Kurs ishi mavzu: Boshlang'ich sinf o'quvchilarida og'zaki va yozma hisoblashni shakllantirish metodikasi


Download 336.5 Kb.
bet1/8
Sana19.06.2023
Hajmi336.5 Kb.
#1614601
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mo\'m. Turdiboyeva1111


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
BOSHLANG'ICH TA'LIM FAKULTETI


KURS ISHI
Mavzu: Boshlang'ich sinf o'quvchilarida og'zaki va yozma hisoblashni shakllantirish metodikasi
" Boshlang'ich ta'lim " yo'nalishi
310 - guruh
Bajardi: Turdiboyeva Shohsanam
Tekshirdi: Abiyev Ro'zimurod

Toshkent - 2023


Mundarija
Kirish ........................................................................................................................... 3
I. Boshlang'ich sinflarda og'zaki va yozma hisoblash usullari ........................
1.1 O'quvchilarda yozma hisoblash ko'nikmalarini hosil qilish
1.2 Og'zaki hisoblash mashg'ulotlarining turlari
II. Milliy o'quv dasturida boshlang'ich sinflarda og'zaki va yozma hisoblashni shakllantirishga doir belgilangan talablar.
2.1. 1-2 sinflarda og'zaki va yozma hisoblashni shakllantirishga doir belgilnagan talablar.
2.2 3-4 sinflarda og'zaki va yozma hisoblashni shakllantirishga doir belgilnagan talablar.
III. Og'zaki va yozma hisoblashni o'rgatish darsi ishlanmasi.
3.1. Namunaviy dars ishlanma
3.2. Og'zaki va yozma hisoblashni o'rgatishda qo'llaniladigan samarali metodlar va didaktik o'yinlar.
IV. Umumiy Xulosa
V. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati


Kirish
Mavzuning dolzarbligi. O'quvchilarda og'zaki va yozma hisoblash ko'nikmalarini tarkib toptirish matematika dasturining asosiy yo'nalishlaridan biridir. Shu boisdan boshlang'ich sinfda matematika darslarida ushbu hisoblash ko'nikmalarini shakllantirishga katta e'tibor qaratilib kelinadi. Matematika fani aniq fan bo'lganligi uchun o'quvchilar har bir bosqichda bilim va ko'nikmalarni puxta o'zlashtirish talab etiladi. Xususan, og'zaki va yozma hisoblashni shakllantirish orqali kelgusida o'rganiladigan fandagi mavjud barcha bilimlarning asosiy negizi desak aslo mubolag'a bo'lmaydi. Shunday ekan, ushbu ko'nikmani shakllantirish matematika fani va o'qituvchilar oldiga qo'yilgan o'ta muhim vazifalaridan hisoblanadi. Shu o‘rinda alohida ta’kidlash joziki, O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-sentyabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi «Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 187- sonli qarori, 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-sonli Farmonlarida belgilangan qator vazifalar o‘quvchilarning matematika darslarida zaruriy bilim, ko'nikma va malakalarni puxta o'zlashtirishlariga qaratilgan.

Download 336.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling