Moliyaviy hisob” fanidan
YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI
Buxgalteriya hisobining tarkibiy tuzilishini ayting?
Javob: Moliyaviy hisob, Boshqaruv hisobi, Soliq hisobi.
Moliyaviy hisob obyektlariga nimalar kiradi?
Javob: Korxonalarning mablag’ va resurslari, korxona faoliyati jarayonlari, hisoblashuv jarayonlari, korxona xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijalari.
Asosiy xoʻjalik jarayonlari oʻz ichiga qanday jarayonlarni oladi?
Javob: Ishlab chiqarish, ta’minot, sotish jarayonlari.
Buxgalteriya hisobi metodining elementlarini koʻrsating?
Javob: Hujjatlashtirish, Kalkulyatsiya, Inventarizatsiya, Buxgalteriya balansi, Ikki yoqlama yozuv, Baholash, Hisobot, schotlar tizimi
Aktivlar mohiyati, tarkibi va joylanishiga koʻra qanday guruhlarga boʻlinadi?
Javob:
1) Uzoq muddatli aktivlar 2) Joriy aktivlar
6. Passivlar tayinlanishiga koʻra qanday guruhlarga boʻlinadi?
Javob: 1) O’z mablag’ manbalari 2) Majburiyatlar.
Buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilar qanday guruhlarga boʻlinadi?
Javob: 2 ta 1) ichki 2) tashqi
Kassadan xizmat safari uchun boʻnak berildi. Mazkur xoʻjalik operatsiyasi hisobda qanday buxgalteriya yozuvi orqali rasmiylashtiriladi?
Javob: Dt 4220 Kt 5010
Aniqlangan kamomad xodimning ish haqidan ushlanganida qanday buxgalteriya provodkasi tuziladi?
Javob:dt 6710 kt 4730
Quyidagi xoʻjalik muomalasining iqtisodiy mohiyatini aniqlang: Debet 6710“ Mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlar” schyoti; Kredit 5010“Milliy valyutadagi pul mablagʻlari” schyoti
Do'stlaringiz bilan baham: |