Kurs ishi mavzu: “Chakanda o’simligining o’zbekiston hududida tarqalishi va ahamiyati”
-rasm. Nihollarning o’sish va rivojlanishi a) ekilish vaqtida; b) barg chiqarishi
Download 1.72 Mb.
|
Iskandarova Sayyora chakanda haqida Kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Chakanda turkumi turlarining ahamiyati, O’zbekiston hududida tarqalishi va ishlatilishi.
2.2. 3-rasm. Nihollarning o’sish va rivojlanishi a) ekilish vaqtida; b) barg chiqarishi
Chakanda poyasida, to’nka bachkilaridan tashqari ildiz bachkilari ham shakllanadi. Bunday bachkilar juda ko’p hosil bo’lib, ildizlardagi qo’shimcha kurtaklar evaziga rivojlanadi. Chakanda ning gul yoki to’pgullar hosil qiluvchi kurtaklarni aralash kurtaklar ham deb yuritiladi. Aralash kurtaklar erta bahorda rivojlanib har xil: qisqa va uzun bir yillik novdalarni hosil qiladi. Novdalarda barglar va gullar joylashib, vegetasiya oxirida mevalar bilan birga qurib tushib ketadi. Samarqand hududida aralash kurtaklar may oyida shakllana boshlaydi. Iyun oylarida muayyan ko’rinishga ega bo’ladi. 2.2. Chakanda turkumi turlarining ahamiyati, O’zbekiston hududida tarqalishi va ishlatilishi. Chakandaning eng ahamiyatli tomoni uning dorivorligidir. Bu o‘simlikning barcha qismi xalq va ilmiy tibbiyotda keng qo‘llaniladi. Masalan, chakandaning yog‘och qismidan xalq tibbiyotida isitmani tushirishda va gemostatik xususiyatlarda foydalaniladi. Chakanda po‘stlog‘idan tayyorlangan damlama yoki «gipofain» preparati (5-gidroksitriptamin xlorgidrat) Erlixa shish kasaliga yoki rak kasalligiga (onkologik) qarshi ishlatiladi. Yosh novdalaridan tayyorlangan qaynatmadan soch to‘kilishining oldini olishdava sochni mustahkamlashda foydalaniladi. Barglari va bir-ikki yillik novdalari Mo‘g‘ulistonda oshqozon kasalliklari – kolit, enterkolit, diareya kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Yangi terilgan chakanda barglaridan tayyorlangan damlama gelment haydovchi, spirtli ekstrakti esa antibakterial xususiyatga ega. Barglaridan tayyorlangan damlama ichak-oshqozon kasalliklari uchun va terining yarali toshmalariga (dermatologik xususiyatga ega) qarshi ishlatiladi. O‘zbekistonda qadimdan chakanda barglari oyoqog‘riganda (revmatizm) vanna tariqasida qabul qilishni tavsiya etishgan. Barg va novdalari terini oshlashda va ranglashda qo‘llaniladi. Chakanda barglari hayvonlar (parrandalar va tuyoqli hayvonlar) uchun yem- hashak ham hisoblanadi. Gretsiyada ot va qo‘ylarni maxsus chakanda barglari bilan oziqlantiradi. Sababi, uning barglari hayvon juniga (yungini) toblantiruvchi yaltiroq tus beradi. Barglarining tarkibida siklotollar, kvebraxit va triterpenoidlar bo‘lganligi sababli ko‘p kasalliklarda ishlatiladi. Chakanda bargining damlamasi gelmentlarga qarshi, spirtli ekstrakti mikroblarga (bakteriyalarga) qarshi vosita hisoblanadi. Bundan tashqari, chakanda barglaridan tayyorlangan qaynatmadan vanna qilinsa moddalar almashinuvini tezlashtiradi, mushaklarni mustahkamlaydi, dermatologik foyda beradi. Chakanda mevasidan olingan yog‘ eng qimmatli va foydali bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Aynan mana shu yog‘dan terining tashqi qismi kuyganda, nurlanganda, mikroblar bilan zararlaganida qo‘llaniladi. Bu yog‘lar ikki xil xususiyatga ega. Birinchidan, antimikrob xususiyati, ikkinchidan, regeneratsiya jarayonini tezlashtiruvchi vosita hisoblanadi. Chakanda ginekologiya sohasida ham hozirgi vaqtda keng qo‘llanaladi. Uning kremi bachadonning ichki yo‘llari yoki tuxumdonning ichki yo‘llari shamollaganda, bachadon bo‘ynining eroziyasida yaxshi natija beradi. Chakanda ko‘kalamzorlashtirishda keng qo‘llaniladi, uning kumushsimon barglari va xushbo‘y gullari, sariq mevalari manzarali xususiyatlar hisoblanadi. May oyi boshlarida gullaydi, sentabr-oktabr oylarida mevasi pishib yetiladi. Non chakanda daraxtining yog‘ochi mustahkam, qurilish sohasida ham ishlatsa bo‘ladi. Kumushsimon chakanda (Elaeagnus argentea Pursh.) Ushbu chakanda turining vatani Shimoliy Amerika bo‘lib, MDH davlatlarida madaniylashtirilgan holda uchraydi. Kichik daraxt yoki buta ko‘rinishida 1-3 m balandlikka ega bo‘lib, tana po‘stlog‘i to‘q kulrang, barglari kumushsimon g‘ubor bilan qoplangan. Mevalari xuddi qushchakanda mevalari kabi cho‘zinchoq-dumaloq. Ko‘kalamzorlashtirishda keng foydalaniladi, qurg‘oqchilikka chidamsiz, lekin sovuqqa chidamli. Daryo qirg‘oqlarini, jarliklarni mustahkamlashda keng foydalaniladi. Chakanda (Hippophae rhamnoides L) turkumning bitta turijumrutsimon chakanda (Hippophae rhamnoides L.) MDH florasida keng tarqalgan. Tanasi va novdalaming po‘stlog‘i sariq-qo‘ng ‘ir yoki qora. Ko‘p bo‘g‘imli novdalari zich tikan bilan tugaydi. Uning areali nihoyatda keng, MDH da Boltiq bo ‘yi hududlarida, Moldaviyada, Qora dengiz bo‘yida, Shimoliy Kavkazda, Zakavkazeda, G’arbiy va Sharqiy Sibirda hamda Markaziy Osiyoda uchraydi. O‘zbekistonda Zarafshon daryosining o‘rta oqimida chakandaning yirik tabiiy butazorlari mavjud (64 ga) va qo‘riqxona sharoitlarida yaxshi saqlangan. Ushbu chakandaning zarafshon populatsiyasi arid iqlimli hududlarda o‘sishga moslashgan bo‘lib, boy genofondga ega va seleksiya ishlarida ahamiyati baland. U daryo, ko‘l va dengiz qirg‘oqlarida toshloq, drenajga ega yer osti suvlari mavjud yerlarda yaxshi o‘sadi. Respublikamizda chakandani sanoat miqyosida o‘stirish endi yo‘lga qo‘yilmoqda, farmatsevtika sanoati uchun xomashyo bazasini yaratish muhim xalq xo‘jaligi ahamiyatiga molik ish hisoblanadi. Chakandaning zarafshon populatsiyasidan bir qator qimmatli xo'jalik belgilariga ega shakllar tanlab olingan, seleksiya ishlarini kuchaytirish lozim. Chakandaning yog‘ochi qattiq, qalin va juda pishiq bo‘lib, duradgorlikda ishlatiladi. U parklarda manzarali o ‘simlik sifatida ko‘p ekiladi, ayniqsa, kuzda mevasi yetilganda go‘zal manzara hosil qiladi. Daryo va ko‘llar qirg‘oqlaridagi ko‘chma qumlar harakatini to'xtatish maqsadida ekish maqsadga muvofiqdir. Chakanda (ElanegnusL.) turkumi ingichka bargli chakanda, qushchakanda (Elaeagnusangustifolia L.) Balandligi 8 metrgacha bo‘lgan kichik daraxt yoki buta bo ‘lib, Markaziy Osiyo va Kavkaz daryo to ‘qaylarida keng tarqalgan asosiy daraxt o‘simligi hisoblanadi. Qushchakandani tuproq tanlamasligi, sho‘r yerlarda o‘sishga moslashganligi o'rmon melioratsiyasida qadrlanadi. Barglarini manzarali xususiyatiga ko‘ra ko‘kalamzorlashtirishda keng foydalanish mumkin. Mirzacho‘lda sho‘rlangan yerlarda keng ekilmoqda. Barglari ellipssimon yoki lansetsimon shaklda 5-8 sm uzunlikda, yuqori tomoni yashil rangda, ostki qismi kumushsimon rangda. Barglarini yozib bo‘lgach gullaydi. Gullari juda xushbo‘yligi bilan ajralib turadi. Gullari qo‘ng ‘iroqcha ko‘rinishda sariq rangda, barg ko‘ktog‘ida 1-3 donagacha bo‘ladi. Mevalari 1,5 sm uzunlikkacha bo‘lgan donacha, unsimon shirin meva etiga ega. 3-4 yoshdan mevaga kiradi. Yog‘ochi duradgorchilikda ishlatiladi. Juda chuqur o‘suvchi ildiz tizimini vujudga keltiradi. Dastlabki hayot bosqichida tezroq o‘sib rivojlanadi, kuchli sho'rlangan va toshloq tuproqlarda 5 yoshida 4 m balandlikka yetadi. Sharq chakandasi (Elaeagnus orientalis L.) Ushbu jiyda areali Pomir-Oloy, Kavkaz, Markaziy Osiyo tog‘lari hududlarini qamrab olgan, 500 m dan baland tog‘ yonbag‘irlarida ko‘plab o‘sadi. 7-8 m balandlikkacha rivojlanuvchi daraxt, daraxt tanasi to‘q jigarrang, barglari lansetsimon shaklda oq g‘ubor bilan qoplangan. Sharq chakandasining yirik mevali shakllari xalq seleksiyasi mahsuli bo‘lib, «non chakanda» nomi bilan atalgan. Non chakanda O‘zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida aholi tomonidan ko'plab o‘stiriladi, ayniqsa, uning sho‘rlangan va sizot suvlari tuproq yuzasiga yaqin joylarda o‘suvchi ekotiplari o ‘rmon melioratsiyasi uchun katta ahamiyatga egadir. Uzoq o‘tmishda chakanda mevasi mahalliy aholining asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri hisoblangan, mevasi quritilgan holda qish- bahor mavsumida iste’mol qilingan. Shu sababli non chakanda doimo seleksiya predmeti sifatida o‘rganilgan, yirik mevali va serhosil shakllari yaratilgan. Shunday qilib, chakanda organizmning tabiiy mahsulotlariga o’xshab xilma-xil farmakologik ta’sirga ega. Biologik faol moddalar orqali chakanda effektiv shifobaxsh o’simlik bo’lib ishlatiladi. Chakanda yog’i ko’pgina kasalliklarga qarshi ishlatiladi, masalan oshqozon kasalliklari, ekzema, eroziya, gaymoritlar, shishiklar, ateroskleroz, avitaminozlarda. Chakanda yog’ining shifobaxsh ta’sirini ko’p olimlar o’rgangan. Bu yog’ kuchli regenerativ xususiyatga ega bo’lib, hujayralarni shishiklardan himoya qiladi va antiradiant hisoblanadi. Ko’pgina qadimiy tibbiy asarlarda chakanda o’pka kasalliklarga qarshi ishlatilgan. Bundan tashkari chakanda preparatlari organizmlarda qon harakatlanishiga yordam beradi, mevalari tomoq kasalliklarini yo’qotishga yordam beradi. Hozirgi kunda chakandaning shifobaxsh xususiyatlari katta ahamiyat berilmoqda, shuning uchun mevalarining kimyoviy tarkibi turlicha o’rganilayapti. Chakanda tarkibida beta-karotinni (provitamin A) bo’lishi odam embrionini rivojlanishiga yordam beradi, homiladorlik yaxshi o’tib, odamning umumiy holati va o’sish yaxshi darajada bo’ladi. Chakanda yuqumli kasalliklarga ham qarshi ishlatiladi. Og’ir jarrohlik operatsiyalardan so’ng tezda yaralarni tuzatadi, qon tomirlarini elastik holatga keltiradi. Tokoferol moddasini yetarli miqdorda bo’lishi yurakni normal holatga keltiradi. Chakanda mahsulotlarini profilaktik jihatdan iste’mol qilishi odamlarning sog’lom bo’lishiga keltiradi. Chakanda parfyumera sanoatida ham ishlatiladi, undan shampunlar, kosmetik kremlar, teri tozalovchilari, soch uchun bo’yoqlar tayyorlaydilar. Chakandani o’rmonchilikda ham katta ahamiyati bor. Bu o’simlik ildizlari yordamida tez ko’payib tuproq eroziyasiga qarshi ishlatiladi va rekultivasiyada katta ahamiyati bor. Shunday qilib bugungi kunda chakandani ko’p sohalarda ishlatadilar uni XX1 asrning o’simligi deb hisoblaydilar. Chakandadan 250 ta dan ko’proq har xil oziqali, dorivor va kosmetik mahsulotlar tayyorlanadi. Chakanda yashil-kumush rangli barglari va chiroyli rangli mevalari orqali manzarali o’simlik bo’lib hisoblanadi. Chakanda mevalari uzoq vaqt mobaynida daraxtlarda saqlanganligi sababli manzarali bog’dorchilikda ham qo’llaniladi. Chakanda tirik devor bo’lib ham ishlatiladi. Yog’ochidan ko’pgina mayda qurilish materiallar tayyorlanadi. Chakandaning yog’ochi qattiq, chiroyli bo’ladi. Chakandaning yosh barglar va novdalaridan qoramtir bo’yoqlar tayyorlanadi. Chakanda mevalarining neytral suvli eritmasidan bo’yoqlar tayyorlanadi, ular gazmollarni sariq va yashil ranglarga bo’yaydi. O‘zbekistonda birinchi bor 1979-1982 yillarda chakandalarning tarqalishi to‘g‘risida O‘zR FA «Botanika» IICHM ning xodimlari tomonidan tadqiqotlar o‘tkazilgan va gerbariylar yig‘ilgan. Lekin, aniq zaxira maydonlari ko‘rsatilmagan. M.I. Ikramov va F.D. Kabulovalar Zarafshon daryosi bo‘ylarida tarqalgan chakandalarning biomorfologiyasini o‘rgangan lekin, zaxiralari ko‘rsatilmagan. Z.X. Sarimsakov, ta’kidlashicha Zarafshon daryosi bo‘ylarida chakandaning zaxirasi o‘rganilgan. Zarafshonning ikki irmog‘ini Qoradaryo va Oqdaryoni ko‘rsatgan, lekin, qaysi tuman yoki qishloq atrofida o‘rganilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q. Tadqiqotchi chakandani 3 ta formatsiya (chakanda, chakanda , tol) tarkibida uchrashini ko‘rsatgan. Chakanda mevasining biologik zaxirasi 60-62 t, eksplatatsion zaxirasi 7-8 t ni tashkil qilishi qayd etilgan. Tadqiqotlar shuni ma’lum qildiki chakandalarning O‘zbekiston hududida, ayniqsa Zarafshon (Oqdaryo vaQoradaryo irmoqlarida), Qashqadaryo va Surxondaryo bo‘ylarida katta maydonlarda tarqalganligi ma’lum bo‘ldi. Zarafshon daryosining o‘rta va yuqori qismida 420 ga maydonda chakandalar tarqalganligi aniqlandi. Bular daryoning ikki irmog‘ida (Oqdaryo va Qoradaryoda) - 530 ga maydonni ishg‘ol qiladi. Surxondaryo vohasida 180 ga, Qashqadaryo vohasida, 70 ga chakanda zaxiralari borligi aniqlandi. Respublika bo‘yicha chakanda mevalarining biologik zaxirasi 354.6 t., ekspluatatsion zahirasi 212.8 t ni tashkil etadi. Zarafshon va Surxondaryo vohalarida maxsus xo‘jaliklar tashkil qilib, chakanda mevalarini yig‘ishtirib olish punktlari barpo etilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Chakanda mevalari katta-kichikligiga qarab uchta guruhga bo‘lindi. 1-yirik mevali (uzunligi 8.1-8.9 mm, eni 5.8-6.3mm); 2 – o‘rtacha mevalari (uzunligi 7.1- 8.0mm, eni 4.9-5.9 mm); 3 - mayda mevalari (uzunligi 5.0-7.0mm, eni 3.5-5.0 mm). 100 ta mevaning o‘rtacha vazni; 1. yirik mevalarda 15-20 gr; 2. o‘rtacha kattalikdagi mevalarda 10-15 gr; 3. mayda mevalarda 5-10 gr. O‘zbekiston hududida chakanda mevalari bir xil vaqtda etilmaydi. Chakandaning yuqori hosildorligi esa 8-20 yosh orasida bo‘lishi ma’lum va u ham yorug‘lik hamda suvga talabchan o‘simlik hisoblanadi. Masalan, bir tup chakandalarning hosildorligi O‘zbekiston hududi bo‘yicha 4-6 kg bo‘lishi aniqlandi. Agar bu miqdorni boshqa o‘lkalarda uchraydigan chakandalar bilan solishtirsak, nisbat kam ekanligi ma’lum bo‘ldi. O‘zbekistonda o‘sadigan chakandalar nafaqat hosildorligining kamligi bilan xarakterlanadi balki, eng sertikanligi bilan ham boshqa hududlardagi chakandalardan farq qiladi. Chakandaning hosildorligi ham boshqa mevali o‘simliklarga o‘xshab yillar davomida bir xil bo‘lmaydi. Bundan tashqari, bularning mevasini ham pishib etilishi O‘zbekiston sharoitida qisman farqlanadi. Dengiz sathidan 500-1000 m gacha bo‘lgan joylarda, chakandalar avgust oyining oxiri sentyabr boshlarida pishib etiladi. 1000-1500 m balandlikdan yuqorida sentyabr o‘rtalarida pishib yetilishi aniqlandi. Chakandalar Respublikamizda faqat mahalliy xalq tomonidan tartibsiz ishlatilib kelinmoqda. Bu bilan nafaqat chakandalarga, balki o‘sha joydagi o‘simliklarga ham katta zarar etkazilmoqda. Chakanda va chakandalarning tarqalishi va zaxiralari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot yo‘qligi tufayli ulardan foydalanish yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. Chakanda senopopulyasiyalarida aralash kurtaklarning shakllanish vaqti bilan ajralib turadi. O’zbekiston xududining janubiy qismida joylashgan chakanda senopopulyasiyalarida boshqalarga nisbatan erta boshlanadi (may oyida). Qashqadaryo senopopulyasiyalarida iyun oyida bo’lib, iyul oyida muayyan ko’rinishga ega bo’ladi. O’zbekistonda chakandazorlarni eng tarqalgan joyi bo’lib – Zarafshon daryosini o’rta oqimi bo’lib hisoblanadi. Bu yerda chakanda daraxt o’simliklari bilan birgalikda uchraydi. Zarafshon qo’riqxonasida chakanda bo’yicha birinchi ilmiy-tadqiqot ishlari V.A.Savkin tomonidan olib borilgan. Bu o’simlikning shakllarining xilma-xilligini va biologik xususiyatlarini F.D.Kabulova 1976-1981 yillarda olib borgan. Chakandaning tarqalishi va zaxiralari Botanika instituti xodimlari tomonidan o’rganilgan. Oxirgi yillarda Qoraqalpog’istonda, Amudaryo vodiysida bu o’simlikni G.I.Dudkin va boshqalar o’rganganlar. Bu olimlar Altoydan introduksiya yo’li bilan chakandani 10 navini olib kelib, o’stirganlar. Bu yerda chakanda yaxshi rivojlanib o’sish va sho’rga chidamli bo’lishi aniqlangan. Boshqa dorivor o’simliklar singari (aroniya, shipovnik, solodka, myata) chakandaning ildiz hosil qilishi va hayotchanligi Buxoro viloyatining sho’r tuproqlarida aniqlangan. Chakanda o’simtalar va ildiz orqali ko’paytirilgan, ularning ildiz hosil qilishi 30-90% tashkil etdi. Bundan tashqari, O’zbekiston sharoitida jidasimonlarning kelib chiqishi turlicha o’rganilgan. Zarafshon vodiysi sharoitida yozning issiq va quruq havo oqimining paydo bo’lishi tufayli chakandalarda kseroform xususiyatlar ham paydo bo’lgan. Ular quyidagilar – kuchli tikanligi, barglarda tukchalarning ko’p va zich joylashishi, barglarning kichik bo’lishi va mevalarning maydaligi bilan farq qiladi. Lekin chakandazorlarda juda qiziqarli chakanda shakllari ham uchraydi. Ular kam tikanli va mevalari katta bo’ladi. Zarafshon qo’riqxonasidagi chakandazorlar asosan chakandalarning har xil shakllaridan tarkib topgan bo’lib, ular o’z navbatida bir-biridan har xil belgilari bilan farq qiladi. Chakanda shaklllari bir-biridan tuplarning tuzilishi, asosiy poyasining eni, navdalarining qalinligi, ulardagi tikanlarining miqdori va uzunligi, barglarining rangi, bir kurtakdan hosil bo’lgan mevalar soni va hosildorlik darajasi bir-biridan farq qiladi. O’z navbatida mevalarning shakli, hajmi, indeksi, og’irligi va ta’mi bilan farq qiladi. Poyalarining uzunligi ham har xil bo’ladi. Zarafshon qo’riqxonasi yettita maydonchaga ajratilgan bo’lib, ularning birinchisi - to’rtinchisida chakandazorlar ko’p miqdorda uchraydi. Qolgan maydonlarda suv yetishmasligi tufayli tuplar soni juda kam bo’lib, tuplar yakka-yakka holda uchradi. Biz chakandazorlarni tasvirlash mobaynida asosiy e’tiborni uning mevalariga qaratdik. Qo’riqxonada chakanda mevalarining shakli asosan ovalsimon va silindrsimon bo’ladi, kamroq sharsimon bo’lib, eng ko’p tarqalgani ovalsimon shakllardir. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling