Kurs ishi mavzu: Baliqlarda kasallik uyg’otuvchi parazit turlarga ta’rif
Download 71.71 Kb.
|
Iskandarova Sayyora.Kurs Ishi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHI MAVZU: Baliqlarda kasallik uyg’otuvchi parazit turlarga ta’rif.
- II. ASOSIY: ……………………………………………………. 12 Baliqlarda uchraydigan ayrim kasallik turlari. 2.1.
- XULOSA …………………………………………………… FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI …… Kirish
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TABIIY FANLAR FAKULTETI ZOOLOGIYA, ODAM MORFOFIZIOLOGIYASI HAMDA UNI O`QITISH METODIKASI KAFEDRASI “5140400-Biologiya o`qitish metodikasi” bakalavr ta`lim yo`nalishi 2-V kurs studenti Iskandarova Sayyoraning ZOOLOGIYA FANIDAN KURS ISHI MAVZU: Baliqlarda kasallik uyg’otuvchi parazit turlarga ta’rif. Ilmiy boshchi: E. Sultanov Kafedra boshlig`i: U. Kudaybergenova. NUKUS-2020 MAVZU: Baliqlarda kasallik uyg’otuvchi parazit turlarga ta’rif . Mazmuni. KIRISH: …..……………………………………………….. 3 O’zbekiston baliq parazitlarining tekshirish tarixi…………………………………………. II. ASOSIY: ……………………………………………………. 12 Baliqlarda uchraydigan ayrim kasallik turlari. 2.1. Miksosporalilar (Myxxosporea) sinfi……………………………………….. 2.2. Kipriklilar (Ciliophora) yoki infuzoriyalar (Infusoria) tipi………….. So’rg’ichlilar (Trematoda) sinfi…………. Monogeniyalar (Monogenea)…………………………………………... XULOSA …………………………………………………… FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI …… Kirish: O`zbekistan Respublikasi Prezidenti Sh.Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 1-may kungi, Baliqchilik sohasi boshqarish tiziming yetishtirish ilojlari haqidagi farmoniga asoslanib O`zbekbaliq sanoat assotsiyasini tashkillashtirish , baliqchilik tarmog`ining rivojlantirish, ilmiy-izzertlash va selektsiya,baliqchilikni rivojlantirishga baliq kasalliklariga qarshi kurashish ,parazitlar tur turkumini aniqlash hozirgi kunning dolzarb masalalari. O`zbekiston Respublikasining Mustaqilligining mustahkamlanishida iqtisodiy tomondan ayniqsa oziq-ovqat mahsulotlari miqdorini oshirish ayniqsa har bir insonning oldida turgan vazifasi hisoblanadi. Baliq va baliq mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda qimmatbaho xom ashyo manbai bo`lib hisoblanadi. Shuning uchun baliq ovlanadigan ko`llar va boshqa suv havzalaridan unumli, to`g`ri foydalanish katta ahamiyatga ega. Orol muammosi bizning sayyoramizdagi eng dolzarb ekologik muammolarning biri. Dengiz sathining 20 metrdan ortiq pasayishi va uning suvining tuzlanishi 100 ‰ (promildan) oshib ketishi, dengiz sathidan 3 millondan ortiq gektar yer suvdan ochilib sho`r tuz aralash, dengiz qum cho`listoniga aynalishi, bizning tabiiy muhitimizga, iqtisodimizga, ijtimoiy turmishimizga zarar qilmoqda. Dengizdan bo`shagan keng miqdordagi tuzlardan shamol yordamida ko`tarilib ekin maydonlarga o`tloq erlarga tarqalmoqda. Shu bilan bir qatorda erni tuzli suv bilan sug`orishning natijasida ekin maydonlari tuz bilan to`yinmoqda. Bu hodisalarning barchasi Qoraqalpog`iston genofondiga yomon ta`sir qilib, florasi bilan faunasining kamayishiga olib keldi. Amudaryo suvining kamayishi natijasida del`tada baliqchilikni rivojlantirishga o`zining salbiy ta`sirini ko`rsatmoqda. Bir qancha tur baliqlar yo`q bo`lib ketdi, bir qanchasining soni kamaydi. Xalqimiz uchun baliqchilikning ahamiyati juda katta. Baliqning go`shtidan odamga kerakli oziq-ovqatning bir necha turi olinadi. Ayniqsa baliq yog`i tibbiyotda keng qo`llanilib, bemor odamlarga dori sifatida ishlatiladi. Qancha ekologik qiyin sharoit bo`lishiga qaramasdan baliqchilikni rivojlantirish uchun Qoraqalpog`istonning suv havzalari, ko`l, daryo, kollektor, hovuz xo`jaligini tashkil qilishga va uning tabiyati, iqlim holatlari boshqa respublikalarga qaraganda juda qulayli bo`lib hisoblanadi. Baliq mahsulotlarining miqdorini va sifatini oshirishda baliqchilikning hozirgi zamon texnologiyasini ishlab chiqish bilan birga baliqlardagi har xil parazitlarning biologik va ekologik o`zgachaliklarini tadqiq qilish orqali ular bilan ijobiy kurashish yo`llarini ishlab chiqish bugungi kunning eng muhim vazifalarining biri bo`lib hisoblanadi. Baliqchilik xo`jaliklaridagi unumdorlikning 10-30 % har xil baliq kasalliklari sababli yo`qoldi. Shuningdek parazitlar haqidagi ma`lumotlar akklimatizatsiya ishlarida yanada zarur bo`ladi. Baliqlarni bir erdan ikkinchi erga ko`chirganda parazitologik omillar hisobga olinmasa, u yaxshi natijalarga olib kelmaydi. Amudaryo daryosidagi baliq va undagi parazitlarni o`rganish maqsadida biz quyidagi vazifalarni oldimizga qo`ydik. 1. Asosan ovlanadigan mahalliy va akklimatizatsiya qilingan baliqlarning morfologiyasini, parazitlar faunasini o`rganish. 2. Asosiy tur baliqlarning biologiyasini, antropogen omillar ta`sirida degradatsiya bo`layotgan oraliqdagi baliq parazitlari faunasining o`zgarishini tadqiq qilish. Markaziy Osiyo hududi baliqlari haqida birinchi ma`lumotlar XIX asrning oxiri – XX asrning boshlariga to`g`ri keladi. Bu vaqtdagi ilmiy ishlar baliqlar faunasiga atalgan, ya`ni ularning biologiyasi, ekologiyasi, tarqalishiga va baliqlarning oziqlanishi bo`yicha ma`lumotlar birinchi marta keltirilgan. Bu hududning ixtiofaunasi (Kecler 1872, Berg 1905, 1908) ilk marta tadqiq qilingan. Tadqiqotchilarni Orol dengizi va uning atrofi o`zining unikal` ixtiofaunasi jalb qiladi. Dastlab baliqlarning turi, tarkibi, morfologiyasi tadqiq qilinadi. (Nikol`skiy, Pankratova, Yagudin 1933 yil, Pankratova 1935 yil, Filatov, Duplakov 1926 yil, Gladkov 1936 yil, Nikol`skiy 1940 yil, Berg 1948- 1949 yil, Markun 1933-1935). G.U.Lindberg (1933, 1947 yillarda) va V.Ya.Pankratovaning (1935) asarlarida baliqlarning Markaziy Osiyoda va Orol dengizida ovqatlanishi bo`yicha ma`lumotlar keltiriladi. Lindbergning ma`lumotlarida shu davrda dolzarb bo`lgan malariyaga qarshi kurashda nasekoma bilan oziqlanuvchi baliqlarga atalgan. Ayniqsa baliqlarning ovqatlanishi bo`yicha G.V.Nikol`skiyning (1938, 1940, 1947, 1953) fundamental` ma`lumotlari diqqatga loyiq. Bu ma`lumotlar bilan u baliqlarning oziqlanishi tadqiqot muammosining yangi bosqichini ochdi, ya`ni har xil baliqlarning ovqatlish qonuniyatlariga asos soldi. 1950-1980 yillarda O`zbekiston hududidagi har xil suv omborlari baliqlarning morfologiyasi, biologiyasi bo`yicha bir qator ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. Bunday muammolarni echish uchun O`zbekiston Fanlar Akademiyasi zoologiya institutining gidrobiologiya va ixtiologiya laboratoriyasi ilmiy xodimlari, O`zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog`iston bo`limi bioekologiya instituti va Qoraqalpoq davlat universiteti va Ajiniyoz nomidagi NDPI olimlari katta hissasini qo`shdi.Bu tadqiqotlarning natijalari quyidagilardan iborat. 6 Birinchidan: Bu regiondagi suv havzalari baliqlarining ozuqa bazasi bo`yicha, o`larning baliqlar tomonidan foydalanish xollari bo`yicha birinchi ma`lumotlar hisoblanadi. Ikkinchidan: tadqiqotlar yakuni natijasida bir qator suv havzalarining ozuqa bazasini boyitish uchun umirtqasiz hayvonlarni moslashtirish uchun tavsiyalar berilgan va yangi turlar bilan boyitilgan. Uchinchidan: yangi moslashtirilgan baliq turlarining ovqatlanishi va ozuqa organizmlarning oziq tarkibida tutgan o`rnini aniqlash uchun tadqiqot ishlari olib borildi. Jumladan, takidlab o`tilgan tadqiqot ishlarining natijalarini (U.A.Baymovning, 1961, 1962, 1963 yillar, 1964 yil Bikovning, 1964 yil R.Tleuovning, 1964 yil U.Daribaevning ilmiy mehnatlarida ko`rishimizga bo`ladi. 1948-1961 yillari Orol dengiziga baliqlar moslashtirildi va ular bilan birga to`satdan sevryuga, salaka, kefal`, olti tur buzoqbosh baliq, aterinalar kelip tushdi, ovqatliq umirtkasizlardan krevetki, mizid, nereyslar olib kelindi. Shulardan kefal`dan boshqa barcha turlar Orol dengiziga yaxshi ko`nliga boshladi. U.A.Baymov (1964) va U.Daribaev (1965) bu to`satdan moslashtirilgan ovlov ahamiyati yo`q bichoklar va aterina, Orol dengizining qo`ltiqlarida zooplanktonlar bilan ovqatlanib maxalliy sazan, oq baliq va hakazo baliqlarga raqobat bo`lib shu o`rtalikning ozuqa ba`zasiga o`z ta`sirini o`tkazadi. Biroq, bu ovlash ahamiyatiga ega bo`lmagan mayda baliqlar ikkinchi tarafdan ovlash ahamiyatiga ega yirtqich (sila, cho`rtan, laqqa) baliqlarning ozuqa zanjiriga kirdi. Orol dengizi suvining kamayishi suv rejimi o`zgarib, u baliqlar dunyosiga, ularning ozuqa organizmlariga o`zining teskari ta`sirini tekkizdi, natijada keyingi yillarda ozgina trofologik ma`lumotlar yaratilgan. Unda har xil yoshdagi, o`lchamdagi baliqlarning mavsumga xos ozuqa spektrining o`zgarishlari, ozuqaning turi, tarkibi, ozuqa komponentlarining vazni va ularning uchrashuvi haqida so`z qilingan. (1974 yil Tleuov,Erekeev, Adenbaev; 7 1975 yil Adenbaev Bekbergenov, Embergenov; 1978 yil Bekbergenov; 1974 yil Shamshetov, Sagitov; 1983 yil Bekbergenov, Sagitov; 1995 yil Qoщanov, Tleuov, Saparov; 1999 yil Qoщanov, Saparov; 2001 yil Qoshanov, Xegay). Amudaryoda ovlash ahamiyatiga ega bo`lgan baliqlardan suen, chexon`, sila, oq baliq, marqa, tabanlarning ozuqa spektiri keng, sababi ular hayvon va o`simlik ozuqalari bilan oziqlanadi. Bu omil daryoda ozuqa bazasining past ekanligidan darak beradi. (Bekbergenov, Sagitov 1984 yil). Orol va Amudaryo havzasidagi baliq parazitlari to`g`risida birinchi ma`lumotlar Orol dengiziga tegishli (Fedchenko 1874 yil, Berg 1908 yil) Orol dengizida 30 yillarning o`rtasida professor Spichakov boshchiligida 33- gel`mintologik ekspeditsiyalar olib borgan. Ularning xulosasi bo`yicha T.A.Krepkogorskayaning (1927 yil) «Orol dengizidagi nematodlar faunasi» nomli ilmiy maqola nashrdan chiqadi. 1930 yil Leningrad universitetining professori V.A.Dogel` rahbarlik qilgan parazitologik ekspeditsiya Orol dengizida tadqiqot ishlarini olib bordi, uning tarkibida akademik B.E.Bixovskiy va professor A.S.Luttalar bo`ldi. Bu ekspeditsiyaning ma`lumotlari bo`yicha B.E.Bixovskiy (1930-1931) ikki maqola, akademik A.P.Markevich (1930) bir maqola nashr qildi. Ekspeditsiyaning asosiy materiallari V.A.Dogel`, B.Bixovskiylarning «Orol dengizining baliq parazitlar faunasi» (1934 yil) nomli katta monografiyasida bayon etilgan. Bu ish o`zining ahmiyatini bugungi kungacha o`z kuchini yo`qotgani yo`q. Orol havzasidagi baliqlarning parazitlarini tadqiq qilish 1951 yildan boshlanadi. Bu tadqiqotlar O`zbekistan Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog`iston bo`limiga qarashla Bioekologiya institutining parazitologiya lobaratoriyasi xodimlari tomonidan olib borildi. Bu labaratoriya 1957 yili biologiya fanlari doktori S.O.Osmanov tomonidan tashkil qilinadi. Labaratoriya 40 yil davomida har xil nomdagi ilmiy tadqiqot institutlari tarkibida bo`lib keldi. S.O.Osmanov O`zbekistondagi 8 ixtioparazitologik tadqiqotlarga ilmiy rahbarlik qilgan olimlarning biri. 1982 yildan boshlab uning shogirdlari bu tadqiqotlarni davom qilib kelmoqda. 1954-1956 yillarda S.O.Osmanov Orol dengizi baliqlarini tadqiq qilib, ularning parazitlari haqidagi dastlabki ma`lumotlarni to`liqtirib parazitlarning tur sanini 75ga etkazadi. K.Ubaydullaev (1969 yil) tortada 21 ta, oq baliqda 19 ta, sazanda 28 tur parazitni topdi. B.Bixovskiy (1936 yil), I.E.Bixovskaya (1936 yil), A.P.Markevichlar (1936) Chu daryosining 18 tur balig`idan 36 tur parazitni aniqladi, ularning 10 tasi fanga yangi bo`lib chiqdi. Amudaryo va uning tarmoqlaridagi baliqlarning ayrim parazitlari to`g`risida dastlabki ma`lumotlar V.L.Yakimov (1917-1923 yillar), G.V.Nikol`skiy (1940 yil), K.I.Skryabin (1940 yil), V.G.Ostroumov (1949 yil), V.N.Kazantsevlar (1949 yil) ning ma`lumotlarida berilgan. Varzob, Lyuchob, Kafirnigan va Vaxsh daryolaridagi baliqlarning oddiy parazitlarini S.A.Rostovщikov (1952 yil) tadqiq qilgan. U topgan 15 tur parazitning ko`pchiligi fanga yangidan kiritildi. S.O.Osmanov (1971 yil) o`z shogirdlari Ubaydullaev (1969 yil), Urazbaev (1973 yil), Yusupov (1980) bilan birgalikda Amudaryo, Vaxsh, Zarafshan, Sirdaryo, Chirchiq, daryolarining har xil uchastkalaridagi baliqlarning parazitlarini tadqiq qiladi. Turkmanistondagi Uzboy ko`llari A.X.Axmerov (1960 yil), Qoraqum kanali va uning bo`yidagi ko`llarni B.Babaev (1966 yil) tadqiq qildi. Vaxsh daryosi bo`yidagi Nurek suv ombori va ko`llarini U.D.Jalilov (1966 yil), N.G.Gavrilovalar (1965 yil) tadqiq qilib, uning hulosalari bo`yicha bir necha ilmiy maqolalarni nashr qildi. Surxondaryo va Janubiy Surxon suv ombori baliqlarining parazitlarini S.O.Osmanov (1971 yil) va B.Allamuratovlar (1966 yil) tadqiqot ishlarini olibbordilar. Ular baliqlardan parazitlarning ko`p yangi turlarini aniqladilar. B.Allamuratov parazitlarning yangi turga turkumlarin (Markeshits chiana) ochdi. S.O.Osmanov (1971 yil) Amudaryo havzasi uchun 202 tur parazit ko`rsatdi. Zarafshon daryosidan E.N.Pavlovskiy va N.N.Anichkovlar (1923 yil) 9 baliqdan parazitning yangi turini aniqladi. Zarafshon daryosiga tegishli suv saqlagichlar bo`yicha parazitalogik ma`lumotlar S.O.Osmanov, B.Allamuratov, G.Shmelevlarning (1962 yil) ilmiy ishlarida berilgan. Yu.A.Perevezenseva (1945 yil), S.O.Osmanov (1971 yil), M.P.Kuz`menko (1945 yil), A.I.Agapova (1945 yil), M.N.Kolesnikovalar (1965 yil) Sirdaryo baliqlarining parazitlari to`g`risida ko`p ma`lumotlarni ma`lum qiladi. Baliq parazitlari o`z rivojlanishining ayrim bosqichlarini mollyuskalarda, eshkak oyoqli va tirikchiligi suvga bog`liq bo`lgan qushlarda o`tadi. Shuning uchun ularni parazitologik tarafdan o`rganish barcha gel`mintlarining biologik o`zgachaliklarini o`rganishda katta ahamiyatga ega. Janubiy Orol mollyuskalaridagi trematodalarning lichinkalarini E.Aristanov (1986) qisqichbasimonlar tipidagi lichinkalarni T.Allaniyazova (1978 yil) tadqiq qildi, A.To`remuratov bo`lsa (1965 yil) suv qushlarining gel`mentlarini o`rgandi. O`zbekiston suv havzalaridagi baliq parazitlarini ko`p yillar davomida o`rganishning yakunlari S.O.Osmanovning «O`zbekiston hovuz baliqlarining parazitlari» (1915 yil), «O`zbekiston baliq parazitlari» (1971 yil) S.O.Osmanov, E.Aristanov, K.Ubaydullaev, O.Yusupovlarning «Orol dengizining parazitologik masalalari» (1976 yil) S.O.Osmanov, A.Urazbaev, e.Aristanov, O.Yusupovlarning «Amudaryo quyi qismidagi baliq va umirtqasizlarning parazitlari» (1980 yil) E.Aristanov «Janubiy Orol mollyuskalaridagi trematoda lichinkalari faunasi» (1986 yil) nomli kitablarida to`liq ma`lumotlar berilgan. Markaziy Osiyo baliqlarining oddiy parazitlari professor B.Allamuratov (1995 yil) tomonidan o`rganildi. Hozirgi vaqtda O`zbekiston va Qoraqalpog`iston biologlari bilan bir qatorda ixtioparazitologlar ham Orol dengizi suvining kamayishi sababli suv ekosistemasidagi shakllanayotgan biologik qonunlarni tadqiq qilishni davom etmoqda va ularning natijalari bo`yicha ilmiy maqolalarni nashr qilmoqda. Orol dengizi baliqlarining parazitofaunasi bilan K.Ubaydullaev (1961, 1964,1966) shug`ullanib, Amudaryoning quyi qismida va qirg`oqlarida lesh chavoqlarida 9 tur, sudak 28 tur parazitlarni aniqlandi. Ko`ksuvdan 2 tur parazit aniqlangan. Orol dengizidagi sudak balig`ida birinchi, Chllodonella cyprinid, Qoraqo`ltiqdan va Abaz qultig`ida Tripartiella cyprinid lar aniqlangan. Orolda Dogel` va Bixovskining 1934 yil boshlagan ishining davomini quyidagi ma`lumotlar ko`rsatadi. B.E.Bixovskaya-Pavlovskaya (1936) aniqlangan endoparazitlar A.P.Markedichning (1936) qisqichbaqasimon parazitlarning 18 turini Chu daryosida 39 tur parazit aniqlangan. Shularning 10 turi jag`lilar bo`lib hisoblanadi. Fan uchun yangi urug` Dogilius, D.farceps, turi aniqlangan. Bu ishlar O`rta Osiyo daryo baliqlari ekologofaunistikasini aniqlashning debochasi bo`ldi. V.L.Yakimovning ishlarida (1971, 1923) Amudaryo baliqlari parazitofaunasi haqida birinchi ma`lumotlar keltirilgan. V.L.Yakimov laqqa balig`ida qon parazitlarini Cryptobianinae kohe-yakimovi qon plazmasida va Haemogrearina turkestanica (eritrotsitda) aniqlangan. Ostroluchka balig`idan Dogel` va B.Bixovskiy (1934) Amudaryo del`tasidagi Jchthyophthirius multifiliis, Diplozoon paradoxum 1, Diplostomun spathaceum, Posthodiplostomum curicola 2, Rhipidocotyle illense, Ergasilus sieboldi larni aniqlagan. Daryo quyi oqimi ko`llaridan G.V.Nikol`skiy (1940) Lugulaintestinalis aniqladi. K.N.Skryabin (1946) Amudaryoning o`rta oqimida (Charjau) Orol sueni va Amudaryo arratumshig`idan nematodaning yangi turini Rhabdochona gneoini aniqladi. V.T.Ostroumov (1949) Vaxsh daryosida katta Amudaryo arratumshig`idan qon paraziti Cruptobia pseudoscaphirhynchi ni, B.N.Kazantsev (1949) Xalqako`l va Vaxsh daryosidagi Turkiston irmog`idagi gambuziyadan parazit chayon Legnaea cynglnaa ni aniqlagan. O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligiga erishgandan keyin birinchi prezidentimiz I.A.Karimov respublikaning strategiyalik programmasining muvofiq xalqimizning moddiylik, ijtimoiylik vaziyati yaxshilanmoqda va sog’liqni yaxshilash bo’yicha harakatlar qilinmoqda. Parazitlar boshqa tirik mavjudotlar yoki xo’jayinlarining ichida, ustida yashaydi, shularning hisobidan ovqatlanadi va ular bilan parazitlik- xo’jayinlik munosabatda bo’lib, ularga har turli darajada bo’ladigan zararli ta’sirini ko’rsatib ularning to’qimalarini va suyuqliklari bilan oziqlanadi. Ixtioparazitologiya-barcha turdagi parazitlar va ular keltirib chiqaradigan kasalliklarni va shuningdek bu kasalliklarga qarshi kurashish va uni qanday oldini olish haqida o’qitishdir. Ixtioparazitologiya fani organizm bilan tashqi oraliqning ajralmas bir butunligini saqlagan holda, hayvon bilan odam organizmlarining parazitlar kasalliklaridan to’liq tozalashni maqsad etadi. Download 71.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling