yuqorigi chegaraviy massasi astrofizik kuzatish natijalari bilan bir xildir.


Xulosa
Tabiatda yorug’lik hodisalarani ko’p kuzatamiz misol uchun kamalak hosil bo’lishi, soya borligi va h.k. Yana bir hodisa borki uni o’z ko’zimiz bilan ko’ra olmaymiz. Lekin his qilamiz bu hodisani birinchi bo’lib rus olimi P .N Lebedev birinchi bo’lib kuzatgan. Bu hodisa Maksvel Yung usulidan ancha yaxshiroq ekanligini isbotlagan Maksvel o’zining korpuskulyar nazariyasini ilgari surgan. Lekin isbotlab bera olmagan, Lebedev o’zi yaratgan tajriba qurilmasi orqali yorug’lik yutilishi va qaytishida bosim yuzaga bog’liqligini, ammo rangga bog’liq emasligini isbotladi.
Yung va Maksvel yorug’likda elektronlar bor va ular moddalarga kelib uyqudagi yadroni uyg’otadi va bu moddalarda yorug’lik bosimini olib keladi deb tarif beradi. Ammo Eynshtyenning nazariyalari zit keladi, ya’ni kvantlar ta’siri haqida o’ylashmagan .
Lebedev yorug’lik yutulishi qora sohaga tushishi bilan parrak aylanadi. Demak, yorug’likda ham bosim borligini isbotlaydi bu hodisa vakuumli sharoitda hosil bo’lgan .
Yorug’lik ta’siri yordamida bizlar muqobil energiyalarga ega bo’lmoqdamiz. Misol uchun quyosh generatorlari suvni hech qanday issiqlik bermasdan isitish mumkinligi haqida bilamiz.



Download 293.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling