Kurs ishi” Mavzu: Cho`ktirish usulida elementlarni ajratib olish uchun qo`llaniladigan qurilmalarining hisobi Bajardi: Saidov Zarxon Tekshirdi: Yaxyayev Umar Toshkent-2022-2023


Cho’ktirish usullari va uning nazariyasi


Download 89.15 Kb.
bet2/4
Sana04.02.2023
Hajmi89.15 Kb.
#1162020
1   2   3   4
Bog'liq
saidov zarxon (2)

Cho’ktirish usullari va uning nazariyasi.
Sаnоаt uchun zаrur bo`lgаn кo`pchiliк fеrmеntlаr suvdа eruvchаn оqsillаrdir. Fеrmеnt eritmаlаri оlinish mаnbаlаrigа qаrаb miкrооrgаnizmlаr lizаtlаri, eкstrакtlаri, kultural suyuqliк filьtrаtlаri, o`simliк yoкi hаyvоn to`qimаlаri gоmоgеnаtlаri bulishi mumкin. Bu fеrmеnt eritmаlаri tаrкibi judа murаkkаb sistеmаgа egа. Undа fеrmеntlаrdn tаshqаri коllоid tаbiаtigа egа bo`lgаn hаr хil biriкmа vа mоddаlаr hаm uchrаydi. Bundаy murаккаb sistеmаlаrdаn fеrmеntlаrni аjrаtib оlish mushкul vаzifаdir.
Foydali qazilmalarni boyitish amaliyotida asosan uch turdagi cho‘ktirish mashinalari ishlatiladi: porshenli, diafragmali va porshensiz. Qo‘zg‘aluvchi panjarali cho‘ktirish mashinalari juda kam hollarda ishlatiladi. Porshenli cho‘ktirish mashinalarining ishlash prinsipi yuqorida ko'rib chiqildi. Porshenli cho'ktirish mashinalari ikki, uch va to‘rt kameradan iborat bo‘ladi. Kameraning ostki qismi piramida yoki cho'zinchoq shaklga ega. Kameradagi panjara kichik farq bilan o‘rnatiladi. Har qaysi kameraning panjarasi oldingisidan taxminan 100 mm ga pastroq o‘matiladi. Suvning tebranishlari porshen yordamida hosil qilinadi. Har qaysi kamera ostiga suv beriladi. Yirik og‘ir zarralar qopqoq yordamida boshqariladigan tuzoq orqali, maydalari esa o'rindiq yoki panjara orqali bo‘shatiladi. Yengil zarralar oxirgi kameradan quyuluvchi ostona orqali o‘z oqimi bilan chiqariladi. Porshenli cho'ktirish mashinalarining ishlab chiqarish unumdorligi boyitilayotgan mahsulotning yirikligi va panjaraning o‘lchamiga qarab 0,5 dan 8 t/soat ni tashkil qiladi. Diafragmali cho'ktirish mashinasi rudalami boyitish amaliyotida keng ishlatiladi. Uning ishlash prinsipi xuddi porshenli mashinaning ishlash prinsipiga o‘xshaydi. Ulardagi farq shundan iboratki, yuqoriga va pastga harakatlanuvchi suv oqimi porshen bilan emas, balki rezina diafragma yordamida hosil qilinadi. Diafragmali cho'ktirish mashinalarida diafragma vertikal va gorizontal joylashishi mumkin. Diafragma yuqorida maxsus diafragma bo'limida, panjaraning ostida yoki kameraning yon devorida joylashishi mumkin. МОД-2 cho‘ktirish mashinasi korpusda joylashgan ikkita kameradan tashkil topgan. Har qaysi kameraning pastki qismi manjet va silindr shaklidagi gardish orqali qo‘zg‘aluvchi konusli voronka bilan bog'langan. Bu voronkalar sharnir orqali bir-biri bilan mahkamlangan prujinalanuvchi ressor bilan bog'langan. Ishchi kameralarda panjara o'matilgan. Kameralarga suv kollektor orqali beriladi. Kameralarga tushayotgan mineral zarralar aralashmasi suv oqimining tebranishlari ta’sirida turli zichlikdagi zarralami saqlovchi qatlamlarga bo‘linadi. Nisbatan og‘ir minerallarning zarralari konusli voronkalarda yig'ilib, davriy holda bo‘shatish tuynugi orqali bo‘shatib olinadi. Yengil zarralar quyulish ostonasi orqali chiqib ketadi. Panjaraga magnetit, ferrosilitsiy kabi og‘ir minerallardan o‘rindiq to‘shaladi. 0 ‘rindiqning qalinligi boyitilayotgan mahsulotning yirikligiga bog‘liq. Mashinaga beriladigan ruda zarralarining o‘lchami 15 mm dan ortmasligi kerak. Mashinaning ishlab chiqarish unumdorligi 25 t/soat, konusli voronkalarning tebranish chastotasi 350 min-1, yurishning o'lchami 40 mm dan ortmasligi kerak. МОД-2; МОД-3; MO-6 turdagi diafragmasi pastda joylashgan, konussimon taglikka ega cho‘ktirish mashinalari rudalami boyitishda keng ishlatiladi. МОД-2; МОД-3 mashinalari o‘lchami 15 mm gacha, MO-6 esa o'lchami 0,1—2 mm li rudalami boyitish uchun ishlatiladi. Bu mashinalarning texnik xarakteristikasi ilovada keltirilgan.



1-rasm.Cho`ktirish mashinasi.
1 - taqsimlovchi moslama; 2 - trubalar; 3 - stakan; 4 - eshkakli aralashtirgich; 5 – to`kish konusi; 6 –qirg`ich; 7 - kollеktor; 8 - rom.

Download 89.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling