Kurs ishi loyixasi


Download 234.93 Kb.
bet2/8
Sana29.03.2023
Hajmi234.93 Kb.
#1306870
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-Oziq ovqat sanoatida issiqlik va issiqlikni uzatishning ahamiyati

Mavzuning dolzarbligi. Oxirgi o’n yilliklarda tezkor jadal suratlar bilan tekshirishlar va issiqlik almashinuvi hodisalarining tadbiqlari juda kengayib ketdi. U o’zida texnika (kimyo texnalogiyasi, metallurgiya, qurilish ishlari, neftni qayta ishlash, mashinasozlik, agrotexnika va hakozo) hamda asosiy tabbiy fanlar (biologiya, geologiya, atmosfera va atom fizikasi va boshqalar) ning barcha sohalarini qamrab oldi. Issiqlik almashinuvi jarayonini nazariy o’rganish hozirgi paytda sezilarli darajada EHMlardan foydalanilgan holda ularni matematik modellashtirish atrofida olib borilmoqda.Bu natijalarga xususiy hosilali sonli yechish metodlarining sezilarli tarzda rivojlanishi va zamonaviy hisoblash mashinalari quvvatining oshishi hisobiga erishilmoqda.
Ishning maqsadi va vazifalari. Ushbu kurs ishida issiqlik o’tkazuvchanlik koeffisiyenti temperaturadan bog’liq bir o’lchovli issiqlik o’tkazuvchanlik tenglamasini sonli yechish maqsad qilib qo’yilgan. Masalani yechishning dasturi va blok sxemalarini tuzish talab qilinadi.
Qaralayotgan chegaraviy masalada chiziqli bo’lmagan chegaraviy shartlar ko’riladi.
Tadqiqot metodlari. Xususiy hosilali differensial tenglamalarni yechishda chekli ayirmalar usuli va oddiy iteratsiya usullaridan foydalanildi.
Chekli ayirmali usulini issiqlik o’tkazuvchanlik masalalariga qo’llashda qattiq jismni tugunlar to’plami sifatida qaraladi. (1) tenglamaning xususiy hosilalarini chekli ayirmalar bilan almashtirish natijasida to’rning har bir tugunidagi temperaturaning lokal xarekteristikasi sifatida algebraik tenglamalar sistemasi hosil qilinadi.Qatlamda, yopiq chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini EHM yordamida sonli usullar bilan yechiladi.
Ilmiy ahamiyati. issiqlik o’tkazuvchanlik koeffisiyenti temperaturadan bog’liq bir o’lchovli issiqlik o’tkazuvchanlik tenglamasini sonli yechildi.Masalani yeshish uchun zarur bo’lgan dasturlar, blok sxemalar tuzuldi.
Amaliy ahamiyati. Ishning natijalaridan hisoblash matematikasi va hisoblash usullari fanlari bo’yicha otkaziladigan amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida foydalanish mumkin.

Download 234.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling