Kurs ishi (loyiha) ni bajarish yuzasidan topshiriqlar


Sotish bo’yicha hamkorlarni tanlash


Download 148.57 Kb.
bet7/14
Sana09.01.2022
Hajmi148.57 Kb.
#259345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Kurs ishi

2. Sotish bo’yicha hamkorlarni tanlash

Yangi shakllanayotgan sotish tarmog’i va yirik bo’lmagan turistik firmalar uchun bozorda birinchi qadamlar chakana va mayda ulgurji firmalar bilan hamkorlikni o’rnatishdan boshlanishi lozim. Bunda turoperator tomonidan taklif etiladigan turmahsulotga mos kelishi kerak bo’lgan sotish tarmog’ini ixtisoslashuvini hisobga olish zarur. Xorijiy bozorlarga chiqadigan firmalar marketing strategiyasida sotishlar bo’yicha xorijiy hamkorlarning hududiy joylashuvini albatta hisobga olish zarur, chunki bu sotish tarmog’I samaradorligining ahamiyati davlat mintaqa hududida sotish tarmog’ining keng tarqalishiga bog’liqdir va bunda shahardagi punktlar soni qishloqdagi punktlar soniga nisbatan ancha yuqori bo’lishi lozim. Hamkorlarni tanlashda uch omilni hisobga olish lozim potentsial hamkorlarning huquq qobiliyati kredit qobiliyati va faoliyat qobiliyati Huquq qobiliyati firmada turistik xizmatlarni sotish bilan shug’ullanish uchun huquqiy asoslarning mavjudligidir Huquqiy status milliy qonunchilik bilan aniqlanadi va turli davlatlarda turli huquqiy shakllarda tasdiqlanadi, masalan, litsenziya patent registratsiya Bunday statusga ega bo’lmagan huquqiy shaxs turistik firma sifatida ko’rib chiqilishi mumkin emas. Shu sababli ham bunday firmalar shartnoma majburiyatlarini buzgan hollarida sud organlari da’vo arizasini ko’rib chiqish uchun qabul qilmasliklari mumkin Shuning uchun ham turistik firmaning huquqiy statusini aniqlash u bilan ish munosabatlarini yo’lga qo’yishning birinchi sharti bo’lishi lozim. Firmaning huquqiy holati to’g’risida litsenziya yoki patent nusxasi savdo riestridan ko’chirma ma’lumotnoma yoki rasmiy organlar guvohnomasi dalillik berishi mumkin. Firma huquq qobiliyati uning milliy yoki regional turistik uyushma yoki tashkilotlarga a’zoligi ham bilvosita guvohlik berishi mumkin. Ma’lumki bunday tashkilotlar a’zoligiga faqat turistik statusga ega firmalar kira oladilar. Bu milliy uyushmalar o’z nizomlariga muvofiq ma’lum moddiy va ma’naviy javobgarlikka ega bo’lganliklari bois ular o’z a’zolarining qonunlarga amal qilishlarini kuzatib boradilar.




Download 148.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling