Kurs ishi mavzu: Aqli zaif òquvchilar muloqotining òziga xos xususiyatlari


Download 65.57 Kb.
bet10/11
Sana28.01.2023
Hajmi65.57 Kb.
#1136854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nodira (7)

Uchinchi bob bo’yicha xulosa
Tadqiqotning yakuniy bosqichida shu narsa aniq bo‘ldiki , aqli zaif bolalarning muloqotini rivojlantirishda , ular bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina muammolarning hal qilinishiga zamin yaratadi . Ularning muloqotini ilk bolalik davridan boshlab rivojlantirish , maxsus ta‘lim sharoitida ular muloqotini yanada takomillashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi .

Shu sababli , aqli zaif bolalar muloqotini rivojlantirishda hozirgi kun talablariga javob bera oladigan maxsuslashtirilgan zamonaviy psixo – korreksion rivojlantiruvchi usullar tizimida samarali foydalanish masalalari muhim vazifalardan biriga aylanish zarur .


Bolalarni muloqotga jalb etishda turli zamonaviy pedagogik texnologilyalardan , o‘yinlardan foydalanish yahshi natija beradi .

Xulosa
Shunday qilib , maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni muloqot xususiyatlarini rivojlantirish yo‘llari muammosi bo‘yicha olib bogan tadqiqot ishimizda xulosa qilib quyidagilarni keltirishimiz mumkin :
1 ) Nutqning shakllanishi intellektning umumlashtiruvchi faoliyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lganligi uchun aqli zaif bolalar nutqining rivojlanishi ham bir qator turli xususiyatli buzilishlar bilan tavsiflanadi .
Aqli zaif bolalar uchun xarakterli bo‘lgan nutqning bunday tarzda rivojlanish xususiyatlarini nuqsonli bolalarning psixik faoliyatining turli tomonlarini tadqiq etish bilan shug‘ullangan pedagoglar , psixologlar , vrachlar ilmiy jihatdan asoslab berganlar .
Aqli zaif bolalar nutqidagi nuqsonlar , ya‘ni faol va passiv lug‘atning qashshoqligi , so‘zlar ahamiyatining cheklanganligi , ularni noto‘g‘ri qo‘llash , grammatik vositalarning bo‘shligi va stereotipligi , mustaqil nutqning zaifligi va boshqalar bunday toifadagi bolalar psixikasining shakllanishiga salbiy ta‘sir qilmasdan qolmaydi .
Aqli zaif bolalar uchun xos bo‘lgan nutqning umumiy rivojlanish xususiyatlaridan tashqari , ularda tovushlar talaffuzining buzilishi , duduqlanish kabi nutq kamchiliklari kuzatiladi . Aqli zaif bolalar nutqning rivojlanishi o‘rganish bilan shug‘ullangan barcha tadqiqotchilar debil darajadagi aqli zaif bolalarda intellekti birlamchi saqlanib qolgan tengdoshlariga qaraganda juda ko‘p nutq kamchiliklarining tarqalganligi kuzatish mumkin deb ko‘rsatadilar .
Tadqiqotlarning tahlili ko‘rsatishicha aqli zaif bolalarda nutqning o‘zigina emas , balki uning paydo bo‘lish zaminlari : chamalovchi harakatlar rivojlanmagan bo‘ladi , atrofga qiziqish shakllanmagan , predmetli faoliyat rivojlanmagan bo‘ladi . Bunday muhim omillarning asosida nutqning ma‘no tomoni va grammatik tizimining rivojlanishi yotadi. Bundan tashqari aqli zaif bolalarda muloqotga ehtiyoj bo‘lmaydi, va nutqgacha bo‘lgan aloqa vositalari : nutqning tovush tomonini hosil bo‘lishini ta‘minlaydigan artikulatsiya apparat va fonematik eshitish , diqqati va idroki shakllanmagan bo‘ladi .
2 ) Muammoni eksperimental o‘rganish uchun tashkil etilgan tajriba natijalariga xulosa qilib shuni aytish mumkinki , aqli zaif bolalar muloqoti bosh miyadagi organik jarohat , bilish jarayonlaridagi rivojlanishning sezilarli darajada orqada qolishi , xissiy - iroda sohasidagi o‘ziga xos o‘zgarishlar va eng asosiysi , nutqning me‘yoriy rivojlanmaganligi bilan cheklanib qoladi . Aqli zaif bolalar muloqotining xusuiyatlari ular yashayotgan muhit , bajarayotgan faoliyat jarayoni , tipologik va individual xusuiyatlari , nuqsonining harakteri , shu bilan birga nutqiy rivojlanish darajasiga ko‘ra turlicha bo‘ladi . Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning muloqot xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot mobaynida ularni diqqatini jamlashda qiyinchilik bo‘ldi .
3 ) Tadqiqotning yakuniy bosqichida shu narsa aniq bo‘ldiki , aqli zaif bolalarning muloqotini rivojlantirishda , ular bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina muammolarning hal qilinishiga zamin yaratadi . Ularning muloqotini ilk bolalik davridan boshlab rivojlantirish , maxsus ta‘lim sharoitida ular muloqotini yanada takomillashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi .
Shu sababli , aqli zaif bolalar muloqotini rivojlantirishda hozirgi kun talablariga javob bera oladigan maxsuslashtirilgan zamonaviy psixo – korreksion rivojlantiruvchi usullar tizimida samarali foydalanish masalalari muhim vazifalardan biriga aylanish zarur .
Bolalarni muloqotga jalb etishda turli zamonaviy pedagogik texnologilyalardan , o‘yinlardan foydalanish yahshi natija beradi .

Download 65.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling