Kurs ishi ilmiy rahbari: Rustamova z mundarija kirish. Mavzuning ilmiyligi, maqsad va vazifasi hamda uning amaliy ahamiyati


Kurs ishining mavzusining dolzarbligi


Download 0.55 Mb.
bet2/11
Sana25.03.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1295445
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Parametr qatnashgan nostandart tenglamalarni yechishda hosiladan

Kurs ishining mavzusining dolzarbligi:
Parametr qatnashgan tenglamalarni yechish usuli unda qatnashayotgan funksiyalarning xossalariga asoslangan algoritmik usulga keltiriladi, ya’ni tenglamalar standart ko‘rinishda bo‘ladi. Ammo hayotning, amaliyotning rang barangligi boshqa ko‘rinishdagi, nostandart ko‘rinishdagi tenglamalarni yechishni ham taqoza etadi. Ushbu kurs ishi ba’zi nostandart tenglamalarni yechish usullarini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Kurs ishining maqsadi:
Standart tenglamalar deb maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari matematika kursidagi an’anaviy tenglamalarni tushinamiz. Bu tenglamalarni yechish algoritmlari ma’lum. Lekin ba’zi tenglamalarning ko‘rinishi, yechish usullari standart tenglamalardan farq qiladi. Bunday tenglamalarni Parametr qatnashgan nostandart tenglamalarni yechishda hosiladan foydalanishdeb ataymiz. Nostandart tenglamalarni yechishning sun’iy usullarini izlash, unda qatnashayotgan funksiyalarning xossalaridan foydalanishga asoslangan usullarini o‘rganish muhim ilmiy-metodik masala hisoblanadi.
Kurs ishi shundan iboratki, bunda nostandart tenglamalarning yechimlarining mavjudligi yoki mavjud emasligi, uni topish usullari funksiyalarning xossalaridan foydalangan holda nazariy asoslanadi.
Kurs ishining maqsadi – nostandart tenglamalarni yechish usullarini o‘rganishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
Nostandart tenglamlarni yechishda foydalanadigan funksiyaning xossalarini o‘rganish;
Nostandart tenglamlarni uni yechishda foydalanadigan funksiyaning xossalariga qarab klassifikatsiyalash;
Nostandart tenglamalarni funksiyaning sodda xossalaridan (aniqlanish sohasi, chegaralanganligi, funksiya grafigi va b.) foydalanib yechish usullarini o‘rganish;
Tenglamalarni funksiya hosilasidan foydalanib yechish usullarini o‘rganish, ularni asoslash;
Parametr qatnashgan tenglamalarni yechishda hosiladan foydalanish usulini o‘rganish va asoslash;
Nostandart tenglamalarni yechishning klassik tengsizliklardan foydalanish usullarini o‘rganish.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling