4.8. Avtosamosvalning kunlik bosib oʻtilgan masofasi (Lc, km):
bunda: ко - garajdan ish joyigacha va qaytishidagi bosib o‘tilgan masofani inobatga oluvchi koefffisient (ко=1,05).
V. AG‘DARMA PARAMETRLARINI HISOBLASH
Karyerlarda avtomobil transporti keng qo‘llaniladi. Bunga sabab uning avtonomligi, harakatchanligi, topogorafik, geologik va ob-havo sharoitlarida xam yuqori unumdorligi va temir yo‘l transportiga nisbatan soddarok tuzilganidir.
Avtomobil transporti tashish masofasi 4-5 km bo‘lgan va yillik yuk aylanish hajmi uncha katta bo‘lmagan, ya’ni 15-20 mln.t bo‘lgan xollarda karyerda keng qo‘llaniladi. Avtomobil transporti temir yo‘l transportiga qaraganda ancha afzalliklarga ega: manevrining kichikligi, qiyaligining kattaligi, ya’ni 150% va burilish radiusining kichikligi. Avtomobil transportining tezligi s’ezdlarda 10 km/s, asosiy yo‘llarda 18-25 km/s.
Ishlash prinsipi kon massasini kovjoy (zaboy)lardan qabul qilish punktlarigacha tashish va to‘kishdan iborat.
Karyerlardagi avtomobil yo‘llaridan foydalanish sharoitlariga qarab yo‘llar kapital va vaqtinchalik yo‘llarga bo‘linadi. Yo‘llar yuk zichligi bir qilometr uzunlikdagi yuk mikdori yoki harakat uzluksizligi vaqt birligi ichida bir tomonga o‘tgan mashina soni bilan harakterlanadi. Avtomobil yo‘lini asosiy ko‘rsatkichi o‘tkazish kobiliyatidir. Avtomobil yo‘lining o‘tkazish kobiliyati – ma’lum bir uchastkadan vaqt birligida o‘tishi mumkin bo‘lgan avtosamosvallar sonidir. Karyerlarda yuk ko‘tarish quvvati 26-65 t bo‘lgan BelAZ turidagi avtosamosvallar keng qo‘llaniladi.
Berilgan qiymatlar bo‘yicha avtosamosvalning smenalik unumdorligini hisoblashni bajarish.
5.1-rasm. Buldozerli ag‘darmaning asosiy parametrlari.
5.1. Ag‘darma maydoni quyidagi formula yordamida aniqlanadi (So, m2):
bunda Пв - yil agʻdarmada joylashtirilishi talab qilinayotgan togʻ jinslarining hajmi, m³;
кро - togʻ jinslarining agʻdarmada maydalanish koeffisienti;
hя - yarus balandligi, m (5.1 jadval);
nя - yaruslar soni, maydon relefe dashtli boʻlganida agʻdarma balandligi 180 m gacha boʻlishi mumkin;
no - agʻdarma maydonidan foydalanish koeffisienti (no: bir yarusli agʻdarmalar - 0,8÷0,9; ikki yarusli agʻdarma - 0,6÷0,7; uch va undan koʻp yarusli agʻdarma - 0,5).
Jadvalga koʻra agʻdarmaga joylashtirilayotgan togʻ jinslarining turini qabul qilamiz. Yaruslar sonini mustaqil ravishda tanlaymiz va Sо→min ga harakat qilamiz. Agʻdarmaning umumiy balandligi odatda 120-180 m dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |