Kurs ishi matnining namunaviy tuzilmasi


I. C++ dasturlash tili asosiy tushunchalari


Download 204 Kb.
bet2/10
Sana18.06.2023
Hajmi204 Kb.
#1573690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
КТ курс иши бажариш тартиби (2)

I. C++ dasturlash tili asosiy tushunchalari
Reja:

  1. C oilasi tillari tarixi.

  2. C++ tilining alfaviti va xizmatchi so`zlari.

  3. Funktsiyalar kutubxonasi.

  4. Direktivalar.

  5. Dasturning tuzilishi.

  6. Mutaxassislikka oid masalalarni dasturlash tili orqali yechishga doir misollar.

Rejadagi har bir masala o`zaro bog’langan bo`lishi lozim, ularni yoritishda esa mavzuning mutaxassislik sohasida qo’llanilishiga doir misollar keltirilishi va amaliy ish faoliyatiga bog’langan bo`lishi ham e`tibordan chetda qolmasligi kerak. Reja bir-biriga bog’lik bo`lib biri ikkinchisini to`ldirib turadigan hamda mavzuni kompleks hal qilishni ko`zda tutgan ketma-ketlik asosida ishlab chiqilishi kerak.
Nazariy qismda reja asosida qo`yilgan masalaning kelib chiqishi, manbaalari, ishlash texnologiyasi, ahamiyati, qo`llanish sohalari, texnik ko`rsatgichlari, ish rejimlari, strukturasi, effektivligi, afzallik va kamchiliklari, dasturiy majmualar bilan aloqadorligi va hokazo masalalar bayon etiladi.
Nazariy qismni to`la yoritish uchun, talaba ilmiy ommabop jurnallardan, belgilangan adabiyotlardan, Internetning axborot manbaalaridan foydalanganligini va uni chuqur o`rganganligini namoyon qilishi kerak. Bu erda bo`lg’usi mutaxassisning fan bo`yicha tayyorgarligi qay darajada ekanligi, qo`yilgan masalani mustaqil hal etish qobiliyati tekshiriladi va belgilangan mezonlar asosida baholanadi. Turli mualliflarning bir qancha nashr qilingan ishlarini o`zlashtirish jarayonida talaba tafakkurida olingan axborotlarni tahlil etish, maqsad bo`yicha qismlarga ajratish, taqqoslash, umumlashtirish hamda ular orasidagi o`zaro o`xshashlik va farqni topa olishlari muhimdir.
Ushbu yo`nalishda bajarilgan ishlarning mamlakatimiz va xorijiy davlatlar tajribasi ham bayon etilishi maqsadga muvofiq keladi. Agar talaba mavzu bo`yicha olgan natijalarini tanqidiy baholay olsa kurs ishining qiymati yanada oshadi. Asosiy qismda rasmlar, chizmalar, grafiklar va jadvallar keltirilishi mumkin.
Nazariy tomondan o`rganilayotgan masala chuqur yoritilgandan so`ng kurs ishini bajaruvchi nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan o`zaro bog’lay olishi kerak. Ish bo`yicha berilayotgan takliflar asosli bo`lishi va takliflar aniq, lo`nda va tushunarli qilib bayon qilinishi kerak.

Download 204 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling