Kurs ishi mavzu: Analitik kimyoda organik reagentlar Bajardi: Xikmatov. М qabul qildi: Sayfiyev. М mundarija Kirish I bob. Adabiyotlar sharhi


Download 221.4 Kb.
bet8/11
Sana24.12.2022
Hajmi221.4 Kb.
#1061216
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Analitik kimyoda organik reagentlar

6. Kationlar tasnifi


Kation va anionlarning tahlili ularning tasnifiga ko’ra bajariladi. Analitik kimyodan dastlabki darslikni yozgan prof. Menshutkin taklif etgan, mumtoz – sulfidli, klassifikatsiya kationlarni sulfid ioni bilan hosil qilgan sulfidlari hossalarini farqiga asoslangan. Bu tasnifda gurux reagenti sifatida zaharli Н2S eritmasi qo’llanishi sababli hozirgi vaqtda sifat tahlil, kationlarni kislota-asos xossalariga ko’ra tuzilgan tasnif asosida bajariladi.

Kationlarning kislota-asos tasnifi


Gurux

Kationlar

Gurux reagenti

Gurux nomi

Cho’kma xossalari

I

Na+ K+ NH4+

Yo’q





II

Ag+ Pb2+ Hg2

HCl

Xloridlar

Xloridlari suvda erimaydi

III

Ca2+, Sr2+, Ba2+, (Pb2+)

2n H2 SO4

Sulfatlar

Sulfatlari suvda erimaydi

IV

Al3+ Zn2+ Cr3+

2n NaOH+H2O2

Amfolitlar

Gidroksidlari suvda eri-maydi, lekin ishqorning mo’l miqdorida eriydi

V

Mq2+ Mn2+ Fe2+ Fe3+ Bi3+

NaOH yoki NH4OH

Gidroksidlar

Gidroksidlari suvdava ishqorning mo’l miqdorida ham erimaydi

VI

Co2+, Ni2+, Cu2+ Cd2+, Hg2+

Konsentrik ammiak

Ammiakatlar

Gidroksidlari konsentrlangan ammiakda eriydi


2.2. Moddalarni ajratish va konsentrlashni asosiy tushunchalari va tasnifi.
Analitik kimyoda u yoki bu elementga xos (xususiy) reaktsiyalar alohida ahamiyatga ega. Xususiy reaktsiya ushbu ionni boshqa ionlar ishtirokida ham aniqlash imkonini beradi Masalan: kraxmalning yod ta‘sirida ko’qarishi, ammoniy tuzlariga ishqorlar ta‘sir ettirilganda ammiak gazining ajralib chiqishi reaktsiyalar bunga misol bo’ladi.
Agar ionlar aralashmasiga qo’shilgan reaktiv faqat ba‘zi ionlar bilan reaktsiyaga kirishsa bunday reaktsiyalar selektiv reaktsiyalar deb ataladi.

  1. Masalan: (NH4)2C2O4 tuzi kationlar aralashmasiga qo’shilganida faqat Сa2+, Ba2+,Sr2+ , n2+ kationlar bilan reaktsiyaga kirishadi.

Qarama–qarshiliklar birligi va kurashi dialektika qonunini tasdiqlovchi, kimyo fanining asosiy qonunlaridan biri, MTQ reaksiya muvozanat xolatini moddalar konsentratsiyalariga bog‘likgini ifodalaydi
V1 [C]x[D]y
mA + nB xC + yD Km =
V2 [A]m[B]n
Reaksiyani to‘g‘ri va teskari yo‘nalish tezliklari tenglashganda dinamik (xarakatchan) muvozanat qaror topadi. Le Shatele qoidasiga muofiq bu muvozanatni chap yoki o‘ngga siljitish mumkin. K>1 bo‘lishi, reaksiya maxsuloti ko‘pligi, binobarin muvozanat o‘ngga siljiganligini anglatadi. K<1 bo‘lsa reaksiya teskari tomon ya’ni chapga siljigan bo‘ladi. K-qiymatlari analitik ma’lumotnomalarda keltiriladi. K=1 bo‘lgan kimyoviy reaksiyalar oxirigacha bormaydi.
Analitik reaksiyalar oxirigacha, to‘liq, borishi zarur, buning uchun tengishli analitik reaksiyaning muvozanat doimiysi 108 va undan katta bo‘lishi lozim. Ayrim xollarda reaksiya oxirigacha borishi uchun, Le Shatele qoydasiga muvofiq, tegishli ta’sir vositalari qo‘llanadi.
MTQ, analitik kimyoda, turli analitik reaksiyalarda keng qo‘llanadi:

  1. Cho‘ktirish reaksiyalarida – cho‘qma xosil bo‘lishini oldindan aytib berish uchun.

  2. Kislota-asos muvozanatida eritmalar pH qiymatini va tuzlarni gidroliz darajasini xisoblash uchun.

  3. Oksidlanish qaytarilish reaksiyalarida muvozanat doimiysi, va reaksiya unumini xisoblash uchun.

  4. Kompleks xosil bo‘lish reaksiyalarida kompleks ion barqarorlik doimiysini xisoblash va boshqa ko‘p maqsadlarda ishlatiladi.

Ammo yuqorida keltirilgan ko‘rinishdagi 1-tenglik faqatgina, ideal ya’ni kuchsiz elektrolit eritmasi yoki kuchli elektrolitning o‘ta suyultirilgan eritmasiga oid bo‘lib, muvozanat doimiysi Ostvaldning suyultirish qonuniga ko‘ra dissotsiatsiya darajasi  orqali xisoblanadi
KM =2S/1 – 
Kuchli elektrolit eritmalari bu qonunga, quyidagi sabobga ko‘ra, itoat etmaydi.
Kuchli elektrolitlarni konsentrik eritmalarida ionlar, ko‘pligi sababli, bir birini xarakatchanligini kamaytiradi. Shuning uchun eritmadagi xarakatchan (fa’ol) ionlar konsentratsiyasi kuchli elektrolitning umumiy konsentratsiyasidan doimo kam bo‘ladi.
Kuchli elektrolit eritmasidagi ionlarni, fa’ol ya’ni, samarali konsentratsiyasi fa’ollik deb ataladi va (a) harfi bilan belgilanadi. Demak a < c
Fa’ollikni (a) umumiy konsentratsiya (s)ga nisbati – fa’ollik koeffitsienti deb ataladi f = a/c < 1.
Ion fa’olligini, o‘z elektrolitidan tashqari, begona kuchli elektrolit ionlari xam pasaytiradi. Eritmadagi barcha ionlarni fa’ollikga ta’sirini xisobga olish uchun ion kuchi tushunchasi kiritilgan. Eritmaning ion kuchi qancha yuqori bo‘lsa undagi ionlar fa’olligi shunchali past bo‘ladi.

Download 221.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling