Javob: ishchi 1 oyda 110 ta maxsulot bitkazdi. Har bir bitkazilgan maxsulot un 10 000 dan beriladi. Ishchining oyligi 110 * 10 000
194. Korxona rahbarining tegishli buyrugʻiga asosan buxgalter lavozimiga yangi xodim ishga qabul qilindi. Korxonada mazkur lavozimga mehnatga haq toʻlash uchun 10-razryad belgilangan. Yangi ishga qabul qilingan xodim (buxgalter)ning ish haqi qanday hisoblab chiqariladi?
Javob: 10 razryad koeffitsiyenti * 920 000
195. Asosiy ishlab chiqarish xodimlariga hisoblangan ish haqi summasi buxgalteriya hisobida qanday hisobga olinadi?
Javob: Dt 2010 Kt 6710
196. Xodimlarga hisobot davri uchun hisoblangan ish haqidan toʻlov manbaida ushlangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summasi hisobda qanday aks ettiriladi?
Javob: Dt 6710 Kt 6410
197. Xodimlarga hisobot davri uchun hisoblangan ish haqidan toʻlov manbaida ushlangan kasaba uyushmasiga aʻzolik badali summasi hisobda qanday aks ettiriladi?
Javob: Dt 6710 Kt 6990
198. “Yulduz” MChJda jismoniy shaxs kassir lavozimida ishlaydi. Hisobot davrining yanvar oyida unga 1 500 000 soʻm miqdorida oylik maosh hisoblangan. Shuningdek, u 14-yanvar “Vatan himoyachilari” kuni munosabati bilan 1000 000 soʻm hajmida mukofot puli olgan hamda Agrobank tomonidan tashkillashtirilgan lotariya oʻyinidan 500 000 soʻmlik yutuq gʻolibi boʻlgan. Yuqorida berilgan maʻlumotlardan foydalanib, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha soliq solinadigan bazani aniqlang?
Javob: 1 500 000 + 1 000 000
199. Korxona xodimlariga yanvar oyi uchun 50 000 000 soʻm ish haqi hisobladi. Shuningdek, ish haqiga har oylik ustama 10 000 000 soʻm va yangi yil munosabati bilan barcha xodimlarga 20 000 000 soʻm mukofot puli hisobladi. Mazkur holatda korxona tomonidan hisobot davri uchun budjetga toʻlashi lozim boʻlgan ijtimoiy soliq summasini aniqlang? Eslatma: Ijtimoiy soliq stavkasi – 12 foiz.
Javob:
200. Hisobot davrida asosiy ishlab chiqarish xodimlariga hisoblangan ish haqiga nisbatan hisoblangan ijtimoiy soliq summasi buxgalteriya hisobida qanday hisobga olinadi?
Javob: Dt 2010 Kt 6410
201. Hisobot davrida maʻmuriy xodimlarga hisoblangan ish haqiga nisbatan hisoblangan ijtimoiy soliq summasi buxgalteriya hisobida qanday hisobga olinadi
Javob: Dt 9420 Kt 6410
Do'stlaringiz bilan baham: |