Kurs ishi mavzu: Dastlabki sug‘urta kompaniyalarining vujudga kelishi Bajardi


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana06.11.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1750205
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
dastlabki sugurta kompaniyalarining vujudga kelishi

 
 
Kompaniyaning 2011 – 2015 yilda sug‘urta portfelining tarkibini o‘rganib 
chiqib quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin: 
Kompaniyanng jami sug‘urta portfelini 100 foiz deb qabul qilsak, bunda 
2015 yil yakunlariga kelib, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini 
majburiy sug‘urtasi 18,61 foizni, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy 
sug‘urtasi 0,71 foizni, baxtsiz xodisalardan extiyot shart sug‘urta 64,20 foizni, mol 
– mulk sug‘urtasi 15,70 foizni, ixtiyoriy javobgarlik sug‘urtasi 0,45 foizni, qishloq 
xo‘jalik ekinlari xosilini sug‘urtasi 0,33 foizni tashkil etganligini ko‘rishimiz 
mumkin. 
 “Kafolat” AJsug‘urta kompaniyasi faoliyat yunalishlari
Kompaniya o’z faoliyatini 1997 yilda Vazirlar Mahkamasining 
144 – sonli 
maxsus qarori 
asosida boshlagan. O’tgan davr mobaynida kompaniya rahbariyati 
asosiy e’tiborni qobiliyatli mutaxassislar jamoasini shakllantirishga qaratdi. 
Mutaxassislarning kasb mahoratini oshirishga, o’qish va o’rganish hamda yangi 
kelayotgan xodimlarning jamoaga tez ko’nikishlari uchun etarli sharoit yaratishga 
qaratilgan kadrlar siyosati yangi kuch va tashabbuslarning kelishini ta’minladi. 
Tajribali mutaxassislarning boy amaliy va uslubiy tajribasini hamda yosh 
mutaxassislarning yangi g’oyalarini oqilona uyg’unlashtirish esa murakkab 
raqobatchilik sharoitida qo’yilgan vazifalarni tez va samarali hal qilishga qodir 
jamoani tashkil qilish imkonini berdi. 
4
“O‘zagrosug‘urta” AJ ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi. 


O’tgan davr mobaynida kompaniya barqaror rivojlandi va mamlakatda 
yig’ilayotgan sug’urta mukofotlari hajmi bo’yicha etakchilardan biriga aylanib, 
universal sug’urtalovchi degan maqomga sazovor bo’ldi. Sug’urta xizmatlari 
bozorida ishonchli, barqaror sug’urtalovchi hamda mijozlariga hamkor ekanligini 
isbotlay oldi.
Kompaniya o’z faoliyatini boshlagan kundan e’tiboran sug’urta sohasida o’z 
mijozlari oldida barqaror va ishonchli kompaniya sifatida hurmat qozonishga 
harakat qilib, nizom jamg’armasini muntazam ravishda oshirib bordi. Xususan, 
kompaniya 500,0 mln. so’mlik nizom jamg’arma bilan tashkil etilgan bo’lib, 
aktsiyadorlari Moliya vazirligi, «Asaka bank», «Ipak yo’li» banki va boshqalaridan 
iborat bo’lgan bo’lsa, ayni vaqtda ushbu ko’rsatkich 14,6 mln.evroga etkazildi va 
kompaniya bu borada respublikadagi sug’urtalovchilar o’rtasida eng yiriklaridan 
biriga aylandi. Hozirda 600 dan ortiq yuridik va jismoniy shaxslar kompaniya 
aktsiyadorlari hisoblanadi. Bugunga kelib aktsiyadorlar safi Tashqi iqtisodiy 
faoliyat Milliy banki, Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq tog’-
metallurgiya kombinati, «Aloqa bank» kabi yirik korxona va tashkilotlar bilan 
kengaydi. 
So’nggi yillarda mintaqaviy tarmoqni kengaytirishga qaratilgan siyosat 
kompaniya faoliyatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. 
Xususan, Kompaniya eng yirik mintaqaviy bo’linmalar tarmog’iga ega bo’lishiga 
qaramay aholi va tashkilotlarga yaqinlashish hamda mijozlarga yanada qulayliklar 
yaratish maqsadida birgina so’nggi besh yilda respublikamizning 70 dan ortiq aholi 
manzilgohida (asosan qishloq tumanlari markazlarida) yangi bo’linmalarini ochdi. 
Hozirgi kunga kelib kompaniya tarkibida 165 ta hududiy bo’linmalar, jumladan, 15 
ta filial, 38 ta bo’lim va 112 ta agentlik yuridik va jismoniy shaxslarga keng 
qamrovdagi sug’urta xizmatlarini ko’rsatmoqdalar. Bundan tashqari aholi va 
korxona-tashkilotlarga bevosita joylarda sug’urta xizmati ko’rsatish sohasida 


kompaniyaning 1000 ga yaqin yuridik va jismoniy sug’urta agentlari safarbar 
etilgan. 
Kompaniya aholi, korxona va tashkilotlarga yanada yaqin bo’lish maqsadida 
xizmat ko’rsatish tarmog’ini kengaytirmoqda hamda har bir mijozning zamonaviy 
talablariga javob beruvchi sug’urta turlari spektrini taqdim etib kelmoqda. 
Kompaniya xodimlari mijozlarning talab va istaklarini qondira oladigan yangi 
yo’nalishlar va sug’urta turlarini yaratish ustida doimiy ravishda ish olib 
borishmoqda. 
Kompaniya tashkil topgan dastlabki yillarda majburiy va ihtiyoriy sug’urta 
sohasining 25 turi bo’yicha xizmat ko’rsatilgan bo’lsa, hozirga kelib, umumiy 
sug’urta tarmog’ining barcha 17 ta klasslari doirasida 80 dan ortik sug’urta 
turlarini taklif etib kelmoqda. Hususan, so’nggi yillarda ixtiyoriy tibbiy sug’urta, 
ipoteka sug’urtasi, lizing sug’urtasi, garovga qo’yilayotgan avtotransport 
vositalarini 
kompleks 
sug’urtalash, 
eksport 
shartnomalarini 
kompleks 
sug’urtalash, ijaraga olingan ko’chmas mulk sug’urtasi, tibbiyot xodimlarining 
kasbiy javobgarligini sug’urtalash kabi bir qancha yangi sug’urta turlari ishlab 
chiqilib amaliyotga tadbiq etildi. 
Sug’urta bozoridagi boshqa kompaniyalardan farqli ravishda kompaniya har yili o’z 
rejalarini davlatimiz rahbariyati tomonidan belgilab berilayotgan mamlakatni 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga mos ravishda ishlab 
chiqib, respublikamiz iqtisodiyotining rivojlanishiga va aholi turmush sharoitining 
yaxshilanishiga o’z hissasini qo’shib kelmoqda. Davlat ijtimoiy dasturlarining 
amalga oshirilishida ko’maklashish kompaniya strategiyasidan alohida o’rin olgan.
Qator yillar mobaynida to’plangan boy tajriba, kompaniyani rivojlantirish 
tadbirlarining bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ma’lum ijobiy natijalarga olib 
keldi. «Kafolat» AJ barcha asosiy iqtisodiy ko’rsatkichlarda o’sishga, kadrlar 
tarkibini yaxshilash va moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlashga erishdi. 


Natijada so’nggi yillarda Kompaniya asosiy ko’rsatkichlar bo’yicha milliy sug’urta 
bozorining oldingi beshtaligi qatoridan joy olib kelmoqda.
Sug’urta qoplamalarini to’lash uchun hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonini 
takomillashtirish, sug’urta hodisasi sodir bo’lgan vaqt bilan sug’urta qoplamasini 
to’lash vaqti oralig’ini qisqartirishga alohida e’tibor berilmoqda. Kompaniyaning 
sug’urta shartnomalari bo’yicha tuzilgan majburiyatlarni to’liq va o’z vaqtida 
bajarishga intilishi sug’urta hodisalari bo’yicha to’lovlarning o’sishida o’z tasdig’ini 
topmoqda. 
Sug’urta portfelini samarali boshqarish sug’urta kompaniyasining moliyaviy 
barqaror va jadal rivojlanishining garovi hisoblanganligi uchun, eng asosiy 
vazifalardan biri sug’urta portfelini diversifikatsiyalash faoliyati muhim o’rin 
egallaydi. 
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq, tasdiqlangan me’yor darajasidagi to’lov 
qobiliyatini va sug’urta portfelining balans holatini ta’minlash hamda sug’urta 
xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida kompaniya milliy va xorijiy 
sug’urtalovchilar bilan hamkorlikda qayta sug’urtalash operatsiyalarini faol amalga 
oshirib kelmoqda. Jumladan, bu yo’nalishda Kompaniya xorijiy sheriklardan «VTA» 
ESK (Latviya), «Ingosstrax», «Kapital Perestraxovanie» YoAJ, «Rosno» OAJ, 
«Moskva-Re», «Rosgostrax» OAJ (Rossiya) hamda milliy sug’urta kompaniyalardan 
«O’zbekinvest» EIMSK, «Alfa Invest» SK YoAJ bilan tegishli shartnomalar asosida 
samarali hamkorlik qilmoqda. 
«Kafolat» AJning o’z faoliyati davomida erishgan yutuqlaridan biri miqdoriy 
ko’rsatkichlar bilan birga moliyaviy-iqtisodiy natijalarining sifat ko’rsatkichlarida 
ham ijobiy natijalar qayd etilganligi hisoblanadi. Misol tariqasida, xodimlar 
sonining deyarli yarimiga qisqartirilishiga qaramasdan sug’urta mukofotlari 
tushumi hajmi 68,0 marotabaga oshirildi.


O’zbekiston Respublikasining Kadrlarni tayyorlash milliy dasturini faoliyatga 
tadbiq etish borasida kompaniya tizimida ma’lum ishlar amalga oshirilmokda. 
Jumladan, Direktsiya, Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, 
«Anderrayting markazi» filiallari, ularning tasarrufidagi bo’linma va agentliklarda 
xizmat qilayotgan yosh mutaxassislar orasidan iste’dodli, yangilikka intiluvchan, 
raqobat sharoitida ishlay oladigan, ijtimoiy-iqtisodiy islohatlarni amalga oshirishga 
qodir bo’lgan nomzodlarni tanlab olish, ularning siyosiy, ma’naviy-ahloqiy saviyasi 
hamda professional malakasini oshirish bo’yicha ma’lum tizimli ishlar qilindi va 
davom ettirilmoqda. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, Vazirlar Maxkamasi 
qarorlari asosida ishlab chiqilgan kompaniyaning xodimlar siyosati va uni 
harakatga keltiruvchi mexanizmlari faoliyatni amalga oshirish uchun qabul 
qilingan barcha ichki me’yoriy hujjatlarni hayotga tadbiq etish shakl va uslublari 
asosida olib borilmoqda. 
Kompaniya 
rahbariyati 
va 
xodimlarining 
sifat 
tarkibini o’rganib borish va uni yaxshilash jarayoni bo’yicha tegishli ishlar do
imiy tarzda tashkil etilgan bo’lib, har chorakda bir marotaba hududiy filiallar 
va ularning tasarrufidagi bo’linma hamda agentliklar miqyosida ushbu 
yo’nalishdagi ma’lumotlar bazasi monitoring qilinib tartibga solib boriladi. 
O’tgan 
20 
yillik 
kisqa 
davr 
mobaynida 
kompaniya 
tizimida 
faoliyat 
yuritayotgan 
50 
nafardan 
ziyod 
xodim 
va 
iqtidorli yoshlar oliy o’quv yurtlarini birinchi va ikkinchi mutaxassislik bo’yicha 
bitirdilar. 
950 
nafardan 
ziyod 
xodim 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi 
akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabining Korporativ boshqaruv markazi, 
G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasining Toshkent 
shahar filiali, Moskva Davlat Xalqaro Iqtisodiy Munosabatlar instituti qoshidagi 


Sug’urta biznesi maktabi, Yaponiyaning «FALIA» hayot sug’urtasini rivojlantirish 
fondi, «Sug’urta olami» va boshqa o’quv markazlarida hamda bevosita 
kompaniyaning o’zida tashkil qilingan seminar-treninglarda qatnashib, o’z 
malakalarini oshirdilar. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va 
jamiyat qurilishi akademiyasini hamda O’zbekiston Bank-moliya akademiyasini 20 
nafar yosh mutaxassis muvaffaqiyatli bitirib, turli rahbarlik lavozimlarida 
ishlamoqdalar. 
Kompaniyaning strategik vazifalaridan kelib chiqqan holda, grant 
sovrindorligini qo’lga kiritgan 6 nafar iqtidorli yoshlar Toshkent shahrida 
menejmentni rivojlantirish Singapur institutida kompaniyaning homiyligi ostida 
taxsil olmoqdalar. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling