Kurs ishi mavzu : Nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalarning bilish faoliyati


Hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari


Download 0.53 Mb.
bet7/11
Sana07.05.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1437686
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
defektalogiya kurs ishi

Hamkorlikda o‘qitish texnologiyalari
Guruhlarda ishlash – bu o‘quv topshirig‘ini hamkorlikda bajarish uchun tashkil etilgan, o‘quv jarayonida kichik guruhlarda ishlashda (2 tadan – 8 tagacha ishtirokchi) faol rol o‘ynaydigan ishtirokchilarga qaratilgan ta’limni tashkil etish shaklidir. Bunda asosiysi topshiriq – natija emas balki, guruh ichidagi hamkorlik jarayonidir.
Guruhlarda ishlash qoidasi
Sherigingizni diqqat bilan tinglang.
Guruh ishlarida o‘zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga javobgarlik bilan yondashing.
Agar yordam kerak bo‘lsa, albatta murojaat qiling.
Agar sizdan yordam so‘rashsa, albatta yordam bering.
Guruhlar faoliyatining natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart.
Aniq tushunmog‘imiz lozim:

  • Boshqalarga o‘rgatish orqali o‘zimiz o‘rganamiz!

  • Biz bitta kemadamiz: yoki birgalikda suzib chiqamiz, yoki

birgalikda cho‘kib ketamiz.
Guruhlarni joylashtirishning eng maqbul chizmasi

TARMOQLAR” METODI (KLASTER)


Fikrlarni tarmoqlanishi bu-pedagogik strategiya bo‘lib, u tinglovchilarni biron bir mazmunni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, tinglovchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog‘langan holda tarmoqlashlariga o‘rgatadi.


Bu metod biron mavzuni chuqur o‘rganishdan avval tinglovchilarni fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o‘zlashtirish, umumlashtirish hamda o‘quvchilarni shu mavzu bo‘yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.
Bu esa tinglovchilarga o‘z bilimlari, tushunishlari va tasavvurlari darajasini aniqlashga yordam beradi.

«Tezkor ko‘rish xotirasini baholash»
Xotiraning ushbu turi masalani yechish jarayonida to‘g‘ri javobni aniqlash uchun kerakli axborotni shaxs qay darajada uzoq muddat xotirada saqlay olishi mumkinligi bilan belgilanadi. Axborotni saqlab turish vaqti, tezkor xotiraning qo‘shimcha sifatlariga masalani yechish vaqtida bola tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolarni ham kiritish mumkin. (Xato deganda masalani yechish uchun kerak bo‘lgan axborotni saqlayolmaslik kabi xususiyatlar nazarda tutiladi). Bolaning tezkor ko‘rish xotirasini va uning ko‘rsatkichlarini quyidagi tajribabil ananiqlash mumkin. Bolaga tartib bilan 15 sekundga mo‘ljallangan 6 tadan har xil shtrixlangan uchburchaklar ifodalangan kartochka taqdim etiladi. Bola shunday kartochkadan birini ko‘rib bo‘lgandan so‘ng, bu kartochka olib qo‘yilib, o‘rniga 24 ta uchburchakni o‘zichiga olgan katta kartochka ko‘rsatiladi. Ushbu kartochkada albatta bola hozirgina ko‘rgan 6 ta uchburchak ham tasvirlangan.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling