Kurs ishi mavzu: Boshlangʻich sinf oʻquvchilari jamoasini shakillantirish xususiyatlari
II Bosh sinf oʻquvchilar jamoasini oʻrganishning namunaviy dasturi
Download 72.95 Kb.
|
Kurs ishi
II Bosh sinf oʻquvchilar jamoasini oʻrganishning namunaviy dasturi
Jamoa anʼanalari Jamoa va jamoa orqali tarbiyalash tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tamoyillardan biridir. Jamoada uning a’zolari o‘rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanishini ta’minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo‘lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning yetarli darajada uyushgan har qanday guruhidan ajratib turadi.«Jamoa» so‘zi lotincha «kollektivus» so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig'ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh ma’nolarini anglatadi. Jamoa va uni shakllantirish pedagogik faoliyatning maqsadi hisoblanadi. Namuna ko‘rsatish uni shakllantirish vositasi boʼlib, uning yordamida jamoaning barcha yoki har bir a ’zosini tarbiyalash yaxshi samara beradi. Umumiy o‘rta ta'lim hamda yangi turdagi ta’lim muassasalarida jamoani shakllantii ish mas’uliyatli vazifa sanaladi. Maktab jamoasi tarkibida eng barqaror bo‘g‘in - sinfiar jamoalari sanaladi. Sinf jamoasi doirasida o'quvchilar o'rtasida mustahkam shaxslararo aloqa va munosabatlar tarkib topadi. Bu bilan sinf jamoasi o‘z negizida maktab jamoasining shakllanishi uchun o‘ziga xos poydevor vazifasini bajaradi. Maktab jamoasi tarkibida o'quvchilar jamoasi bu - ijtimoiy ahamiyatli faoliyatni tashkil etish, shuningdek, umumiy saylov organlari va umumiy javobgarlik, barcha a’zolarning huquq va burchlari tengligi asosidagi o‘zaro birlikka ega o‘quvchilar guruhidir. O'quvchilar jamoasi pedagog-tarbiyachilar hamda bolalardan iborat. Jamoaning shakllanish bosqichlarini belgilash shartli hisoblanadi, chunki jamoaning bosqichlari chegara yoki oraliqqa ega emas. Shunga qaramay, pedagogik nuqtai nazardan jamoaning shakllanish bosqichlariga ajratish juda muhimdir. Bolalar jamoasi rivojlanishning birinchi bosqichi. Mazkur bosqichda talab faqat pedagoglar tomonidan qo‘yiladi. Bu jamoa rivojlanishining boshlang‘ich nuqtasidir. Ushbu davrdagi jamoa hali tarbiyalovchi jamoa bo‘lmay, balki tashkil etuvchi birlik (sinf, guruh) sanaladi. Jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi. Ushbu bosqich jamoa faollarining pedagog talablarini qo‘llab-quvvatlashi hamda o‘z navbatida uning o‘zi bu talablarni jamoa a’zolari zimmasiga qo‘yishi bilan tavsiflanadi. Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichi jamoa faoliyatida anchagina sermahsul hisoblanadi. A.S.Makarenkoning aniqlashicha, bu davrda butun jamoa «ayrim o‘zini chetga olib qoluvchi, injiq shaxs»larga talab qo‘ya boshlaydi.Jamoa hayotidagi uchinchi bosqich, ijtimoiy fikr mavjudligi bilan ifodalanadi. Jamoa rivojlanishining to‘rtinchi bosqichi. Bu bosqich uchinchi bosqichning bevosita davomi boiib, uning barcha a’zolari jamoa oldida turgan talablar asosida o‘z-o‘zlariga talablar qo‘ya olishlari bilan Xulosa qilib aytganda boshlangʻich sinf oʻquvchilariga taʼlim berish jarayonida jamoaning oʼrni muhimdir. Baʼzi bolalar yakka holda rivojlansa, baʼzilari jamoada yuksaladi. Pedagoglar buni oʼz vaqtida aniqlab oʼquvchilarni oʼzlari uchun qulay va foydali boʼlgan jamoaga biriktirishlari maqsadga muvofiq boʼladi. Komil insonni shakllanirish masalasi barcha davrda xam muxim ijtimoiy vazifa sifatida kun tartibiga kuyilgan. Xususan, zardushtiylik dinida komillikning asosi ezgu fikr, ezgu suz va ezgu amal (xarakat)dan iborat ekanligi taʼkidlansa, islom taʼlimoti goyalariga kura yetuklikning bosh mezoni – ilmlilik, bilimli bulishdir. Shark mutafakkirlarining asarlarida xam komil inson kiyofasining yoritilishiga aloxida axamiyat berilgan. Xususan, Аbu Nasr Forobiy komil insonni shakllantirish va fozil jamoa (etuk jamiyat)ni shakllantirish tarbiyaning bir butun, yaxlit ikki yunalishi ekanligiga urgu beradi. Аllomaning fikricha, fozil jamiyat komil inson saʼyi-xarakati bilan barpo etilishi mumkin. Shu bois mamlakatni boshkaruvchi shaxs uzida eng oliy insoniy fazilatlarni mujassam eta olishi zarur, deb xisoblaydi. «Аkl tugrisidagi» risolasida Аbu Nasr Forobiy raxbar shaxs kiyofasida namoyon bulishi lozim bulgan un ikki fazilatni keltirib utadi. Bizning fikrimizcha, mazkur fazilatlar xar bir zamonaviy shaxsda uz aksini topa olishi kerak, zero, ular inson xayotini muʼtadil kechishi xamda muayyan kasbiy faoliyatlarni tashkil etishda muvaffakiyatlarga erishishni kafolatlaydi. Аbu Rayxon Beruniy xam komillikning asosini ilmli bulishda deb xisoblaydi va barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikdir, deya urgu beradi. Аllomaning fikricha, axlokiylik, tugrilik, odillik, tadbirkorlik, uzini vazmin tutish, kamtarlik, insof, extiyotkorlik, shuningdek, aadolatli va vijdonli bulish komil inson kiyofasida aks etishi zarur bulgan eng asosiy sifatlardir. Аbu Аli ibn Sino xam kamolotga erishishning birinchi mezon sifatida bilimli bulishni aloxida kayd etadi. Bilimli insonning adolatli bulishi esa uning yanada yuksalishini taʼminlaydi, deya baxolab alloma, adolatni ruxiy lazzat (ruxiy xotirjamlik)ning muxim kursatkichi ekanligini uktiradi. Аlisher Navoiy asarlarida komil inson muammosi markaziy urinni egallaydi va uz orzusidagi komil inson shaxsini asarlarining kaxramonlari timsolida gavdalantirishga urinadi. Mutafakkir karashlarida komil inson kuyidagi sifatlarga ega bulishi borasidagi goya ilgari suriladi: aklli, axlokli, bilimli, ijodkor, kobiliyatli, dono, kamtar, insonparvar, saxovatli, sabr-kanoatli, adolatli, muruvvatli, soglom, jismonan bakuvvat, mard va jasur1. Аbdulla Аvloniy komil insonni tarbiyalash borasidagi karashlari bilan Shark mutafakkirlarining fikrlarini boyitar ekan, komil inson kiyofasida, yana shuningdek, vatanparvarlik, xamda intizomlilik sifatlari xam namoyon bulishi kerak, deb xisoblaydi. Аlloma millat takdirining jonkuyari sifatida milliy til tarakkiyoti jamiyat maʼnaviy rivojini taʼminlovchi asosiy omil, deya baxolaydi. Shaxsning jamoada karor topishi. Shaxs psixologik jixatdan tarakkiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-xarakatlari bilan boshkalardan ajralib turuvchi muayyan jamiyat aʼzosi bulib, uning shakllanishi ijtimoiy munosabatlar jarayonida kechadi. Mazkur jarayonda katnashish asosida u jamiyat tomonidan tan olingan maʼnaviy-axlokiy, shuningdek, xukukiy meʼyorlar moxiyatini uzlashtiradi. Jamiyatning aʼzosi sifatida uning ijtimoiy va iktisodiy tarakkiyotini taʼminlovchi mexnat faoliyatini yulga kuyadi. Shuningdek, shaxsiy extiyojlari, manfaatlarini kondirish yulida xam atrofdagilar bilan munosabatga kirishadi. Shaxs ijtimoiy muxitdan uzilgan xolda mavjud bula olmaydi. Buning misoli sifatida R.Kipling tomonidan yaratilgan asardagi Mauglini keltirish mumkin. Garchi, inson bolasi bulsada, ijtimoiy munosabatlar jarayonida ishtirok etish kunikma va malakalari shakllanmaganligi bois odamlar xayotiga moslasha olmaydi. Bola yoshligidan uyin, mexnat va ukish faoliyatlarini tengdoshlari bilan birgalikda tashkil etish asosida ijtimoiy muxitga moslasha boradi. Ijtimoiy muxit bolaga borlikni anglash uchungina emas, balki uzligini anglash uchun xam imkoniyat yaratadi. Bolaning doimiy ravishda jamoa orasida bulishi, uning jamoa taʼsirida shakllanishi unda ijtimoiy faollikni yuzaga keltiradi. Shark mutafakkirlari jamoaning shaxs kamolotini taʼminlashdagi urni va roliga aloxida eʼtibor berganlar. Xususan, Аbu Аli ibn Sino ijtimoiy muxitning shaxsni shakllantirishdagi rolini yukori baxolaydi. Tashki muxit va odamlar insonning borlik, unda kechayotgan uzgarishlar, jarayonlar moxiyatini anglashgagina emas, balki uning xulkida yaxshi va yomon sifatlarning shakllanishiga xam sezilarli taʼsir etishi, shu bois bolalarni tarbiyalashda u mansub bulgan mikromuxit xususiyatini inobatga olishni taʼkidlaydi. Bolani yomon taʼsirlardan saklash zarurligini uktiradi. Shuningdek, alloma ukitish samaradorligini taʼminlashda bolalarga jamoa asosida bilimlarni berishni maksadga muvofikligini taʼkidlaydi. Аbu Nasr Forobiyning uktirishicha, inson blshkalar bilan munosabatda bulish, ularning yordami va kullab-kuvvatlashlarini xis etish extiyojiga ega. Аna shu extiyojni kondirish yulidagi amaliy xarakatlar insonni kamolotga yetaklaydi, deb xisoblaydi. Аbu Rayxon Beruniy esa shaxsning rivojlanishida uzaro yordam, xamkorlik, odamlarga nisbatan xayrixoxlik uning ijtimoiy muxitdagi roli va urnini belgilab beradi. Jamoa xakida tushuncha. Jamoa (lotincha «kollektivus» suzining tarjimasi bulib, yigilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, gurux) bir necha aʼzo (kishi)lardan iborat bulib, ijtimoiy axamiyatga ega umumiy maksad asosida tashkil topgan gurux demakdir. Zamonaviy talkinda «jamoa» tushunchasi ikki xil maʼnoda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maksad yulida birlashuvidan iborat tashkiliy guruxi tushuniladi (masalan ishlab chikarish jamoasi, zavod jamoasi, ukuv yurti jamoasi, xujalik jamosi va xokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yukori darajada uyushtirilgan gurux tushuniladi. Chunonchi, ukuvchilar jamoasi yukori darajada uyushtirilgan birlashma xisoblanadi. Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash - tarbiya tizimida muxim axamiyatga ega bulgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol uynashi tugrisidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayok bildirilgan. Jamoada uning aʼzolari urtasidagi munosabatning aloxida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanshini taʼminlaydi. Lekin xar kanday guruxni xam jamoa deb xisoblab bulmaydi. Jamoa bir kator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning yetarli darajada uyushgan xar kanday guruxdan ajratib turadi. Ukuvchilar jamoasi uziga xoslik kasb etuvchi muxim belgilarga egadir. kuyida jamoa va uning xususiyatlari (belgilari) borasida suz yuritamiz. Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir kismi xisoblanadi, unda ijtimoiy xayot va kishilik munosabatlarining barcha meʼyorlari uz ifodasini topadi. Zero, jamoa jamiyatdagi mavjud munosabatlar tizimida namoyon bular ekan, jamoa va ijtimoiy jamiyat maksadi, intilishida uzaro birlik, uzviylik, alokadorlik yuzaga keladi. Shu bois jamoa xayotining anik (yagona) maksadga karatilganligi va ijtimoiy-goyaviy xususiyat kasb etishi uning yetakchi belgisi sanaladi. Xar bir jamoa boshka jamoalar bilan uzviy alokadorlikda mavjud buladi. Muayyan jamoaning xar bir aʼzosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida uz jaomasi bilan birgalikda ishtirok etadi. Jamoa aʼzolarini intilishlarini tushunish, jamoa oldiga kuyilgan maksad moxiyatini chukur xis etish xamda uning shaxsni shakllantirishdagi urni va rolini tugri baxolay olish jamoa aʼzolarining umumiy va xususiy (shaxsiy) maksad, kizikishi, extiyoj va faoliyatlari urtasidagi birlikni namoyon etadi xamda jamoaning bulinishga yul kuymaydi. Xar bir jamoa uz-uzini boshkarish organiga ega va umumiy jamoaning uzviy kismi sanaladi. Shuningdek, u maksadning birligi va tashkil kilish xususiyatlari orkali umummilliy jamoa bilan boglanadi. Ijtimoiy jamiyat extiyojini kondirishga yunaltirilgan birgalikdagi faoliyat jamoaning navbatdagi muxim xususiyatidir. Jamoa faoliyatining ijtimoiy-goyaviy yunalishi xam jamoaning faoliyati mazmunida uz aksini topishi muxim axamiyatga egadir. Jamoa xususiyatini aniklashda kishilar guruxining yagona ijtimoiy tizimini urnata olishdagi usuli, yaʼni, jamoani tashkil kilish usuli xam muxim xisoblandi. Pedagogik jixatdan maksadga muvofik tashkil etilgan jamoa, xususan, uning aʼzolari urtasida uzaro ruxiy yakinlik, ishchanlik, bir-biri uchun gamxurlik, uzaro yordam, jamoa manfaati uchun kaygurish, mazkur yulda amaliy xarakatlarni tashkil etish xamda javobgarlik xissi karor topadi. Demak, jamoa uzida kuyidagi xususiyatlarni namoyon etadi Birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi uchun maʼsuliyat xissini uygota borib, jamoa aʼzolarini bir-biriga yakinlashtiradi, aʼzolarda jamoaga mansublik xissini paydo bulishiga kumaklashadi, jamoa bilan munosabatda bulish extiyojini oshiradi. Jamoa aʼzolari orasida uzaro xissiy birlik (bir-birini yoktirish xissi) yuzaga keladi. Ushbu munosabat kupincha uz-uzidan paydo buladi xamda ular ukituvchiik taʼsir kursatish uchun kul keladi. Jamoa aʼzolari urtasidagi ruxiy birlik mazmuni ular orasida xosil bulgan ishchanlik faoliyatining xarakteriga bevosita boglikdir. Jamoaning rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (xissiy) tuzilishini bir-biridan farklash lozim. Jamoaning rasmiy tuzilishi deganda jamoa faoliyatining turli kurinishlarini amalga oshirish uchun zarur buladigan tashkiliy jixatlari kuzda tutiladi. Mazkur jixat bir tomondan jamoa aʼzolari urtasida yuzaga kelgan ishchanlik munosabati mazmunini ifoda etsa, ikkinchi tomondan, raxbarlik vazifasini bajaruvchi shaxslar tomonidan jamoa aʼzolarining xatti-xarakatlari va intilishlarini muvofiklashtirish yulida tashkil etilayotgan boshkaruv faoliyati moxiyatini yoritishga xizmat kiladi. Norasmiy tuzilma jamoaning barcha aʼzolari urtasidagi shaxslararo maʼnaviy-psixologik munosabatlarning umumiy tizimi va mikroguruxni tashkil kiluvchi ayrim aʼzolar urtasidagi tanlash munosabatlari mazmunini ifodalaydi. Jamoaning xar bir aʼzosi mavjud munosabatlar tizimida u yoki bu urinni egallaydi. Ukuvchining jamoadagi urni uning shaxs sifatida shakllanishi va kamolotga erishishiga muxim taʼsir kursatadi. Maktab yoki sinfdagi rasmiy va norasmiy tuzilmalar bir-biriga muvofik bulganda, jamoaning rasmiy yetakchilari norasmiy munosabatlar tizimida kuzga kuringan urinni egallagan xoldagina u chinakam jamoa bula oladi. Shuningdek, norasmiy guruxlar (mikroguruxlar) umumjamoa ijtimoiy manfatlari uchun kurashuvchi guruxlar bulgandagina jamoa uzini chinakam jamoa tarzida namoyon etishi mumkin. Download 72.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling