Kurs ishi mavzu: Bo'g'imoyoqlilar(arthropoda) tipining sistematikasi Bajardi: Qabul qildi: Samarqand 2020 Mundarija


Download 0.59 Mb.
bet2/13
Sana14.11.2021
Hajmi0.59 Mb.
#174022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Usanov Abdujabbor Farxodovich

I.Kirish
II. Asosiy qism.

2.1 Bo'g'imoyoqlilar (Arthropoda ) tipi umumiy tavsifi.

2.2 Qisqichbaqasimonlar (Crustacea) sinfi

2.3 Hasharotlarning turkumlari.

2.4 Qisqichbaqasimonlarning xilma-xilligi.

2.5 Yuksak qisqichbaqasimonlar (Malacostraca) kenja sinfi.


III. Xulosa.
IV. Foydalanadigan adabiyotlar.
Kirish

Bo‘g‘imoyoqlilar tipi nihoyatda xilma-xil tuzilgan va har xil muhitga moslashgan 2,0 mln. turdan ortiq umurtqasizni o‘z ichiga oladi. Ular turlarining xilma xilligi jihatidan boshqa hamma hayvonlarni birga qo‘shib hisoblanganda ham bir necha marta ustun turadi. Ular tanasi xitin kutikula bilan qoplangan. Ko‘pchilik hayvonlar kutikulasiga ko‘p miqdorda ohak shimilishi natijasida juda qattiqdashadi. Kutikula hayvonlar tanasini kimyoviy va mexanik ta′sirdan himoya qiladi; organlar uchun tashqi tayanch skelet funksuiyasini o‘taydi.

Bo‘g‘imoyoqlilarning tanasi va oyoqlari bo‘g‘imlarga bo‘lingan. Bo‘g‘imlarning tuzilishi va o‘lchami har xil - geteronom bo‘ladi. Kutikula har bo‘imda to‘rttadan plastinka - skleritlarni hosil qiladi. Orqa plastinka- tergit, ikki yon plastinkalar -plevrit va ostki qorin plastinkasi- sternit deyiladi. Kutikula qalin va qattiq bo‘lib, hayvonlarni erkin harakatlanishi va o‘sishiga to‘sqinlik qiladi. Skleritlar va bo‘g‘imlar o‘zaro juda yupqa va pishiq egiluvchan parda yordamida tutashgan. Bo‘g‘imoyoqlilar oyoqlari halqali chuvalchanglar parapodiylaridan kelib chiqqan. Oyoqlarning bo‘g‘imlarga bo‘linganligi va tanaga harakatchan birikkanligi tufayli bo‘g‘imoyoqlilar xilma xil va murakkab harakatlar qila oladi.

Bo‘g‘imoyoqlilarning tanasi bosh, ko‘krak va qorin bo‘limiga bo‘linadi. Evolyutsiya jarayonida tana bo‘limlarining o‘zaro qo‘shilib ketishi va ular sonining tobora kamayib borishi kuzatiladi. Bosh bo‘limi akrondan va to‘rtta tana bo‘g‘imidan kelib chiqqan. Boshida sezgi va og‘iz organlari joylashgan. Boshining birinchi bo‘g‘imi akron halqali chuvalchanglar prostomiumiga, boshqa to‘rtta bo‘g‘imi tana bo‘g‘imlariga mos keladi. Ko‘krak 3-8 bo‘g‘imdan iborat; unda yurish oyoqlari va qanotlari (hasharotlarda) joylashgan.

Bo‘g‘imoyoqlilarning to‘p bo‘lib joylashgan ko‘ndalang targ‘il muskullari halqalilar teri- muskul xaltasi devori va silliq muskullaridan keskin farq qiladi. Ularning embrional rivojlanishida dastlab selom shakllana boshlaydi. Lekin bu jarayon tugallanmay selom devori yemirilib, selom birlamchi tana bo‘shlig‘i qoldig‘i bilan qo‘shilib ketib, aralash tana bo‘shlig‘i-miksotsel shakllanadi. Qon aylanish sistemasi ochiq bo‘lib, tanasining orqa tomonida joylashgan uzunchoq yoki pufakka o‘xshash yurakdan boshlanadi. Qon yurakka klapanli teshiklar - ostiylar orqali o‘tib, bevosita yoki bir necha tomirlari (arteriyalar) orqali tana bo‘ shlig‘iga chiqib ketadi. Qoni tana suyuqligi bilan aralashib ketgan. Shuning uchun uni gemolimfa deb ataladi.

Nafas olish organlari-jabra, o‘pka yoki traxeyalar. Jabralar-birlamchi suvda yashovchi bo‘g‘imoyoqlilar, traxeya va o‘pkalar-quruqlik bo‘g‘imoyoqlilari uchun xos organlar. Suv bo‘g‘imoyoqlilarining ayirish organlari halqalilar metanefridiylari o‘zgarishidan hosil bo‘lgan bir juft naysimon koksal bezlardan iborat. Quruqlik bo‘g‘imoyoqlilarida malpigi naychilari rivojlangan. Naychalar keyingi ichakning oldingi qismiga ochiladi.

Nerv sistemasi halqali chuvalchanglarga o‘xshash tuzilgan bo‘lib, bir juft bosh nerv tugunlari, ya‘ni bosh miya, halqumni aylanib o‘tuvchi nerv tomiri—qonnektiva va qorin nerv zanjiridan iborat. Odatda bosh miya prototserebrum, deytotserebrum, tritotserebrum bo‘limlarga bo‘linadi. Bo‘g‘imoyoqlilar boshqa umurtqasiz hayvonlardan nerv sistemasi va sezgi organlarining ancha murakkab tuzilganligi va murakkab turq-atvori bilan farq qiladi. Ko‘zlari bitta linzali oddiy va ko‘p linzali murakkab, ya‘ni fasetkali bo‘ lishi mumkin. Ularda ovoz chiqarish, eshitish, hid bilish, muvozanat saqlash va tuyg‘u organlari rivojlangan. Bo‘g‘imoyoqlilar juda xilma-xil va murakkab reflekslar hosil qiladi. Ularda ko‘payish va nasli to‘g‘risida g‘amxo‘ rlik qilish bilan bog‘liq bo‘lgan juda murakkab shartsiz tug‘ma reflekslar ham rivojlangan. Oliy bo‘g‘imoyoqlilarning hayoti davomida turli xiol shartli reflekslar ko‘nikmalar ham oson hosil bo‘ladi.

Ko‘pchilik turlarida bosh bilan ko‘ krak qo‘shilib, yaxlit boshko‘krakni hosil qiladi. Boshi halqali chuvalchanglarning prostomiumiga mos keladigan akrondan va to‘rtta tana bo‘g‘imidan tashkil topgan bo‘lib, 5 juft o‘simtalarga ega. Ularning birinchi jufti bir shoxli, ba‘zan ikki shoxli kalta mo‘ ylovlar-antennulalar halqali chuvalchanglarning palpalariga mos keladi. Ikkinchi juft moylovlar-antennalar halqalilarning birinchi tana bo‘g‘imi parapodiylaridan hosil bo‘ladi. Antennalar bir shoxli, ba‘zan ikki shoxli bo‘lib, sezgi yoki harakatlanish (dafniya) funksiyasini bajaradi. Boshning 2, 3 va 4- bo‘g‘imlari o‘simtalari halqali chuvalchanglarning parapodiylaridan kelib chiqqan bo‘lib, bir juft yuqori jag‘lar - mandibulalar, ikki juft pastki jag‘lar - birinchi va ikkinchi juft maksillalardan iboat. Mandibulalar oziqni maydalash uchun xizmat qiladi. Maxsillalar odatda yupqa va noziq bargchalarga o‘xshash o‘simtalardan iborat. Ularning shoxchalari yo‘qolib ketgan, protopodit bo‘g‘imlarida chaynash o‘simtalari bo‘ladi.

Kaltadumlilar, ya’ni krablar (Brachyura) bo’limi turlarining qorni juda kichik, ko‘kragi ostiga, moylovlari kalta, boshko‘krak qalqoni keng bo‘ladi. Asosan dengizda hayot kechiradi. Uzoq Sharq dengizlarida tarqalgan yapon krabi tanasi uzunligi 3 m ga yetadi. Ular orasida ayrim turlari chuchuk suvlarda yashaydi.

O‘noyoqlilar oziq-ovqat sifatida muhim amaliy ahamiyatga ega. Daryo qisqichbaqalari, omarlar, langustlar, krevetkalar va krablar ovlanadi. Dunyo boyicha har yili 1 mln tonnaga yaqin qisqichbaqalar ovlanadi. Faqat ovlanadigan krevetkalar miqdori bir yilda 700 ming tonnani tashkil etadi.




Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling