Kurs ishi mavzu: Firdavsiyning “Shoxnoma” asari manba sifatida


Bugungi kunda “Shoxnoma ” asarining manba sifatida o`rganishning tarixiy ahamiyati


Download 417.24 Kb.
bet6/9
Sana17.06.2023
Hajmi417.24 Kb.
#1527220
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
TULAGANOVA GULBAHOR 2-OLIY TALIM

2.2 Bugungi kunda “Shoxnoma ” asarining manba sifatida o`rganishning tarixiy ahamiyati
«Shohnoma»da tasvir etilgan voqealar eramizgacha bo’lgan 3223-yildan boshlanadi va 4 sulola tarixini o’z ichiga oladi. Bu sulolalar quyidagilardir: peshdodiylar sulolasi - eramizgacha bo’lgan 3223-782-yillar;kayoniylar sulolasi - eramizgacha bo’lgan 782-50-yillar;
ashkoniylar sulolasi - eramizgacha bo’lgan 50-yildan eramizning 150-yiliga qadar;somoniylar sulolasi - eramizning 150-651-yillari.
«Shohnoma» ana shu to’rt sulolaga mansub bahodirlar va podshohlar haqidagi qahramonlik va ishqiy-romantik dostonlar sflsilasidan iborat bo’lib, ularda ta’limiy-axloqiy mazmundagi lavhalar, pand-nasihatlar, lirik she’rlar va boshqalar ham bor.

«Shohnoma», kompozitsion qurilishiga ko’ra, turli hajmdagi 50 ta podshohlikning tasvir va tavsifidan iborat. Ayrim podshohliklarning tasviriga esa, o’z navbatida, yana bir necha dostonlar bag’ishlangan.
«Shohnoma» shartli ravishda uch qismga bo’linadi: 1) mifologik, 2) qahramonlik va 3) tarixiy qismlar. Agar mifologik qismga «Avesto»da qayd etilgan qadimgi miflar va kosmogonik tasawurlar aks etgan asarlar kirsa, qahramonlik qismini bahodirlar haqidagi Eron rivoyatlari tashkil etadi. Bu turkumdagi asarlar markazini Rustam obrazi egallaydi. Shu bilan birga Siyovush, Isfandiyor, Iskandar, Bahrom Go’r obrazlari ham shu turkumdagi dostonlarning g’oyaviy yo’nalishini belgilab keladi.
Firdavsiy «Shohnoma»si Sharq adabiyotida xamsachilik an’analarining paydo bo’lishi va shakllanishida muhim ahamiyatga molik bo’ldi. Nizomiy, Xusrav
pehlaviy, Navoiy xamsalaridagi ayrim sujet chiziqlari va qahramonlar Firdavsiy •«Shohnoma»sidan o’sib-unib chiqqan. Ana shunday qahramonlardan biri
Iskandardir. Navoiy, Firdavsiydan farqli o’laroq, Iskandarni to’Ia-to’kis ijobiy I qahramon darajasiga ko’tarib, u orqali o’z idealidagi odil podshoh obrazini yaratgan.
«Shohnoma»dagi pahlavonlar, shohlar, amaldorlar, lashkarboshilar, olimlar,
san’atkoriar, hunarmandlar, dehqonlardan iborat bir necha yuz personajlarni quyidagicha tasniflash mumkin:
 mifologik obrazlar: Kayumars, Hushang, Tahmuras, Jamshid va boshqalar.
 afsonaviy qahramonlar: Som, Narimon, Zol, Rustam, Gev, Bijon va •boshqalar.
 tarixiy personajlar Iskandar, Bahrom Go’r, Mazdak, Anushirvon, Xusrav Parviz va boshqalar.
«Shohnoma»dagi afsonaviy qahramonlar orasida Rustam bilan birga Kova : obrazlari alohida ahamiyatga molik.
Ahrimanning fitnasi bilan saltanatni egallab, ming yil davomida toj egasi bo’lgan Zahhok mamlakat ahlini qon qaqshatib, yelkasidan o’sib chiqqan ilonlarni ularning miyasi bilan parvarish etadi.
Temirchi Kova mamlakatda adolat daraxti qurigan va zulm-zo’ravonlik
Bavjga chiqqan bir zamonda bedodlikka qarshi bosh ko’taradi. U ofat va falokat, zulm va o’lim timsoli bo’lgan Zahhokka qarshi sabr kosasi to’lgan xalq ommasini yetaklaydi va xalq qo’zg’oloniga rahbarlik qiladi. Uning peshbandi xalq qo’zg’olonining bayrog’iga, zulmga qarshi ko’tarilgan qutlug’ harakatning
Eramziga aylanadi. Natijada xalq ommasining junbishga kelgan to’lqini Zahhok va uning saltanatini yemirib tashlaydi.

Ammo Firdavsiy tasavvurida yangi barpo etilajak rnamlakatga temirchi Kovaning rahbarlik qilishi g’ayri tabiiy edi. Shuning uchun ham u Zahhokning o’rniga Jamshidning o’g’li Faridunning saltanat sohibi bo’lgani va uning podshohlik davrida elu yurtda adolat tantana qilganini tasvirlashga alohida e’tibor beradi. Shu tarzda Faridun «Shohnoma»da odil podshoh sifatida talqin etiladi.
«Shohnoma» jahon adabiyotining muhtasham obidalaridan biridir. Asar boshidan oxiriga qadar aruzning mutaqorib bahri (faulo’n faulo’n faulo’n faul) da yozilgan. Firdavsiydan keyin qahramonlik dostonlarini aruzning shu bahrida yozish Sharq adabiyotida an’ana darajasiga ko’tarildi. Nizomiy Ganjaviy «Iskandarnoma», Xusrav Dehlaviy «Oinai Iskandariy», Abdurahmon Jomiy esa «Xiradnomai Iskandar» («Iskandarning donishmandligi nomasi») dostonlarini shu bahrda yozganlar. «Shohnoma»ning masnaviy yo’lidagi qofiya tizimi ham Sharq dostonchiligida barqarorlashgan.
O’zbek xalqi «Shohnoma» va uning muallifi Firdavsiyni uzoq zamonlardan beri e’zozlab keladi. Asar asliyati va turli tarjimalari xalqimiz tomonidan sevib o’qib kelinadi. U ilk bor 1682-yilda Mulla Xomush oxun - Xomushiy tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan. Oradan bir qancha vaqt o’tgach, Mulla Nodir Muhammad Buxoriy «Shohnoma»ning o’zbekcha nasriy variantini yaratgan.

Download 417.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling