Kurs ishi mavzu: Dastlabki sug‘urta kompaniyalarining vujudga kelishi Bajardi


 Dastlabki sug‘urta kompaniyalarining vujudga kelishi va ularning


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana06.11.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1750205
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
dastlabki sugurta kompaniyalarining vujudga kelishi

2. Dastlabki sug‘urta kompaniyalarining vujudga kelishi va ularning 
faoliyat taxlili 
Bugungi kunda respublikamiz sug‘urta bozorining keskin sur’atlar bilan 
rivojlanib borishiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Albatta, bu o‘z-o‘zidan emas, balki 
hukumatimiz tomonidan sug‘urta sohasini rivojlantirishga qaratilgan alohida 
e’tibor tufaylidir. Sug‘urta faoliyatini yanada takomillashtirish dasturi doirasida 


sohaga oid hukumat miqiyosida bir nechta qonun va qator meyoriy xujjatlar ishlab 
chiqilib, sug‘urta bozori ishtirokchilariga o‘z faoliyatini yanada rivojlantirish 
uchun keng sharoitlar yaratib berildi. 
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2007 yil 10 
apreldagi “Sug‘urta xizmatlari bozorini isloh qilish va yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari thg‘risida”gi 618 sonli va 2008 yil 21 maydagi “Sug‘urta xizmatlari 
bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi 872-sonli Qarorlari o‘z talablariga ko‘ra, sug‘urta infratuzilmasini 
takomillashtirib, sug‘urta bazorida sog‘lom raqobatni yuzaga keltirdi. SHuningdek, 
sug‘urta kompaniyalarining investitsion jarayonlaridagi ishtiroki rag‘batlantirilib, 
ularning hududiy tarmoqlarini kengaytirishga imkon berdi. 
Dasturning eng katta yutug‘i uning asosida O‘zbekiston Respublikasining 
“Transport vositalari egalarining fuqorolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash 
tug‘risida” gi va “Ish beruvchining fuqorolik javogarligini majburiy sug‘urta qilish 
to‘g‘risida”gi qonunlarning qabul qilinishidir. Bu qonunlar sug‘urta xizmatlarini 
aholi va hujalik yurituvchi sub’ektlarning ijtimoiy-huquqiy munosabatlarini 
tartibga soluvchi kundalik zarurat bo‘lishiga olib keldi.. Bundan tashqari, qabul 
qilingan qonunlar va qarorlar hayoida to‘laqonli tatbiq etilishi uchun yigirmadan 
ortiq meyoriy xujjatlar qabul qilinganligini ham alohida aytib o‘tish lozim. 
CHunki, sug‘urtalash, sug‘urta faoliyati va sug‘urta nazoratining qonunchilik va 
normativ-huquqiy bazasini halqaro amaliyotga muvofiq takomillashuvi natijasida 
ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlari, ayniqsa, tadbirkorlik faoliyati, import-eksport 
operatsiyalarini sug‘urtalash, hayotni uzoq muddatga sug‘urtalash, shu jumladan, 
sug‘urtaning jamg‘arma turlari sohasida sug‘urta xizmatlari xajmini, ko‘lamini 
kengaytirish va sifatini oshirishda, shuningdek, respublika sug‘urta bozorini 
xalqaro sug‘urta bozorlariga integratsiyalashishida, sug‘urta sohasi xodimlarini 
tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining izchil olib 
borilishi yo‘lga qo‘yildi. Bunday imkoniyat va imtiyozlardan samarali foydalangan 


“O‘zagrosug‘urta” kompaniyasining ham doimiy ravishda tashkiliy va moliyaviy 
ahvoli barqarorlashib bormoqda. 
Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida sug‘urta xizmatining alohida o‘rni 
bor. SHu bois mustaqilligimizning ilk davralarida iqtisodiyotning barcha 
bo‘g‘inlarida monopoliyaga barham berilib, xususiylashtirish jarayoni kechayotgan 
bir paytda O‘zbekiston sug‘urta bozorida davlat sug‘urta muassasalarining 
ustunligi saqlanib qoldi. 
“O‘zagrosug‘urta” AJ O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 1997 
yil 25 fevraldagi “O‘zagrosug‘urta” AJni tashkil etish to‘g‘risida”gi 1713-sonli 
Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 
martdagi 
“O‘zagrosug‘urta” 
AJ 
faoliyatini 
tashkil 
etish 
masalalari 
to‘g‘risida”gi 125-sonli Qaroriga asosan Davlat aksiyadorlik jamiyati shaklida 
tashkil etilgan. 
Ushbu Farmon asosida sug‘urta sohasini samarali rivojlantirishni ta’minlash, 
dehqonchilik mahsuloti etishtiruvchilarni va aholini sug‘urta yo‘li bilan himoya 
qilish uchun shart-sharoitlarni yaratish maqsadida: 
- O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Qishloq va suv xo‘jaligi 
vazirligining, «O‘zdavpaxtasanoatsotish» uyushmasining, «O‘zdonmahsulot» 
korporatsiyasining, «Paxtabank», «G‘allabank», «Mevasabzavotbank» tijorat 
banklarining O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi davlat sug‘urta 
bosh boshqarmasi negizida «O‘zagrosug‘urta» AJni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi 
qabul qilindi va belgilab qo‘yildiki, «O‘zagrosug‘urta» AJ ochiq turdagi aksiyadorlik 
jamiyati shaklida tashkil qilindi hamda u barcha mulkiy va nomulkiy huquqlar va 
majburiyatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat 
sug‘urtasi bosh boshqarmasining huquqiy vorisi hisoblanadi. 
- Quyidagilar «O‘zagrosug‘urta» AJ faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib 
belgilandi: 


 dehqonchilik sohasida tovar ishlab chiqaruvchilarning mulki va 
mahsuloti sug‘urta yo‘li bilan qilinishini ta’minlash; 
 dehqonchilik sohasidagi tovar ishlab chiqaruvchi – qarz oluvchilarning 
to‘lashga qodirligini o‘rganish hamda tijorat banklari tomonidan qishloq xo‘jalik 
korxonalariga ishlab chiqarishni rivojlantirish va dehqonchilik sohasidagi 
loyihalarni amalga oshirish uchun ajratib beriladigan kreditlarni qoplashga 
sug‘urta kafolatlarini taqdim etish; 
 dehqonchilik mahsulotlarini etishtirish bo‘yicha ishlarni o‘tkazish uchun 
avans tariqasida beriladigan mablag‘lar qaytarilishini sug‘urtalash; 
 yuridik va jismoniy shaxslarga har tomonlama sug‘urta xizmatlari 
ko‘rsatish, qishloq va shahar aholisining shaxsiy hamda mulkiy manfaatlari 
sug‘urta yo‘li bilan himoya qilinishini ta’minlash. 
- «O‘zagrosug‘urta» AJ va uning hududiy bo‘linmalari daromad va mulk 
soliqlarini to‘lashdan besh yilga ozod qilindi va bunda soliqqa tortishdan 
bo‘shagan 
mablag‘larning 
hammasi 
kompaniyaning 
sug‘urta 
(zaxira) 
jamg‘armasini ko‘paytirishga yo‘naltirilishi belgilab qo‘yildi. 
Kompaniyaning Ustav jamg‘armasi 2014 yil yakunlari bo‘yicha 23,535 mlrd. 
so‘mni tashkil etdi.
1
Kompaniyaning asosiy ta’sischilari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
 O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi 75,6%; 
 «Uzpaxtasanoat» Uyushmasi 13,18%; 
 OATB «Agrobank» 6,32%; 
 OATB «Turonbank» 2,3%; 
 Ansher Investments LLP 1,25%; 
 «Diamond Age Russian Inv.Ltd» Kompaniyasi 0,58%; 
 OATB «Qishloqqurilishbank» 0,47%; 
1
 
www.agros.uz
 sayti ma'lumotlari 


Kompaniya O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2014 yil 30 
iyundagi SF 00190-sonli Litsenziyasi asosida faoliyat yuritadi. 
“O‘zagrosug‘urta” AJ universal sug‘urta kompaniyalaridan biri bo‘lib, barcha 
turdagi yuridik va jismoniy shaxslarga 100 dan ortiq sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatib 
kelmoqda. 
Sug‘urta xizmatlarini kulay va tezkor takdim etilishini ta’minlash maksadida 
kompaniya butun Respublika bo‘ylab 200 dan ortiq hududiy bo‘linmalar va 491 ta 
agentlik shaxobchalariga ega. Bu Respublikaning nafaqat yirik shaharlarida, balki 
eng chekka hududlarida yashovchi va faoliyat yurituvchilarga sifatli sug‘urta 
xizmatlaridan foydalanish uchun katta qulaylik demakdir. 2015 yil yakuniga ko‘ra 
kompaniya bo‘yicha yuridik va jismoniy agentlar soni 2142 taga etdi.
2
Kompaniya O‘zbekiston sug‘urta bozorining eng birinchi va bugungi kunda 
eng ilg‘or kompaniyalaridan biri sifatida o‘z o‘rni va imidjiga ega. U izchil 
rivojlanish yo‘lidan borib, mamlakatimizda sug‘urta ishini iqtisodiyotning muhim 
tarmog‘iga aylantirish, aholi o‘rtasida sug‘urta madaniyatini oshirish, mijozlarga 
aynan ular xoxlagan sug‘urta xizmatlarini taklif etish, ilm-fanning eng ilog‘or 
g‘oyalarini ishlab chiqarish jarayonlariga tadbiq etish va kadrlarning ishlab 
chiqarish samaradorligini yanada yaxshilash siyosatlarini amalda qo‘llamokda. 
Kompaniya doimiy ravishda mijozlar talablarini o‘rganib, taklif etilayotgan 
sug‘urta turlari sodda va qulay bo‘lishiga katta e’tibor qaratadi. Mijozlar oldidagi 
majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarib borishi natijasida kompaniyaga 
bo‘lgan ishonch mustahkamlanib, uning mijozlari soni yildan-yilga ortib 
bormoqda. 
Kompaniya mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun doimiy ravishda o‘z 
xodimlarini malakasini oshirib borishga katta e’tibor beradi. 
2
 
www.agros.uz
 sayti ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi. 


 “O‘zagrosug‘urta” AJ ning bugungi kundagi asosiy 
vazifalari quyidagilardan iborat: 
 
mas’uliyatlillik va xaqqoniylik; 
 
mijozlar bilan uzoq muddatli va o‘zaro foydali hamkorlikni maqsad 
qilish; 
 
amalga oshiriladigan sug‘urta bitimlarini samaradorligini, ishonchliligini 
ta’minlash; 
 
ish yuritish etikasiga rioya qilish; 
 
mijozlarga kompleks va sifatli xizmat ko‘rsatish; 
 
keng qamrovli sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish; 
 
yangi axborot texnologiyalarni amaliyotda keng qo‘llash; 
 
yangi sotuv yo‘llarini shakllantirish; 
 
ko‘rsatilayotgan sug‘urta xizmatlarining oydinligini ta’minlash. 
“O‘zagrosug‘urta” AJ ning sug‘urta xizmatlarini tahlil davomida kompaniya 
faoliyatining quyidagi ko‘rsatkichlari o‘rganib chiqildi: 
 

10000 
20000 
30000 
40000 
50000 
60000 
70000 
80000 
90000 
2010 yil 
2011 yil 
2012 yil 
2013 yil 
2014 yil 
5640 
6405,4 
8590,9 
9453,5 
13026,1 
17538,2 
23162,8 
28469,5 
33506 
36556 
5746,7 
7954 
9142,5 
18744,8 
31701,8 
28924,9 
37522,2 
46202,9 
61704,3 
81283,9 
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi 
Aholi sug‘urtasi 
Boshqa sug‘urta turlari 
Jami: 



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling