3-§. HOSILANING PARAMETR QATNASHGAN TENGLAMALARNI YECHISHGA TATBIQI
PARAMETR (yun. parametron — oʻlchaydigan) — 1) matematik formula va ifodalarda qoʻllaniladigan kattalik. Parametr qiymatlari orqali biror toʻplam elementlari bir-biridan farklanadi.
2) texnikada — texnologik jarayon, hodisa, tizim, texnik qurilma va b. ning biror xossasini ifodalaydigan kattalik. Mas, mexanik tizimlarda massa, ishqalanish koeffitsiyenti, inersiya momenti va h. k.
Parametr bilan noma’lumlarni chalkashtirmaslik uchun, uni a,b,c, d,... , m,n harflar bilan belgilanadi.
Berilgan ifodalarda, tenglamalarda va tengsizliklarda bir nechta parametr qatnashishi mumkin.
Umuman olganda o’quvchilar parametr tushunchasi bilan quyidagi mavzularni o’rganish jarayonida tanishadilar:
у = кх- to’g’ri proportsional bog’lanish (x va y o’zgaruvchilar, k- parametr va kф 0);
у = кх + b - chiziqli funksiya (x vay o’zgaruvchilar, k va b-parametr);
k
У = ~ - teskari proportsional bog’lanish (x va y o’zgaruvchilar, k parametr);
У = ~a+i - kasr-ratsional funksiya (x va y o’zgaruvchilar, a,b,c va d- parametrlar);
у = ax2 + bx + c- kvadrat uchhad (x vay o’zgaruvchilar, a, b va c lar parametrlar);
у = ax - ko’rsatkichli funksiya (x va y o’zgaruvchilar, a-parametr, a > 0, a Ф 1);
у = xr - darajali funksiya (x vay o’zgaruvchilar, r-parametr);
у = loga x - logarifmik funksiya (x va y o’zgaruvchilar, a - parametr, a > 0, a Ф 1);
ax = b - chiziqli tenglama (x -noma’lum miqdor, a, b- parametrlar);
ax2 + bx + с = 0- kvadrat tenglama (x-noma’lum miqdor, a, b va c parametrlar);
'v+d = 0- kasr - ratsional tenglama (x-noma’lum miqdor, a, b, c va d parametrlar);
ax4 + bx2 + с = 0 - bikvadrat tenglama (x-noma’lum miqdor, a, b va c lar parametrlar);
sinx = a, cos x = a, tgx = a va ctgx = a - trigonometrik tenglamalar (x-noma’lum miqdor, a - parametr) va hokazo.
Parametrli topshiriqlarni o’rganishda ko’pincha parametrning (parametrlarninig) mumkin bo’lgan qiymatlari tushunchasiga duch kelamiz.
Masalan, у = ax va у = loga x funksiyalarda a parametrningmumkin bo’lgan qiymatlari a > 0 va a ^ 1 dan iborat. sinx = a va cosx = a da esa a parametrningmumkin bo’lgan qiymatlari lal < 1 dan iborat. Ba’zi hollarda parametr har qanday qiymatlarni qabul qilishi mumkin. Masalan, у = кх, у = kx + b, У = \ larda parametr har qanday qiymatlarni qabul qiladi. + ^1^ ifodadagi a parametr esa a^2 va аФ 3qiymatlarni qabul qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |