Kurs ishi mavzu: Akademik litseylarda “Aylanma harakat dinamikasi” mavzusini o‘qitish metodikasi. Bajardi: Rajabboyev I kurs ishi rahbari: Rahmonov a urganch-2022 mundarija kirish


Download 0.55 Mb.
bet7/8
Sana22.06.2023
Hajmi0.55 Mb.
#1650781
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ixlosbek1

Fq = 2m[V,] (4.6)
yoki
Fk = 2mV. ∙Sin. (4.7)
Demаk, tekis аylаnuvchi sаnoq tizimigа nisbаtаn jismning hаrаkаt tenglаmаsini tuzish uchun mаzkur jismgа tа’sir etаyotgаn Nyuton kuchlаri, mаrkаzdаn qochmа inersiya kuchi vа Koriolis inersiya kuchining yig‘indisini olish kerаk:
m a =  ( Fi + Fm.q. + Fk) (4.8)
Biz yashаb turgаn sаyyorа - Er hаm, аylаnuvchi sаnoq tizimidir. Er bilаn bog‘liq bo‘lgаn sаnoq tizimining noinersiаl ligi tufаyli Er sirtidаgi jismlаrgа mаrkаzdаn qochmа vа Koriolis inersiya kuchlаri tа’sir etаdi.

Mustаhkаmlаsh uchun sаvollаr


  1. Аylаnuvchi sаnoq tizimlаridаgi jismning hаrаkаt tenglаmаsi qаndаy ifodаlаnаdi?

  2. Er sirtidаgi jismlаrgа qаndаy kuchlаr tа’sir etаdi?

  3. Koriolis kuchi nimаgа bog‘liq?

  4. Mаrkаzdаn qochmа inersiya kuchi tenglаmаsini tushuntirib bering.

  5. Noinersiаl sаnoq sistemаsidаgi jismning hаrаkаt tenglаmаsini izohlаb bering.

11.Moddiy nuqtа inersiya momenti deb nimаgа аytilаdi vа qаndаy birliklаrdа ifodаlаnаdi?
12.Ilgаrilаnmа hаrаkаtdаgi jism mаssаsi bilаn аylаnmа hаrаkаtdаgi jism inersiya momenti o‘rtаsidа qаndаy fаrq bor?
13.Аylаnmа hаrаkаt uchun dinаmikа ikkinchi qonuni ifodаsini yozing vа tushuntiring.
14.Yopiq mexаnik tizim uchun hаrаkаt miqdor momentining sаqlаnish qonunini tа’riflаng.
15.Kuch momenti deb nimаgа аytilаdi?
26.Hаrаkаt miqdor momenti deb nimаgа аytilаdi?
17.Аylаnmа hаrаkаtdаgi qаttiq jismning kinetik energiyasi qаndаy ifodаlаnаdi?
18.Shteyner teoremаsini tа’riflаng.
19.Impuls momenti qаndаy аniqlаnаdi?
20.Ilgаrilаnmа vа аylаnmа hаrаkаtni аniqlovchi fizik kаttаliklаrni o‘zаro solishtirib izohlаng.




Masalalar
1. Jism R radiusli aylana bo'ylab v tezlik bilan aylanmoqda. Agar u radiusi 2R bo'lgan aylana bo'ylab v tezlik bilan aylansa, uning markazga intilma tezfanishi o'zgaradimi, o'zgarsa qanday? A) 4 marta ortadi. B) 2 marta kamayadi. С) 2 marta ortadi. D) 4 marta kamayadi. E) o' zgarmaydi.
2. Egrilik radiusi 225 m bo'lgan burilishda 30 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan avtomobilning markazga intilma tezlanishini aniqlang (m/s2).
A) 75. B) 67,5. C) 17. D) 4. E) 0,13.
2. Shossening burilgan joyida avtomobil modul bo'yicha o'zgarmas 10 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. Agar avtomobil traektoriyasining egrilik radiusi 50 m bo'lsa, uning markazga intilma tezlanishi qanday (m/s2)?
A) 2. B) 0,2. C) 0,5. D) 2,5. E) 25.
3. Yo'lning egrilik radiusi 160 m bo'lgan qismida 72 km/h tezlik bilan harakatlanayotgan poezdning markazga intiima tezlanishini toping (m /s2).
A) 2,5. B) 4. C) 2. D) 5. E) 7,2.
4. Velosipedchi egrilik radiusi 48 m bo'lgan buriiishda 12 m /s tezlikda harakatlanmoqda. Markazga intilma tezlanishni toping (m /s2).
A) 4. В) 3. С) 0,25. D) 0,5. E) 6.
5. Zarracha aylana bo'ylab 10 m /s tezlik bilan harakat qiladi. Agar markazga intilma tezlinish 4 m /s2 bo'lsa, aylana radiusi qanday (m)?
A) 125. B) 25. C) 20. D) 12,5. E) 2,5.
6. Tramvay vagoni radiusi 50 m bo'lgan burilishaa harakantlanmoqaa. Agar markazga intilma tezlanish 0,5 m/s2 bo'lsa, tramvayning tezligi qanday (m/s)?
A) 5. B) 0,5. С) 50. D) 0,05. E) 0,005.
7. Velosiped 10 m /s o'zgarmas tezlik bilan harakatlanmoqda. Uning g'ildiragi diametri 80 cm. G'ildirakning pastki nuqtasi yerga nisbatan qanday (m /s2) tezlanish bilan harakatlanadi?
A) 0. B) 1,25. C) 250. D. 125. E. 2,5.
8. Moddiy nuqta ayiana bo'ylab 4 m/s tezlik bilan tekis aylanmoqda. Davrning to'rtdan uch qismida jism tezligi o'zgarishining modulini toping (m/s).
A) 0. B) 1. 0 4. D) 442. E) 12.
9. Minutiga 1200 marta aylanayotgan ventilyator parragining aylanish davrini toping (s).
A) 0,05. B) 0,5. О 5. D) 20. E) 2.
10. Vaqt birligidagi aylanishlar soni 80 marta ortsa, aylanish davri qanday o'zgaradi?
A) 40 marta ortadi. B) 40 marta kamayadi. C) 80 marta ortadi. D) 80 marta kamayadi. E) 160 marta ortadi.
Xulosa.
Ushbu kurs ishida qattiq jismlarning aylanma harakat dinamikasini o'qitish va shu mavzuni to‘liq yoritish asosiy maqsad esa o'quvchilarga bu mavzuni to‘liq rasmlar orqali tushuntirilib yoritilgan . Qattiq jismning, u bilan mustahkam bog‘langan AB to‘g‘ri chiziqning hamma nuqtalari qo‘zg‘almasdan qoladigan harakatiga jismning AB qo‘zg‘almas o‘q atrofida aylanishi deyiladi.Qo‘zg‘almas o‘q atrofida aylanuvchi jism bitta erkinlik darajasiga ega. Uning fazodagi holati bu jismning qandaydir shartli tanlangan boshlang‘ich holatining aylanish o‘qi atrofida burilish burchagining qiymati bilan to‘liq aniqlanadi. Jismning yo‘nalishi va aylanish tezligining kinematik xarakteristikasi bo‘lib, jismning elementar burilish vektorini, bu burilishni davom etish vaqtiga nisbatiga teng bo‘lgan kattalik – jismning burchak tezligi xizmat qiladi.Mexanik sistemaning massa markaziga nisbatan impuls momentidan vaqt bo‘yicha olingan hosila, sistemaga ta’sir etuvchi barcha tashqi kuchlarning o‘sha nuqtaga nisbatan bosh momentiga teng.
Qo‘zg‘almas nuqtaga nisbatan mexanik sistemaning impuls momentidan vaqt boyicha olingan hosila, sistemaga ta’sir qiluvchi barcha tashqi kuchlarning o‘sha nuqtaga nisbatan bosh momentiga teng.
Mexanik sistemaning o‘qqa nisbatan impuls momenti deb, ko‘rilayotgan o‘qdan ixtiyoriy tanlangan nuqtaga nisbatan sistema impuls momenti vektorining shu o‘qqa proeksiyasiga aytiladi. Mos xolda, o‘qqa nisbatan kuch momenti deb, shu o‘qdan ixtiyoriy tanlangan nuqtaga nisbatan kuch momenti vektorining shu o‘qqa proeksiyasiga aytiladi.Undan tashqari o'quvchilarning bu mavzuni to'laqonli o'rganib olishlari kelajak hayotida qurilish va xo'jalik turmushda ham juda foydasi katta bo‘ladi.Bu esa davlatimiz ravnaqi uchun katta poydevor bo‘lib hisoblanadi .So‘zim yakunida sobiq prezidentimiz gapi bilan yakunlamoqchiman ,,Bizni farzandlarimiz bizdan ko‘ra bilimli bizdan ko‘ra aqlli va bizdan ko‘ra baxtli bo‘lmoqg‘i zarur " Shu uchun ham hozir davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga juda katta e'tibor berilmoqda va imkoniyatlar yaratilmoqda.Bulardan foydalanib yurtimiz ravnaqi ga o‘z hissamizni qo‘shishimiz kerak.


Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling