Kurs ishi” Mavzu: Cho`ktirish usulida elementlarni ajratib olish uchun qo`llaniladigan qurilmalarining hisobi Bajardi: Saidov Zarxon Tekshirdi: Yaxyayev Umar Toshkent-2022-2023
Download 89.15 Kb.
|
saidov zarxon (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent-2022-2023
- Kirish.Cho`ktirish.
O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta`lim vazirligi Toshkent kimto-texnologiya instituti “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi”fakukulteti “Silikat materiallar “kafedrasi “Nodir Kamyob Tarqoq metallar kimyoviy texnalogiyasi” yo`nalishi Piro-gidrometallurgiya jarayonlari fanidan “KURS ISHI” Mavzu:Cho`ktirish usulida elementlarni ajratib olish uchun qo`llaniladigan qurilmalarining hisobi Bajardi:Saidov Zarxon Tekshirdi:Yaxyayev Umar Toshkent-2022-2023 MUNDARIJA: 1.Kirish.Cho`ktirish. 2. Cho’ktirish usullari va uning nazariyasi. 3.Organik erituvchilar yordamida cho’ktirish. 4.Neytral tuzlar yordamida cho’ktirish. 5.Cho‘ktirish mashinalarining ishlash tartibi. 6.Cho‘ktirish mashinalarining asosiy parametrlari. 7.Xulosa. 8.Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish.Cho`ktirish. CHO’KTIRISH, cho’ktirish usullari — eritmadan yoki gazdan bir yoxud bir nechta kimyoviy komponentlarni kam eriydigan birikma (chukma) holida ajratib olish. Cho’ktirish kimyoviy analizda elementlarni ajratib olishda keng qo’llanadi. Sifat va miqdor analizining ko’pgina usullari Cho’ktirishga asoslangan. Modda eritmadan tegishli reagent qo’shib cho’kmaga tushiriladi. Sanoatda va analitik kimyoda, xususan, rangli metallarni elektrolitik Cho’ktirish usuli qo’llanadi. Elektroliz yuli bilan metallargina emas, balki ularning oksidlari, masalan, qo’rg’oshin qo’sh oksid va marganes qo’sh oksid — anodda, molibden va uran oksidlari — katodda chukmaga tushiriladi. Cho’ktirish biokimyo, sanitariya-gigiena va klinika laboratoriyada ham qo’llanadi. Gravitatsion usulda boyitish foydali qazilmalami boyitishning eng ko‘p tarqalgan usullaridan biri hisoblanadi. Bu usul o'zining soddaligi, yuqori samaradorligi, arzonligi tufayli boshqa usullarga nisbatan ko‘proq qo‘llaniladi. Gravitatsion usulning mohiyati mineral zarralarning og‘ irlik kuchi yoki muhitning qarshilik kuchi ta’sirida tushish tezligidagi farqqa asoslangan bo‘ladi. Mineral zarralarning ajralishini amalga oshiruvchi muhit sifatida suv, havo, og'ir suspenziyalar va og‘ir suyuqliklar ishlatilishi mumkin. Barcha gravitatsion jarayonlarni bir-biridan tubdan farq qiluvchi toifaga bo‘lish mumkin: gidrostatik va gidrodinamik. Gidrostatik jarayon turli zichlikka ega mineral zarralarni og‘irlashtirgich qo‘shib og‘iflashtirilgan suv, tuzlar eritmasi va og‘ir suyuqliklarda qalqib chiqishi va cho'kishiga asoslangan. Gidrodinamik jarayon esa turli zichlikka ega bo‘lgan mineral zarralarning yuqoriga ko‘tariluvchi suv oqimi yordamida ajralishiga asoslangan. Gravitatsion usulda boyitishga quyidagilar kiradi: 1. Cho‘ktirish mashinalarida boyitish. 2. Konsentratsion stolda boyitish. 3.Vintli va konusli separatorlarda boyitish. 4. Shlyuzlarda boyitish. 5. Og'ir muhitli apparatlarda boyitish. Download 89.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling