Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Andijon davlat universiteti
Tabiiy fanlar fakulteti
Oziq-ovqat texnologiyasiyoʻnalishi
3 bosqich 302– guruh talabasi
Odiljonov Izzatilloning
Asosiy texnologik jarayonlar
va qurilmalar fanidan
KURS ISHI LOYIXASI
Mavzu: Oziq ovqat sanoatida issiqlik va issiqlikni uzatishning ahamiyati
Bajardi: Odiljonov Izzatillo
Rahbari: Xojiqulov A.S. (PhD)
Tekshirdi: tex.fid.proff. X.Isaqov
Mundarija.
Kirish
Asosiy qism
I Oziq ovqat sanoatidagi jarayonlar
1.1 Bir o'lchamli issiqlik o'tkazuvchanlik tenglamasini sonli yechish
1.2 Olti nuqtali sxemalar oilasi
1.3 Issiqlikning nurlanish orqali uzatilishi
1.4 Nurlanishning asosiy qonunlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Issiqlik o’tkazuvchanlik deb issiqlikni muhitda molekulyar uzatishga aytiladi. Bu jarayon temperaturaning tekis taqsimlanmagan holatida ro’y beradi. Bu holda issiqlik har xil temperaturali zarrachalarning bevosita tutashtirish hisobiga uzatiladi va molekulalar, atomlar va ozod elektronlar orasida energiya almashinuviga olib keladi.
Issiqlik o’tkazuvchanlik moddaning agregat holatiga, uning tarkibiga, temperaturasiga, bosimiga va boshqa xarakteristikalariga bog’liq. Ko’p hollarda suyuq holdagi moddaning issiqlik o’tkazuvchanligi gaz holatdagi moddaning issiqlik o’tkazuvchanligidan taxminan o’n marta ko’pbo’ladi.Qattiq jism uchun issiqlik o’tkazuvchanlik erish nuqtasi atrofida suyuqlikka qaraganda( suyuq vismut, olova va tellurdan tashqari ) anchayuqori bo’ladi.
Amaliyotda jism ichidagi va uning chegarasi yaqinidagi issiqlik o’tkazuvchanlik har xil bo’lishi tez-tez uchrab turadi. Bu farqlanish issiqlik uzatish jarayoning borish shartlarining o’zgarishi bilan, hamda modda strukturasining o’zgarishi bilan(termikqayta ishlash tekshirish, ko’p ishlatish va hakazo natijasida sodir bo’ladi.
Ushbu ishda issiqlik o’tkazuvchanlik koeffisiyenti temperaturadan bog’liq bir o’lchovli Issiqlik o’tkazuvchanlik tenglamasini sonli yechish masalasi qaraladi. Issiqlik o’tkazuvchanlikka tashqi shart-sharoitlar, masalan, nurlanish, bosimning o’zgarishi, magnit maydoni sezilarli ta’sir qilishi mumkin.
Masalaning qo’yilishi. Nostatsionar issiqlik o’tkazish tenglamasi dekart koordinata sistemasida quyidagi tenglama yordamida yoziladi:
(1) Bu tenglama ( Фуръе-Кирхгоф) tenglamasi jismning ixtiyoriy nuqtasidagi temperaturaning fazoviy va vaqtga bog’liq o’zgarishlarini bog’lab turadi. Bu yerda
—zichlik, с —nisbiy issiqlik sig’imi, -issiqlik o’tkazuvchanlik koeffisiyenti, -issiqlik manbayining ichki quvvati. tenglama konduktiv issiqlik uzatish jarayoni rivojlanishining ko’plab variantlarini ifodalaydi. Son-sonoqsiz variantlardan bittasini tanlash va unga to’liq matematik bay on qilish uchun (1) tenglamaga bir qiymatlilik shartini qo’yish kerak. Bu shart geometrik , fizik, boshlang’ich va chegaraviy shartlarni o’z ichiga oladi.
Ushbu kurs ishida issiqlik o’tkazuvchanlik koeffisiyenti temperaturadan bog’liq bir o’lchovli issiqlik o’tkazuvchanlik jarayonini qaraymiz.
Issiqlik o’tkazuvchanlik koeffisiyentini xisoblash uchun quyidagi bog’liqlikdan foydalaniladi:
(2)
Bu xolda bir o’lchovli chiziqli bo’lmagan issiqlik o’tkazuvchanlik tenglamasi quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
(3)
(3) tenglama uchun
(4)
chegaraviy masalani qaraymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |