Kurs ishi mavzu: Ekologik munosabatlarni tartibga solish yo’llari


Download 155.38 Kb.
bet8/9
Sana19.06.2023
Hajmi155.38 Kb.
#1602944
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ekologik munosabatlarni tartibga solish yo’llari.

Xulosa
Huquqiy munosabatlar — huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar. Bunday munosabatlar ishtirokchilari tegishli yuridik huquq va majburiyatlarga ega boʻladilar. Masalan, ishga kirish bilan bogʻ-liq huquqiy munosabatda ishga qabul qilingan xodimda muayyan mehnat faoliyatini amalga oshirish majburiyati, korxona maʼmuriyatida esa tegishli ish haqi toʻlash majburiyati paydo boʻladi. Ayni paytda, ikkala tomon ham qonunda belgilangan qator huquqlardan foydalanadi. Huquqiy munosabatlar yuzaga kelishi uchun moddiy asoslar (tomonlarning xohish-istagi, manfaati) va yuridik asoslar (shu ijtimoiy munosabatni tartibga soladigan tegishli huquq normasinnng mavjudligi, tomonlarning huquq va muomala layoqatiga ega boʻlishligi, yuridik faktning mavjudligi) boʻlishi lozim.
Huquqiy munosabatlarning mazmunini tashkil etuvchi, ularning vujudga kelishi uchun zarur boʻlgan tarkibiy qismlari bor. Bular Huquqiy munosabatlarning subʼyekti, obʼyekti, subʼyektiv huquq va yuridik majburiyatlardir (qarang Huquq subʼyekti, Huquq obʼyekti). Subʼyektiv huquq huquqdor shaxsning huquq normalari doirasida hamda konkret yuridik faktlar asosida vujudga keluvchi xatti-harakati, feʼl-atvorining meʼyoridir. Subʼyektiv huquq huquqiy munosabat ishtirokchilarining tegishli huquq normasiga asosan unda koʻzda tutilgan harakatni sodir qilishga haqli ekanliklarini yoki maʼlum harakatlarni amalga oshirilishini talab qilish vakolatiga ega ekanliklarini bildi-radi. Yuridik majburiyat — huquqiy munosabat ishtirokchilarning tegishli huquqiy normaga asosan oʻzlarining burchi (majburiyati) boʻlgan harakatni amalga oshirishlari yoki muayyan harakatni sodir etishdan oʻzlarini tiyishlaridir. Yuridik majburiyatni bajarmaslik yuridik javobgarlikka olib keladi. Subʼyektiv huquq va yuridik majburiyat oʻzaro bogʻliqdir. Huquq majburiyatsiz mavjud boʻlmaydi. Aytaylik, ish vaqtidan tashqari ishlaganlik tufayli oshirilgan haq toʻlash — maʼmuriyat uchun majburiyat, xodim uchun — huquqdir. Huquqiy munosabatlar huquq tarmoqlariga koʻra konstitutsiyaviy, maʼmuriy, fuqarolik-huquqiy, jinoiy-huquqiy, mehnat, oilaviy va boshqa turlarga boʻlinadi. Oʻzining vazifasi, mazmuniga koʻra, umumiy tartibga soluvchi (regulyativ) va qoʻriqlovchi (negativ) Huquqiy munosabatlarga ajratiladi. Huquqiy munosabatlar umumiy va konkret, mutlaq va nisbiy turlarga ham boʻlinadi. Umumiy Huquqiy munosabatlar deganda, avvalo, fuqarolarning asosiy huquq, erkinlik va majburiyatlarini mustahkamlovchi konstitutsiyaviy normalar asosida vujudga keluvchi munosabatlar tushuniladi. Fuqarolar qonunda nazarda tutilgan vakolatlarga ega boʻlgach, barcha huquq subʼyektlari bilan huquqiy aloqadorlikka hisoblanadilar. Mazkur huquq va erkinliklar amalga oshirilsa aniq Huquqiy munosabatlar vujudga keladi. Mutlaq Huquqiy munosabatlarda bir taraf aniq maʼlum boʻladi — bu subʼyektiv huquq egasidir. Qolgan barcha subʼyektlar majburiyat oʻtovchi maqomida boʻladilar. Bunday Huquqiy munosabatlarga misol tarzida mulkchilik munosabatlarini koʻrsatish mumkin. Nisbiy huquqiy munosabatlarda barcha ishtirokchilar aniq belgilanadi, yaʼni huquq egasi ham, majburiyat oʻtovchi tomon ham (sotuvchi va xaridor, buyurtmachi va pudratchi, korxona rahbari va xodim) maʼlum boʻladi.


Download 155.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling