III. Og'zaki va yozma hisoblashni o'rgatish darsi ishlanmasi.
3.1. Namunaviy dars ishlanma
DARS MAVZUSI: 100 ICHIDA QO‘SHISH VA AYIRISH
Darsning maqsadi:
1. 100 ichida sonlarni xonadan oʻtmasdan qoʻshadi va ayiradi. 100 ichida qoʻshish va ayirish amali natijasining toʻgʻriligini chamalab baholaydi.
2. Jamoa bo'lib ishlashni shakllantirish.
3. Og'zaki va hisoblash ko'nikmasini shakllantirish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi.
Dars shakli: an'anaviy dars.
Dars metodi: suhbat, tushuntirish, " o'yla, izla, top " didaktik o'yini.
Dars jihozi: tarqatmalar, ko'rgazmalar, taqdimot.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
O'quvchilar bilan salomlashiladi. Davomat aniqlanadi. O'quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshirib olinadi. Diqqatni jamlovchi mashqlar bajartiriladi.
II. Uyga vazifa.
Uyga vazifa so'raladi, birgalikda tahlil qilinadi. Uyga vazifani namunali bajargan o'quvchilar rag'batlantiriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.
Dastlab ikki xonali yaxlit sonlarni qo‘shishda va ayirishda ularning o‘nlik tarkibi takrorlab olinadi va 10 talab sanash yoki 10 talab qo‘shish hamda ayirish yordamida hisoblanadi. Misollar yordamida yig‘indiga sonni qo‘shish (10 + 2) + 20 va yig‘indidan sonni ayirish (30 + 6) − 20 tushuntiriladi.
Masalan:
12 + 20 = 32 36 − 20 = 16
10 + 20 = 30 30 − 20 = 10
30 + 2 = 32 6 + 10 = 16
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
1. Misollar yordamida sonlarni qo‘shish va ayirishga doir bilimlar mustahkamlanadi.
2. Rasmga mos masala tuzamiz.
Bor edi: 43 ta qalam.
Ishlatildi: 20 ta qalam.
Qoldi: ? ta qalam.
Yechish: 43 − 20 = 23.
Javob: 23 ta qalam qoldi.
V. Dam olish daqiqasi.
1. Yozib charchab qo'limiz
Tolib qolar ko'zimiz
Boshimiz qo'yib asta
Dam olamiz ohista.
2. Multimedia vositasi orqali video qo'yib beriladi, video qo'shig'iga mos holda, videodagi bolalar harakatlarini o'quvchilar takrorlaydilar.
3. Dastlab misollar yechiladi. Keyin natijalarni o‘sib borish tartibida yozib chiqiladi va eng katta yig‘indi topiladi. Demak, eng katta yig‘indi Imronda. Bu – 82 soni. Bundan tashqari, “Kimning natijasi eng kichik?” deb ham savol berish mumkin.
4. " O'yla, izla, top " o'yini.
Bunda o'qituvchi 10, 20, 30, 40, 50, 60, 70, 80, 90 sonlarini xattaxtaga iladi. So'ng o'quvchilar 2 guruhga bo'linadi. O'yin sharti tushuntiriladi. Shartga ko'ra, har bir guruhdan 1tadan o'quvchi chiqadi, qo'liga maxsus tayoqcha olishadi. O'qituvchi misol aytadi: 20+10. O'quvchilar eshitgan misollarining javobini og'zaki usulda xotirasida hisoblab, shu javobni xattaxtadan topib, ko'rsatadi. Kim birinchi to'g'ri javobni topib ko'rsatsa, o'sha guruhga 1 balldan qo'yib boriladi. O'yin ohirida balllar hisoblanib, g'olib guruh aniqlanadi. Bu o'yin o'quvchilarning og'zaki hisoblash ko'nikmasini shakllantirishga xizmat qiladi.
5. O‘quvchilarga yo‘llanma beriladi: sonlarni qo‘shish va ayirishga doir misollarni yechamiz.
Bunda darslikda berilgan misollar yozma hisoblash orqali yechiladi. Xattaxtaga o'quvchilar chiqarilib, birgalikda hisoblashadi. Odatda xattaxtaga chiqishga o'quvchilar qiziqadi. Bu orqali o'quvchilarning yozma hisoblash ko'nikmasini qay darajada egallab olganliklarini ham tekshirib olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |