Kurs ishi (loyiha) ni bajarish yuzasidan topshiriqlar


Download 148.57 Kb.
bet4/14
Sana09.01.2022
Hajmi148.57 Kb.
#259345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Kurs ishi

Baholash mezonlari







Mezonlar

Maksimal bal

To’plagan ball

1.

Mavzuning dolzarbligi

0-1 bal




2.

Ishning ilmiy –uslubiy yangiliklari va ijodiy yondoshish darajasi

0-1 b




3.

Ilmiy-amaliy xulosalar

0-1 bal




4.

Tushuntirish qismining rasmiylashtirilishi (natijalarning ilmiy texnikaviy,ishlab chiqarish iqtisodiy,madaniy sohalarga mosligi va ishning ilmiy, ijodiy tahlil etilishi.)

0-1 ball




5

Talabaning himoya qilish darajasi, pedagogik mahorati. Savollarga aniq va to’liq javob berishi

0-1 bal







Jami

5



*) Ushbu baholash mezonlari kafedra yig’ilishida muhokama qilinib ma’qullangan. Bayonnoma №___ «___»_______________ 20____ yil.

O’qituvchi: _____________________________
*)Asos: Universitet o’quv-uslubiy boshqarmasi tomonidan ishlab chiqilib, uslubiy kengash tomonidan ma’qullangan bitiruv malakaviy ishlarni baholash mezonlari va kurs ishlarini baholash mezonlarini ishlab chiqish haqidagi universitet o’quv-uslubiy boshqarmasi tomonidan berilgan ko’rsatmalar.

Mavzu : Turistik mahsulotlarni sotish tarmoqlarini shakllantirish

Reja:

Kirish


Asosiy qism

1. Turistik xizmatlarni sotish kanallarini shakllantirish

2.Sotish bo’yicha hamkorlarni tanlash

3.Turmahsulotni hisoblash jarayoni va tahlili

4. Turistik mahsulotni taqsimlash samaradorligini oshirish

Xulosa va takliflar

Foydalanilgan adabiyotlar

Ilovalar



Kirish

Mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishida aholiga xizmat ko’rsatuvchi sohalarning o’rni va roli g’oyat sezilarli bo’lib, bunda turizmning ahamiyati boshqa xizmat ko’rsatish sohalariga qaraganda yuqori sur’atlar darajasida rivojlanishi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham keying yillarda O’zbekistonda turizmni rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan masalalarga katta e’tibor berilib, uning turistik salohiyatidan samarali foydalaninsh yo’llari shakllanmoqda. Buni shundan ham anglash ham mumkinki, keying yillarda uni rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Xukumatining bir qancha farmon va qarorlari, viloyatlarda esa uning ijrosini ta’minlashga bag’ishlangan qarorlari qabul qilindi. Ma’lumki, turistik xizmat ko’rsatish va tashkil etishda turoperatorlik xizmatlari asosiy o’rinda turadi. “ Turizm to’g’risida” gi qonun bo’yicha o’z turistik mahsulotini shakllantiradigan va unga o’z yo’llanmasini chiqaradigan turistik tashkilotgina turoperator hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo’shimcha chora – tadbirlar to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 – yil 5-yanvardagi PF- 5611 sonli farmoni sohani rivojlantirish uchun qo’yilgan kata odimlardan biridir1. 2019-2025-yillarda O'zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi qulay iqtisodiy sharoitlar va omillarni yaratish bo'yicha olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish, turizm sohasini jadal rivojlantirish bo'yicha ustuvor maqsad va vazifalarni belgilash, uning iqtisodiyotdagi o'rni va ulushini, xizmatlarni diversifikatsiyalash va ularning sifatini oshirish hamda turizm infratuzilmasini takomillashtirishga qaratilgan. Unga ko'ra quyidagi chora - tadbirlarni amalga oshirish ko'zda tutilgan. Turoperatorlar soni 860 dan 1676 tagacha hamda turizm sohasining boshqa subyektlari sonini oshirish evaziga xalqaro standartlariga mos turizm infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, joylashtirish vositalari soni 850 dan 3000 tagacha o'sishini; --- turizm xizmatlari sifati, xilma-xilligi va eksport hajmining o'sishi, jahon bozorining yirik vakillari ( brendlarini ) jalb qilish va xorijiy investitsiyalar oqimini ko'paytirishni ta'minlaydi; Transport logistikasini rivojlantirish, tashqi va ichki yo'nalishlarini kengaytirish, transport xizmatlari sifatini oshirish va h.k. lar2. Turizmda sohasidagi asosiy tushunchalar bu turistik mahsulot va xizmatlardir. Dastlab, bu xususda O’zbekiston Respublikasining “ Turizm tog‘risida”gi Qonunida quyidagicha yoritilgan: Ushbu qonunning 6-bobi, 25-moddasida quyidagilar berilgan: Turistik mahsulot turistik bozor konyukturasidan kelib chiqqan holda yoxud turistning yoki ekskursantning buyurtmasiga ko‘ra turoperator tomonidan shakllantiriladigan, turistning va ekskursantning ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun zarur bo‘lgan turistik xizmatlar majmuidir. Turoperatorning turistik mahsulot jumlasiga kiruvchi alohida turistik xizmatlarni ko‘rsatuvchi shaxslar bilan shartnomalar tuzishga va ularni ijro etishga doir faoliyat turistik mahsulotni shakllantirishdir. Turistik mahsulotni realizatsiya qilishga ( reklama qilishga, ixtisoslashtirilgan ko‘rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etishga, kataloglar, bukletlar nashr etishga va boshqalarga ) qaratilgan chora – tadbirlar majmui turistik mahsulotni targ‘ib etishdir.3 Kurs ishining dolzarbligi: turizmni yanada rivojlantirish maqsadida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va turizm sohasida muammolarni nazariy jihatdan aniqlab olish va bunga amaliy yechim topish bugungi kunda dolzarbdir. Kurs ishining maqsadi : turistik mahsulot va xizmatlarni sotish va sotib olish jarayonini yanada jadallashtirish, turmahsulot ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida konkurensiyani kuchaytirish va sifatli kadrlarni tayyorlashga bo‘lgan e‘tiborni qaratish asosiy maqsad qilib olingan. Kurs ishining predmeti: yuqorida ta‘kidlanganidek turistik mahsulotni sotish va sotib olishda turfirmalar faoliyati bilan tanishishdir. Va albatta turistlarga sifatli turpaketlarni tayyorlashdir. Kurs ishining o‘rganish obyekti: umumiy qilib aytganda, turizm bozori deb aytishimiz mumkin. Kurs ishining tarkibi: kirish, reja, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardir.


Download 148.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling