Kurs ishi mavzu: Ekologik munosabatlarni tartibga solish yo’llari


O‘simlik resurslari, ularni muhofaza qilish


Download 155.38 Kb.
bet5/9
Sana19.06.2023
Hajmi155.38 Kb.
#1602944
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ekologik munosabatlarni tartibga solish yo’llari.

O‘simlik resurslari, ularni muhofaza qilish

O‘simliklar dunyosi Yerdagi hayotning birlamchi manbaidir.Ular yimliga 380 mlrd t organik modda ‘osil qiladi, buning 325 mlrd t si dengiz va okean simliklariga, 38 mlrd t si O‘rmonlarga, 6 mlrd t si o‘tloqlarga to‘g‘ri keladi.Bundan tashqari
O‘simliklar, ya’ni yashil o‘simliklar tufayli fotosintez jarayoni ro‘y beradi, Yerdagi hayotning yashashi uchun zarur bo‘lgan kislorodni ishlab beradi. Agar fotosintez jarayoni bo‘lmasa, havodagi ugle-rod (SO 42 0) ning miqdori ko‘payib kishilar va xayvonlar nobud bo‘lur edi. Biroq atmosferadan, suv yuzasidan va tuproqdan kela-yotgan o‘sha SO 42 0gazi o‘simliklar tomonidan yutilib, fotosintez ja-rayoni natijasida yashil o‘simliklar atrofga O ni chiqarib turadi. Fotosintez orqali Yer sharidagi suv 5,8 mln yilda,atmosferadagi O 5800 yilda, SO 42 0 7 yilda bir marta yangilanib turadi.
Insonning kundalik hayotida o‘simliklarning axamiyati juda katta. Chunki o‘simliklar muxim tabiiy geografik omil sifatida yer yuzasida suv oqimiga, bug‘lanishiga, tuproqda nam saqlashga, atmosferaning quyi qismidagi havo oqimiga, shamol kuchi va yo‘na-lishiga, xayvonlarning hayotiga ta’sir etadi.
O‘simliklar shahar, qishloq mikroiqlimiga ta’sir etib, havo-ni tozalab, uni kislorod bilan boyitib, turuvchi sanitarlik vazifasini xam bajaradi.
O‘simliklar- bu qayta tiklash mumkin bo‘lgan tabiiy resurs ‘isoblanib, Yer shari geografik qobig‘ida muxim rol o‘ynaydi.
Chunki o‘simliklar sayyoramiz yuzasining go‘yoki bir «kimxob» sifatida qoplab olib, tuproq ‘osildorligini oshirishda, atmosferani toza saqlashda, daryolarning gidrologik rejimini tartibga solib turishda, inson hayoti uchun normal gigienik sharoit yaratishda muxim vazifani bajaradi.
2.1. O‘simliklarni tabiatdagi va inson hayotidagi
axamiyati.
Inson xo‘jalik faoliyatida o‘simliklardan foydalanishda ular-ga xam ijobiy, xam salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Inson xo‘jalik fao-liyatida yangi O‘rmonzorlar tashkil etish, madaniy o‘simliklarni ko‘paytirish, yaylov va o‘tloqzorlar sifatini yaxshilash va territo-riyasini kengaytirish ‘isobiga o‘simliklar maydonini ko‘paytirib boradi. Buning ustiga ilg‘or agrotexnikani qo‘llab ekilgan ekin-larda yashil massalar miqdori tabiiy o‘simliklarga nisbatan yuqori bo‘ladi, yashil o‘simlik massalarining miqdori botqoqlik va zaxkash yerlarni quritish, tuproq sho‘rini yuvish, yerlarni sug‘orish, o‘simlik-larga mineral va organik o‘g‘itlar solish, o‘simlik kasalliklariga va zararkunandalariga qarshi kurashish, madaniy o‘simliklarning yangi navlarini yaratish orqali ko‘paytirilib boriladi. Bularning xammasi insonning o‘simliklar dunyosiga ko‘rsatayotgan ijobiy ta’siridir.
Kishilar xo‘jalik faoliyatida o‘simliklardan plansiz, pala-partish foydalanish, yong‘inlarni vujudga keltirish, turli xil qurilishlar (shaharlar, sanoat ob’ektlari, yo‘llar, gidrotexnik inshootlar) va tog‘-kon sanoatining rivojlanishi nitajasida o‘sim-liklar maydoni qisqarib, atmosferaning antropogen ifloslanishi, turli xil ximiyaviy moddalarni ishlatilish natijasida o‘simliklar ‘olati yomonlashib bormoqda.
O‘rmonlar kishilik jamiyati taraqqiyoti davrida undan in-tensiv foydalanish natijasida tabiiy ‘olati o‘zgarib, maydoni qisqarib bormoqda.
O‘rmonlar kishilik jamiyati taraqqiyoti davrida undan in-tensiv foydalanish natijasida tabiiy ‘olati o‘zgarib, maydoni qisqarib bormoqda. agar bundan 3-3,5 yil ilgari Yer yuzasining 47 % ini O‘rmonlar qoplagan bo‘lsa, xozir uning maydoni 27 % ni tashkil etadi. Yer yuzasida yaylov va o‘tloqlar maydoni esa 2600 mln ga.
O‘rmonlar dunyo bo‘yicha notekis joylashgan 4060 mln ga (133619 mln. m3 yog‘och zapasi mavjud) O‘rmonlar maydonining 140 mln ga ri Yevropada, 824 mln ga ri Shimoliy va Markaziy Amerikada, 904 mln ga Janubiy Amerikada, 635 mln ga ri Afrikada, 510 mln ag ri Osiyoda, 82 mln ga ri Avstraliya va Okeaniyada joylashgan. O‘zbekistonda 2,37 mln ga yerda O‘rmonlar mavjud.


Download 155.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling