Kurs ishi mavzu: Davlat tashkilotlarida qo’llaniladigan dasturiy va apparat vositalar


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/28
Sana08.01.2022
Hajmi0.61 Mb.
#252223
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
Bog'liq
kurs ishi tayyorlashga

 

22 


 

Terminal  –  tegishli  dasturiy  ta’minot  o‘rnatilgan  ixcham  elektron-mexanik 

qurilma bo‘lib, u kartochka ushlovchilarga savdo-servis korxonalarida naqd pulsiz 

hisob-kitoblarni  amalga  oshirish  hamda  bank  muassasalari  va  xizmat  ko‘rsatish 

punktlarida  plastik  kartochka  orqali  naqd  pul  olish  imkonini  beradi.  Savdo 

terminallari turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan ancha keng turlarda chiqariladi va 

ulardan  foydalanish  xususiyatlariga  qarab,  u  yoki  bu  funksional  imkoniyatlar  va 

opsiyalarga ega bo‘lishi mumkin. 

Milliy bank savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi korxonalariga 

terminallarning quyidagi modellarini taklif etadi: Monetel EFT10, Monetel EFT 20, 

Ingenico  5100,  Sagem  EFT  Smart,  Nypercom  T7Ps    va  XiMAX.  Ular  o‘z 

funksionalligiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: 

to‘liq funksional statsionar terminallar – bu, Monetel EFT10, 

Ingenico 5100, Sagem EFT Smart bo‘lib, ularning ichiga modem o‘rnatilgan, 

Mikroprotsessorli kartochkalar uchun 2ta rider va magnit tasmali kartalar uchun 1ta 

rider,  termobosma  qurilmasi,  220V  kuchlanishga  ulanadigan  alohida  ta’minot 

manbai  va  mijoz  uchun  alohida  klaviatura  bor.  Shuningdek,  Nypercom  T7Ps  – 

magnit  tasmali  Visa  xalqaro  plastik  kartochkalari  bo‘yicha  naqd  pulsiz  “to‘lov” 

hamda  “naqd  pul  berish”  operatsiyalarini  bajarish  uchungina  mo‘ljallangan.  U 

magnit  tasmali  kartochkalar  uchun  1ta  rider,  termobosma  qurilmasi  hamda  220V 

kuchlanishga ulanadigan alohida ta’minot manbaiga ega; 

to‘liq funksional ko‘chma terminallar – bu, Monetel EFT 20 bo‘lib, uning tarkibida 

mikroprotsessorli kartochkalar uchun 2ta rider va magnit tasmali kartalar uchun 1ta 

rider, termobosma qurilmasi bor, modem o‘rnatilgan, shuningdek akkumulatorlarni 

zaradlash uchun alohida qurilma bilan jihozlangan;  

miniterminallar – bu, XiMAX bo‘lib, uning tarkibida mikroprotsessorli kartochkalar 

uchun 2ta rider bor. Bu terminal alohida ta’minot manbaiga ega (1,5 voltli ikkita 

batareyka). Bu terminal g‘oyat ixchamligi bilan ajralib turadi (cho‘ntakda olib 

yuriladigan kalkulatordek). Bu qurilmalardan to‘lov cheki o‘rniga xaridorlarga 

kvitansiyalar, chiptalar,  jetonlar va  to‘lovni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar beradigan 

savdo nuqtalarida foydalanish mumkin. Mazkur terminallar foydalanish uchun 





Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling