Kurs ishi mavzu: " On-line kurslar va ularga didaktik materiallar tayyorlash " Termiz -2022


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana28.12.2022
Hajmi0.64 Mb.
#1010970
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7 On-line kurslar va ularga didaktik materiallar tayyorlash




TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT TEXNALOGIYALARI FAKULTETI
INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI 
YO’NALISHI 4-KURS
11/19–GURUH SIRTQI TALABASI
ESHQOBILOV ABBOSJONNING 
“INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI” 
FANIDAN TAYYORLAGAN 
KURS ISHI 
Mavzu: "
On-line kurslar va ularga didaktik materiallar
tayyorlash " 
Termiz -2022 



MUNDARIJA 
KIRISH ……………………………………………………………………………3 
I BOB. O N - L I N E K U R S L A R V A D I D A K T I K T U S H U N C H A L A R
HA QIDA UMU M IY MA ’L UM OTLAR ……..………………….….…...5
1.1. 
 
Kasb-hunar ta’limi pedagogikasi va didaktik tushunchalar ………………....5
 
1.2. On-line kurslar haqida tushuncha……………………..……...,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,....9 
 
II BOB. DIDAKTIK MATERIALLAR VA ON-LINE KURSLAR UCHUN 
DIDAKTIK MATERIALLAR TAYYORLASH METODIKASI....................14 
2.1. Didaktik materiallar va ularning tutgan o‘rni…………………………...……14 
2.2. On-line kurslar uchun didaktik materiallar tayyorlash metodikasi…....…..…18 
 
XULOSA…………………………………………………………………...………21 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI……………………..…….23 



KIRISH 
Mustaqil O’zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g’oyasi 
Respublika Konstitusiyasida e’tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy 
davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy 
rivojlanishning yuqori bosqichlariga ko’tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib 
o’rin egallashga yo’naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.
Ushbu masadlarning ijobiy natijaga ega bo’lishi, eng avvalo, yosh avlodga 
ilmiy bilimlar asoslarini puxta o’rgatish, ularda keng dunyo qarash hamda tafakkur 
ko’lamini hosil qilish, ma’naviy-ahloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi 
ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bog’liqdir. Zero, yurtning por-
loq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng yoyish, ulug’ ajdodlar tomoni-
dan yaratilgan milliy-madaniy merosni jamiyatga namoyish etish, ularni boyitish
mustaqil Respublikamizning rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy egallashini 
ta’minlash yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxassis qilib tarbiyalash-
ga bog’liqdir.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sessiyasi (1997yil 29 avgust)da 
qabul qilingan hamda bugungi kunda g’oyalari amaliyotga keng ko’lamda muvaf-
faqiyatli tadbiq etilayotgan O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi
Qonuni va «Kadirlar tayyorlash Milliy dasturi» mazmunida barkamol shaxs va ma-
lakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonining mohiyati to’laqonli 
ochib berilgandir. Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o’zida 
ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko’tarish, shu bilan 
birga jahon ta’limi darajasiga ko’tarish borasida muayyan vazifalarni amalga 
oshirishi lozim. Chunonchi, mazkur jarayonning bosqich (2005 va undan keyingi 
yillar)da «…ta’lim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada 
mustahkamlash, o’quv-tarbiya jarayonini yangi o’quv-uslubiy majmualar, ilg’or 
pedagogik texnologiyalar bilan to’liq ta’minlash» kabi dolzarb vazifalar ijobiy hal 
etilmog’i lozim.



Mazkur vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishda yana bir omilning mavjud-
ligi, ya’ni, uzluksiz ta’lim tizimi xodimlari, pedagog-o’qituvchilarning zamonaviy 
ta’lim texnologiyalarining mohiyatidan habardorliklari hamda ularni ta’lim ja-
rayonida samarali qo’llay olishlari, ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy 
yondashuvning qaror topishi, shuningdek, ta’lim jarayonida didaktik vositalardan 
samarali foydalanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
O’qituvchi-pedagoglarning didaktik jarayonni noan’anaviy shakllarda tash-
kil etish, ta’lim jarayonini mukammal andoza asosida loyixalashga erishish, did-
aktik jarayonni obyektiv nazorat qilish shakllarini ishlab chiqish hamda o’quv-
didaktik vositalardan
oqilona foydalana olish ko’nikmalarga ega bo’lish ta’lim 
oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarni puxta, chuqur o’zlashtirilishi, ularda ama-
liy ko’nikma va malakalarning hosil bo’lishining kafolati bo’la oladi.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling