Kurs ishi «Konchilik ishi asoslari» fanidan
Download 355.6 Kb.
|
KI UZB WORD shablon (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1-rasm. Skvajinalarning pog‘onada joylashish sxemasi
- 2.2-rasm. Skvajina zaryadlari konstruksiyasi
- 2.1. Mustahkamlik darajasi f = 15 togʻ jinslari uchun 2.1 jadvaldan SBSH-320-36 burgʻulash dastgohini tanlaymiz, doloto diametric d
- 2.4. Burgʻulash dastgohining sutkalik ish unumdorligini aniqlaymiz ( , m/sutka)
- 2.6. Burgʻulash dastgohining parkini aniqlaymiz. Dasgʻohning ishchi parkini aniqlaymiz (N бс , dona)
- Portlash ishlarining parametrlarini hisoblash 2.7. Zaryad massasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi : Birinchi qator skvajinalar uchun
- Keyingi qator skvajinalar uchun : 2.8. Yoʻnaltirilgan portlatishda pastgi zaryad massasi (kg) quyidagi formula yordamida aniqlanadi
- 2.10. Havo boʻshligʻi uzunligi (m)
- 2.11. koʻrsatkichi quyidagi shartlarni qondirishi kerak: III. QAZIB-YUKLASH ISHLARINING PARAMETRLARINI HISOBLASH
2.1-rasm. Skvajinalarning pog‘onada joylashish sxemasi: а - qatordagi skvajinalar orasidagi masofa; b – skvajina qatorlari orasidagi masofa; W - pog‘ona ostki qarshilik chizig‘i; с - skvajinalarning qiyalik burchagi; lc – skvajina uzunligi; lпер – perebur uzunligi. 2.2-rasm. Skvajina zaryadlari konstruksiyasi: а - yaxlit; б - xavo bo‘shlig‘i bilan yo‘naltirilgan. Burgʻulash parametrlarini hisoblash 2.1. Mustahkamlik darajasi f = 15 togʻ jinslari uchun 2.1 jadvaldan SBSH-320-36 burgʻulash dastgohini tanlaymiz, doloto diametric dд=320 mm, burgʻulash sostavining aylanish chastotasi nв = 150 daqiqa-1 = 2,5soniya-1, oʻqga berilayotgan bosim Р0 ≤ 600kN. 2.2. SBSH-320-36 burgʻulash dastgohining skvajina burgʻulashining texnik tezligini aniqlaymiz: bunda: Р0 - oʻqga berilayotgan optimal bosim, kN; nв - burgʻulash sostavining optimal aylanish chastotasi, soniya–1; Пб - togʻ jinslarining burgʻulanish koʻrsatkichi, togʻ jinsining mustahkamligiga teng deb olamiz; dд- doloto diametri, m (2.1 jadval) 2.3. Тсм, Тпз, Тр, Тв va ϑб koʻrsatkichlarga koʻra burgʻulash dastgohining smenalik ish unumdorligini aniqlaymiz (Абсм, m/smena): bunda: Тсм – smena davomiyligi, soat; Тпз – smena davomida tayyorlovchi va yakunlovchi ishlarga sarflanadigan vaqt, soat; Тр – smena davomida ta’mirlashga sarflanadigan vaqt, soat; Тв – 1 m skvajinani oʻtishda yordamchi operatsiyalarni bajarishga sarflanadigan vaqt, (SBSH turdagi burgʻulash dastgohlari uchun Тв = 2-5 daqiqa), soat; ϑб - burgʻulashning texnik tezligi, m/soat. 2.4. Burgʻulash dastgohining sutkalik ish unumdorligini aniqlaymiz ( , m/sutka): bunda: nсм - bir sutkadagi smenalar soni (nсм = 2 ÷ 3) 2.5. Burgʻulash dastgohining yillik ish unumdorligini aniqlaymiz (Абг, m/yil): bunda: nрдс - Burgʻulash dastgohining yildavomidagi ishchi kunlar soni (ta’mirlashga, dastgohni bir maydondan ikkinchi maydonga ko’chirishga, ob-xavo sharoitlari va boshqa omillarni inobatga olgan holda), SBSH turdagi dastgohlar uchun nрдс = 230 ÷ 280 kun. 2.6. Burgʻulash dastgohining parkini aniqlaymiz. Dasgʻohning ishchi parkini aniqlaymiz (Nбс, dona): bunda: Пгм - yil davomida burgʻulanadigan togʻ jinslarining hajmi, m3. qгм - 1 pagona metr skvajinaning portlashi natijasida ajrab chiqadigan togʻ jinsining hojmi quyidagi formula orqali aniqlanadi, m3/m: bunda: W - pogʻonaning ostki qarshilik burchagi quyidagi formula orqali aniqlanadi, m: dc - skvajina diametri, m; а - qatordagi skvajinalar orasidagi masofa, m: m - skvajinalarning yaqinlashish koeffisienti, (m = 0,75÷1) b - skvajina qatorlar orasidagi masofa (m), skvajinalarning kvadrat joylashishida b ≈ а, b = 11,5 m. np - skvajinalar qatorlar soni; lc - skvajina uzunligi, m; lпер - perebur uzunligi, m: - skvajina qiyalik burchagi, gradus (60˚≤ β ≤ 90˚) Hy - pogʻona balandligi, m. Dastgohining inventar parkini aniqlaymiz (Nбр, dona): bunda: kрез - burgʻulash dastgohining rezervini inobatga oluvchi koeffisient: bunda: Тг - karyerning bir yildagi ishchi kunlari soni (Тг = 350 kun). Portlash ishlarining parametrlarini hisoblash 2.7. Zaryad massasi quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Birinchi qator skvajinalar uchun: bunda q - PM solishtirma sarfi (q = 0,6÷0,9 kg/m3) Keyingi qator skvajinalar uchun: 2.8. Yoʻnaltirilgan portlatishda pastgi zaryad massasi (kg) quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 2.9. Yaxlit zaryadlar uchun tiqim (zaboyka) uzunligi (m) quyidagi formula yordamida aniqlanadi: bunda μ = 0,4÷0,7 - tiqim (zaboyka) uzunligi. 2.10. Havo boʻshligʻi uzunligi (m): bunda lзар - zaryad uzunligi, м: bunda Pв.в - 1 m skvajinaga PM sigʻimi, kg: bunda dc - skvajina diametri, dm; Δ - skvajinadagi PMning sichligi, kg/dm3, (qoʻlda zaryadlanganda Δ=0,9 kg/dm3, mexanik zaryadlanganda - Δ=1,0 kg/dm3, suv toʻldirilgan PM qoʻllanilganda Δ=1,4 ÷1,6 kg/dm3). 2.11. koʻrsatkichi quyidagi shartlarni qondirishi kerak: III. QAZIB-YUKLASH ISHLARINING PARAMETRLARINI HISOBLASH Ekskavator deb shunday mashinaga aytiladiki, tog‘ jinslarini cho‘michlab, qisqa masofaga tashib va transport vositalariga yoki otvalga to‘kuvchi mashinadir. Ish jarayoni quyidagi 4 xil ketma-ket bajariladigan harakatlardan iborat: cho‘michni to‘ldirish (cho‘michlash), uni to‘kish joyiga surish (harakatlantirish), to‘kish va bo‘sh cho‘michni cho‘michlash joyiga qaytarib keltirish. Ekskavatorlar umumiy holda quyidagi belgilar bo‘yicha turlanadi: mo‘ljaliga va bajariladigan ish turiga qarab; cho‘mich hajmiga qarab (bir cho‘michli) yoki nazariy unumdorligiga qarab (ko‘p cho‘michli). Ekskavatorlar pastdan kovlaydigan va yuqoridan kovlaydigan turlarga bo‘linadi. Harakatlanish mexanizmlari bo‘yicha relslik, gusenitsalik, relsli gusenitsalik va kadamlovchi turlarga bo‘linadi. Ishlatilish sferasiga qarab mexanik kurakli ekskavatorlar ikki turga bo‘linadi: karyerlarda ishlovchi ekskavatorlar; ochish ishlari uchun mo‘ljallangan ekskavatorlar. Karyerda ishlovchi ekskavatorlar – tog‘ jinslarini qazib olish va ularni transport vositalariga yuklashga mo‘ljallangan. Ochish ishlariga mo‘ljallangan ekskavatorlar esa, qazib olingan tog‘ jinslarini ishlangan (foydali qazilma qazib olingan) bo‘shliqlarga tashlab ishlaydi. Karyerda bir cho‘michli ekskavatorlar asosan qazuvchi, ochuvchi va otval hosil qiluvchi uskuna sifatida qo‘llaniladi. Cho‘mich sig‘imi 4 m3 dan yuqori bo‘lgan ekskavatorlar karyer ekskavatorlari hisoblanadi. Ularning turlarida quyidagi belgilari mavjud: EKG - gusenitsali harakatlanuvchi elektrli ekskavator. Chiziqchadan keyin turuvchi raqamlar cho‘michning metr kubdagi sig‘imini bildiradi. ESH - qadamlovchi ekskavator. EGO - gusenitsali harakatlanuvchi, gidravlik karyer ekskavatori. Mexanik kuraklar quyidagi asosiy uch turga bo‘linadi: S - qurilishda qo‘llaniluvchi ekskavatorlar, K - karyerda qo‘llaniluvchi ekskavatorlar, V - ochish ishlarida qo‘llaniluvchi ekskavatorlar. Mexanik kurakning asosiy texnologik parametrlari: cho‘mich sig‘imi, ishchi parametrlari, o‘lchamlari, ekskavator olishi mumkin bo‘lgan qiyalik, massa, solishtirma bosim. Ishchi parametrlari: cho‘michlash radiusi va balandligi. Cho‘michlash radiusi Rч - cho‘michlash jarayonida ekskavatorning aylanish o‘qidan cho‘mich kromkasiga bo‘lgan gorizontal masofa. Cho‘michlash balandligi Hч - cho‘michlash jarayonida ekskavator turgan gorizontdan cho‘mich kromkasiga bo‘lgan vertikal masofa. Yuklash radiusi Rр - yuklash jarayonida ekskavator aylanish o‘qidan cho‘mich o‘qigacha bo‘lgan gorizontal masofa. Yuklash balandligi Hр - ekskavator turgan gorizontdan ochiq turgan cho‘michning quyi kromkasigacha bo‘lgan vertikal masofa. Kovjoy (zaboy) ekskavatorning ishchi joyi hisoblanadi. Kovjoy qazib olish ob’ekti hisoblangan pog‘ona yuzasining bir qismidir. Tog‘ jinslarini mexanik kurakli ekskavatorlar yordamida qazib olishda quyidagi kovjoy turlari mavjud: tupikli, toretsli va frontal. Yumshoq tog‘ jinslarida kovjoy, pog‘ona balandligi (Nu) va ekskavatorning o‘tish kengligi (A) kabi texnologik parametrlari bilan xarakterlanadi. Pog‘ona balandligi va ekskavatornig o‘tish kengligi ekskavatorning texnik xaraktrestikasini aniqlaydi. Pog‘ona balandligi (kovjoy balandligi) ekskavatorning maksimal cho‘michlash balandligi (Nch.max) dan oshmasligi lozim. Ekskavatorning nazariy, texnik va ekspluatatsion ish unumdorliklari mavjud. Nazariy unumdorlik – ekskavatorning konstruktiv parametrlaridan kelib chiqqan xolda, uzluksiz ishlash jarayonida vaqt birligi ichida qazib olingan kon massasi miqdori. Texnik unumdorlik – aniq kon-texnik sharoitda ekskavatorning uzluksiz ishlash jarayonida maksimal soatalik ish unumdorligi. Ekskavatorning ekspluatatsion ish unumdorligi texnologik va tashkiliy jixatdan to‘xtab qolishlari bilan birgalikdagi ishchi vaqtidan foydalanishni hisobga olgan holda aniqlanadi. Download 355.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling