Kurs ishi mavzu: Davlat tashkilotlarida qo’llaniladigan dasturiy va apparat vositalar


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/28
Sana08.01.2022
Hajmi0.61 Mb.
#252223
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28
Bog'liq
kurs ishi tayyorlashga

 

12 


 

    Kompyuter tarmog‘idan foydalanish bosqichlarida tizimdagi axborotlarning 

butunligi va ulardan foydalanish huquqi quyidagilar orqali ta’minlanadi: 

– kompyuter tizimlarida mavjud axborotlarning butunligi; 

– kompyuter tizimlarining rad etishga barqarorligini oshirish

– tizimning qayta yuklanishi va «osilib qolishi»ni bartaraf etish; 

– axborot zaxiralarini yaratish; 

– qat’iy belgilangan dasturlar majmuidan foydalanish

– texnik xizmat ko‘rsatish va kam-ko‘stini to‘ldirish jarayonlarining o‘ziga xos 

tartibiga rioya qilish

– antivirus tadbirlari kompleksini o‘tkazish. 

    Axborotning butunligi va foydalanishga qulayligi apparat vositalar zaxirasini 

yaratish, foydalanuvchilarning xato harakatlarini blokirovka qilish, kompyuter 

tizimlarining ishonchli elementlaridan va barqaror ishlovchi tizimlardan 

foydalanish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tizim elementlarini qasddan ortiqcha 

ishlatish tahdidlari bartaraf etiladi. Buning uchun bajariladigan dasturlarga 

buyurtmalarni kelib tushish intensivligini o‘lchash mexanizmlaridan va bunday 

buyurtmalarni berishni cheklash yoki blokirovka qilish mexanizmlaridan 

foydalaniladi. Bunday hollarda ma’lumotlarni uzatish yoki dasturlarni bajartirishga 

bo‘lgan buyurtmalar oqimining birdaniga keskin oshib ketishini aniqlash imkoni 

ham oldindan nazarda tutilgan bo‘lishi kerak. 

     Kompyuter tarmog‘ida axborotlarning butunligi va foydalanishga qulayligini 

ta’minlashning asosiy shartlaridan biri ularning zaxiralarini hosil qilishdan iborat. 

Axborotlar zaxirasini yaratish strategiyasi axborotning muhimligini, kompyuter 

tizimlarining uzluksiz ishlashiga bo‘lgan talablarni, ma’lumotlarni tiklashdagi 

qiyinchiliklarni hisobga olgan holda tanlanadi. 

    Himoyalangan kompyuter tizimlarida faqatgina ruxsat etilgan dasturiy 

ta’minotdan foydalanilishi lozim. Foydalanishiga rasman ruxsat etilgan 

dasturlarning ro‘yxati, ularning butunligini nazorat qilishning usullari va davriyligi 

kompyuter tizimlarini ekspluatatsiya qilinishidan oldin aniqlanishi kerak. 

    




Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling