Kurs ishi mavzu: Davlat tashkilotlarida qo’llaniladigan dasturiy va apparat vositalar
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
kurs ishi tayyorlashga
5
Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, ayni paytda global iqtisodiyotda kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari, dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqarish va ular asosida keng turdagi interfaol xizmatlar ko’rsatishni o’z ichiga olgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasining roli va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi mamlakatning raqobatdoshlik darajasiga ta’sir ko’rsatishi, katta hajmda axborot to’plash va uni umumlashtirish imkonini berishi, boshqarishni strategik darajada tashkil etish uchun keng imkoniyatlar ochib berishini unutmasligimiz zarur». O’zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida»gi qonunida axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat siyosati axborot sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlashdan iborat deb belgilangan. ««Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida»gi Qonunning qabul qilinishi har kimning axborotni erkin va moneliksiz olish hamda foydalanish huquqlarini amalga oshirishda, shuningdek, axborotning muhofaza qilinishi, shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi». 2018-yil 9-yanvar kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish va xavfsizligini ta’minlash bo’yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligiga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi. Bu bejiz emas albatta. Yig’ilishda erishilgan natijalar alohida qayd etilar ekan, 2018-yilda va yaqin istiqbolda amalga oshirilishi zarur bo’lgan ustuvor vazifalar haqida ham so’z bordi. Prezident axborot texnologiyalari sohasida hali qilinadigan ishlar ko’pligi, erishilgan natijalar boshqa davlatlarga qaraganda ancha past ko’rsatkichda ekanligini qayd etdi. Yosh avlodga katta e’tibor qaratish, yosh avlodni axborot texnologiyalariga bo’lgan qiziqishini oshirish zarurligi to’g’risida tegishli vazirlik va idoralarga topshiriqlar berib o’tdilar.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling