Kurs ishi mavzu: Aqli zaif òquvchilar muloqotining òziga xos xususiyatlari


Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar muloqot xususiyatlarini eksperimental tekshirish metodikasi


Download 65.57 Kb.
bet7/11
Sana28.01.2023
Hajmi65.57 Kb.
#1136854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nodira (7)

2.2 Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar muloqot xususiyatlarini eksperimental tekshirish metodikasi .
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar muloqotini eksperimental tekshirishda bolaning yoshi va individual xususiyatlari inobatga olinadi. Bolalar bilan tadqiqot o‘tkazishda suhbatning ahamiyati kattadir. To‘g‘ri o‘tkazilgan suhbat bolaning rivojlanishi va uning shaxsiy xususiyatlari haqida ba‘zi tasavvurlarni beradi . Muloqot jarayonida bolaning ongida o‘quv faoliyati qanday o‘rin egallashini , o‘qishdagi qiyinchiliklarni anglay olishi , o‘z ishiga , xulqiga tanqidiy munosabatda bo‘la olishi aniqlanadi. Muloqot jarayoni natijasida boladagi neyrodinamik xususiyatlar haqida ba‘zi ma‘lumotlarni olish mumkin . Bo‘shanglik , tormozlanganlik yoki aksincha , qo‘zg‘aluvchanlik , diqqatning tarqoqligi , savol doirasida qola olmaslik bularning barchasi bolada qo‘zg‘alish yoki tormozlanishning sekinlashgan va tezlashgan reaksiyalarning ustunligini tahmin qilishga imkon beradi. Muloqot bilish faoliyatining darajasi haqida ham ba‘zi tasavvurlarni beradi . Muloqot jarayonida biz bu bosqichda bola uchun xos bo‘lgan atrof olamni aks etish darajasini aniqlaymiz . Suhbat bolaning atrofdagi predmetlar va hodisalar haqidagi tasavvurlarining to‘g‘riligini , sabab bog‘lanishlarini o‘rnatish va axamiyatini axamiyatsizdan ajratishni bilishni aniqlashga imkon yaratadi. Muloqot jarayonida bilish faoliyatining qaysi tomonlarini chuqurroq o‘rganish lozimligini aniqlashadi . Shuning uchun muloqot bolaning psixikasining alohida tomonlarini ancha chuqur va maxsus o‘rganishdagi dastlabki qadamdir . Suhbatdan alohida faoliyat turlarini tekshirishga o‘tish rejali va yetarlicha asoslangan bo‘lishi kerak. Suhbatni tugatib , eksperimental - psixologik tekshirishga asta - sekin o‘tish lozim . Bolaga ― endi mening ba‘zi topshiriqlarimni bajarasan ― yoki yanada soddaroq tarzda ― qara , menda qanday rasmlar bor ( o‘yin , shakllar ) ― deyiladi . Eksperimental – psixologik tekshirishni o‘tkazishda bolaning ishga bo‘lgan munosabati , qiziqishi borligi yoki yo‘qligi maqtov yoki tanbehga reaksiyasi va hokazolarga e‘tibor beriladi . Bu kuzatishlar bola faoliyaini tuzilishini tahlil qilish , patologik xususiyatlarni ochishga imkon yaratadi. Muloqot jarayonida bolaning xulqini va reaksiyasini sinchiklab kuzatish lozim . Bunday kuzatishlarsiz suhbat o‘rganish metodi sifatida o‘z ahamiyatini yoqotadi . Bolaning javoblarini baholash va ular asosida qandaydir bir xulosalar chiqarish katta xatoga yo‘l qo‘yishdir. Masalan bola javob berishdan bosh tortsa yoki noto‘g‘ri javob bersa har vaqt ham bu undan so‘ralayotganlarni bilmasligi haqida ishonch xosil qilmasligi kerak . Ko‘pincha bola berilgan savolga diqqat e‘tiborini yetarlicha jamlamasligi , uning tuzilishini tushunmasligini kuzatish mumkin . Shu savol boshqacha qilib ( boshqa formulirovkada ) berilsa u qiyinchilik tug‘dirmaydi . Ba‘zan , bola avval o‘tkazilgan suhbat ta‘sirida berilgan savolga yetarlicha tayyor bo‘lmasligi va uni pedagog taxminida boshqa doirada idrok etishi mumkin. Muloqot jarayonidagi bola bilan pedagogning aloqa qilish xarakteri uning shaxsi xususiyatlarni aniqlash uchun muhim ahamiyatga ega . Shunday bolalar borki , ular aloqaga qiyinchilik bilan kirishadilar , muloqot jarayonida keskin , qovog‘i soliq , bezovta, kamgap holatda bo‘ladilar , savollarga istar – istamaslik bilan javob beradilar , negativlik reaksiyalariga moyil bo‘ladilar . Boshqalari sharoitga ancha tez moslashadilar , tez jonlanadilar , ishonuvchanlik , ochiq ko‘ngillik bilan savollarga bajonidil javob beradilar. Ba‘zi bolalar muloqot jarayonida o‘zlarini mustaqil tutadilar , vaziyatga qaramaydilar , savollarga o‘ylamasdan tez , oxirigacha eshitmasdan javob beradilar ; boshqalari o‘zlarini vazmin , jiddiy tutadilar , berilgan savollarga shoshilmasdan javob beradilar . Muloqot jarayonidagi bunday kuzatishlar bolani konkret faoliyat jarayonida o‘rganishga va turli ma‘lumotlarni taxlil qilish , taqqoslashga yordam beradi. Biz aqli zaif bolalarni nazariy jihatdan taxlil qilgach Yunusobod tumanidagi 480 - MTM da ― Qaldirg‘och ― guruhidagi ― 10 ― nafar bolalarning muloqot xususiyatlarini eksperimental o‘rganish va taxlil qilish maqsadida sinov - tajribasini o‘tkazdik. Eksperiment o‘tkazish uchun bolalarga odatiy o‘yin sharoiti yaratildi . Eksperimentda ― Qaldirg‘och ― guruhidagi ― 10 ― nafar bolalar ishtirok etdilar . Tajriba uchun bolalarning yoshi va ularning individual rivojlanish xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘yinning uch turi tanlab olindi :
1 ― Mening qiziqishlarim ― mavzusi bo‘yicha intervyu :
2 ― Bo‘g‘irsoq ― ertagi bo‘yicha syujetli – rolli o‘yin
3 ― Predmetlarni ta‘riflash ― bo‘yicha ―Do‘kon ― o‘yini .
― Mening qiziqishlarim ― mavzusi bo‘yicha intervyu o‘yini bolalar uchun tabiiy o‘yin sharoitini yaratib , ularni ― Intervyu ― o‘yiniga taklif etiladi . So‘ng tekshiruvchi , intervyu oluvchi shaxs bo‘lib , bolalardan galma - gal intervyu olinadi.
Bolalarga yaxshi tanish bo‘lgan savollardan foydalaniladi . Sinaluvchilarga mavzu yuzasidan quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi :
1 Sen nima bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘rasan ? ( kitob o‘qish , o‘ynash , teleko‘rsatuvlarni tamosha qilish va hokazolar ) ?
2 Sen qanday o‘yinlarni yoqtirasan ?
3 Uyingda qanday o‘yinchoqlar bor ?
4 Sening sevimli o‘yinchog‘ing ?
5 Sen kim bilan o‘ynashni yahshi ko‘rasan ?
6 Televizorda qaysi ko‘rsatuvlarni tamosha qilishni yaxshi ko‘rasan?
7 Sen nimalar qilishni bilasan ?
8 Uy ishlarida yordam berasanmi ?
Muloqot bola xulqining kuzatish ma‘lumotlari bilan birgalikda u haqida dastlabki ma‘lumotlarni beradi . Bular asosida tekshiruvchi bolaga tekshirishni qanday darajada murakkablikdagi topshiriqlardan boshlash lozimligini aniqlab olishga yordam beradi. Muloqot bola bilan bevosita aloqa qilish xarakterida bo‘lishi lozim . Savollarning mazmuni , tartibi va tuzilishi , bolaning javoblari , uning reaksiyasiga ( masalan , hafa bo‘lish , ranjish , diqqati , sergapligi ) hamda umumiy holatiga ( bo‘shanglik , qo‘zg‘aluvchanlik , diqqatning tarqoqligi va hokazolar ) bog‘liq .
Bolalarga suhbat uchun minnatdorchilik bildiriladi .
Intervyu asosida olingan javoblar taxlil qilinadi .
Tajribaning ikkinchi qismida syujetli - rolli o‘yin turidan foydalaniladi. ― Bo‘g‘irsoq ― ertagi bo‘yicha syujetli - rolli o‘yin . Mazkur o‘yin ― Bo‘g‘irsoq ― ertagini saxnalashtirish asosida tashkil etiladi . Bolalarga ― Bo‘g‘irsoq ― ertagini sahnalashtrish taklif etiladi . Ertak bolalar bilan birgalikda og‘zaki takrorlanadi . Ertak qahramonlariga tavsif beriladi , rollar bolalarga taqsimlanadi va tekshiruvchi tomonidan kuzatiladi. Bolalar o‘z rollarini ijro etadilar .Tajribaning uchinchi qismida ― Do‘kon ― o‘yinidan foydalaniladi . Bunda bolalarni predmetlarni nomlash , ta‘riflash tufayli muloqotga kirishishga o‘rgatishdir. Bolalar o‘yinchoqlar terilgan stol yoniga o‘tiradilar . Bolalarga murojaat qilinadi : bog‘chamizning yonida yangi do‘kon ochildi , do‘konda bir qancha chiroyli o‘yinchoqlar bor . Bolalar o‘yinchoqlarni harid qilib olishlari mumkin , ammo o‘yinchoqni sotib olish uchun o‘yinchoqga to‘g‘ri ta‘rif beish kerak . Bolalarning ta‘rifiga binoan sotuvchi uni topib bolalarga sotadi. Avval o‘yin tarzi defektolog tomonidan ko‘rsatilib beriladi . Masalan, ― men o‘yinchoq olmoqchiman , u dumaloq rezinkadan yasalgan uni bolalar yahshi ko‘radilar ― . Sotuvchi oluvchiga koptok uzatadi . ― Raxmat juda chiroyli koptok ekan ― deyiladi .Defektolog koptokni olib stulga o‘tiradi . Endi sotuvchi o‘yinga qatnashuvchilardan birontasini o‘zi tanlab uning nomini aytib chaqiradi. Ismi aytilgan bola do‘kondan harid qilmoqchi bo‘lgan o‘yinchog‘ini ta‘riflaydi va hokazo . O‘yin hamma qatnashuvchilar o‘zlariga o‘yinchoq sotib olgunlarigacha davom etadi .



Download 65.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling