Kurs ishi mavzu: Firdavsiyning “Shoxnoma” asari manba sifatida


“Shohnoma” asarining tarixiy ahamiyati haqida


Download 417.24 Kb.
bet4/9
Sana17.06.2023
Hajmi417.24 Kb.
#1527220
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
TULAGANOVA GULBAHOR 2-OLIY TALIM

1.2. “Shohnoma” asarining tarixiy ahamiyati haqida.



Sharq so‘z san‘atida pand-nasihat ruhi ustunroq, ochig‘i u shunisi bilan G‘arbdan farq qiladi ham. X asrdayoq buyuk Abu Ali ibn Sino Sharq ko‘proq nasihat yo‘li bilan, G‘arb esa hayotni real ko‘rsatish orqali kishini tarbiyalashga moyilligini maxsus qayd etib o‘tgan edi. Og‘zaki va yozma adabiyoti, axloqiy-diniy me‘rosi pand-hikmatga o‘ta boyligi uchun ham Sharqni jahonda donishmand deb bilishadi.

Didaktik adabiyot - badiiy ifodalangan pand-nasihat tarzdagi adabiyot bo‘lib,unda axloqiy-ta'limiy, ilmiy-falsafiy, diniy bilimlar va g‘oyalar badiiy talqin qilinadi. Adabiyot ildizi xalq og‘zaki ijodiga borib taqaladi ("Qobusnoma"). Turkiy adabiyotda didaktikaga oid ilk namunalar Mahmud Koshg‘ariyning "Devoni lug‘otit turk"asarida uchraydi. Didaktik adabiyotning dastlabki yirik namunalari Yusuf Xos Hojibning "Qutadg‘u bilig", Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul-haqoyiq" dostonlaridir. Bu asarlarda xalqning adolat, ma'rifat, odob-axloq haqidagi qarashlari,pand-nasihatlari she‘riy shakllarda bayon etilgan. Ularda ijtimoiy, falsafiy, ilmiy qarashlarini ommalashtirish vositasi sifatida ham foydalanganlar(masalan,Ibn Sinoning tabobatga oid "Urjuza" she‘riy asari). Bundan tashqari bunday xususiyatlar Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy, So‘fi Olloyor, Huvaydo, Haziniy kabi tasavvuf namoyondalari ham samarali foydalanganlar. Ularning asarlarida insonning ma'naviy kamolga yetishida yuksak axloqqa ega bo‘lish ilm-fanni egallash asosidagina amalga oshishi mumkin degan g‘oya ilgari surildi chunki o‘sha davrdan boshlab savod o‘rgatish Qur‘on va hadislarni o‘rganish va ulardagi ko‘rsatmalarni o‘zlashtirib olish bilan birga olib borilgan. Shunga ko‘ra Qur’on va Hadislardagi pand-nasihatlar ham olimlar,ham adiblar ijodiga ta‘sir etdi. Masalan, Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul-haqoyiq"asarida ham markaziy o‘rinni inson shaxsi, uning ma'naviy-axloqiy qiyofasi, shuningdek, shaxsni mq‘naviy kamolotga yetishuvida ilmning o‘rni masalasi turadi. Asarning 1-bobidayoq ilm manfaati,ilmsizlik va jaholatning zarari haqida fikr bildiriladi.Ilmli va ilmsiz kishini bir-biri bilan taqqoslash asosida ilm-maprifatning afzalligi, uning inson uchun qay darajada foydali ekanligini ochib berar ekan, Ahmad Yugnakiy bilimli insonni qimmatbaho dinorga, bilimsiz kishini esa qimmatsizilikka o‘xshatib, er kishining ko‘rki aql, deya ta‘riflaydi. Alloma bilim egallash kishini yuksaklarga ko‘tarsa, ilmsizlik tubanlikka tomon yetaklashiga urg‘u beradi. Bu boradagi fikr quyidagi misralarda o‘z ifodasini topgan:
Bilik bil usanme bil ul haq rasul,
Bilik kimda ersa, siz arqang dedi,
Ya‘ni, Bilimli bo‘l, hech qachon erinma,
Haq Rasuli kim ilmli bo‘lsa, uni siz maqtang deb aytdi.
Asardagi har bir bob sarlavhalari hadislarga tayanadi. Shu sababli ham asar boblarida Muhammad alayhissalomning tavozelikni oshirish va kibrlikni tashlash to‘g‘risida; harislik haqida, insonlarning ikki "Vodiy" to‘la oltini bo‘lsa ham uchinchisini istashi haqida; Tangrining buyrug‘i va shafqatiga itoat qilish haqida; g‘azabni yengish, Tangrining har narsaga qodirligi, iymonga erishish yo‘llari, uning rasuliga sadoqat va Ollohning muhabbatiga yetishish to‘g‘risida; ibodat orqali sevinchni kutish haqida,ming do‘stdan bir dushman ko‘p ekani haqidagi aytganlari komil insonni shakllantirish yo‘lidagi katta qadami bo`lgan.

Mumtoz adabiyotda Abulqosim Firdavsiynind “Shoxnomasida” inson kamoloti va komil inson masalasi yoritilgan asarlardan yana biri So‘fi Olloyorning "Sabot ul-ojizin"asaridir. Madaniy merosimizda muhim o‘rin tutgan ushbu diniy-axloqiy va didaktik asardagi barcha hikoyatlar, mavzular, fikrlar shaxs kamolotining mohiyati, shartlari, belgilarini yoritishga qaratilgan. "Sabot ul-ojizin"da mutafakkir shoir Qur‘oni Karim oyatlarini,Hadisi sharif hikmatlarini musulmon ummati uchun farz va sunnat bo‘lgan axloq normalarini masnaviy shaklda ifodalagan.Shu tariqa, sabotga muhtoj ojizlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib bergan. Asarda insof-u adolat, tinchlik ulug‘lanadi, zulm va shafqatsizlik, xudbinlik ,nopoklik, nafs-havoga berilish shariat nomidan qoralanadi, mehr va muruvvat, pokko‘ngillilik, hikmat va saxovat, xilvat va uzlat gashti, shirinlilik, kamtarlik fazilatlari madh etiladi.
So‘fi Olloyor "Sabot ul-ojizin"ni yaratishda ikki buyuk chashmadan oziq oldi.Birinchisi, islom ta'limoti va uning muqaddas kitobi Qur‘ondagi ezgulik, hadislar, payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom, boshqa din tasavvuf namoyandalarining ibratli hayot yo‘li. Ikkinchisi, adabiy an‘analar bo‘lib, islom ta'limoti va uning maqsad-mohiyatini targ‘ib qilgan badiiy asarlar. Bu o‘rinda, ayniqsa, sulton ul-orifin shayx Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy, Nosiriddin Rabg‘uziy, Navoiy, Bobur asarlarining ta‘siri sezilarlidir. So‘fi Olloyor ijodida ilohiy muhabbat ezgulikka, Haq va haqiqatga bo‘lgan ishq kuchli. Uning fikricha komil inson, avvalo, o‘zini-o‘zi poklashi,haqiqatni idrok etishi uchun tana ham, niyat ham, qalb ham, fikr-u andisha ham, fe‘l-u xulq ham pok bo‘lishi kerak.
Mumtoz adabiyotda shaxsning ma'naviy kamolotga oid qarashlar Alisher Navoiy ijodida ham uchraydi. Navoiy ta‘lim-tarbiya to‘g‘risidagi fikrlarini ko‘proq barkamol insonni ifodalovchi ijobiy obrazlar yaratish orqali bayon qiladi. Alisher Navoiy o‘zining Farhod, Qays ,Iskandar va boshqa ijobiy obrazlarida tarbiyalanish, ta‘lim olish borasida bosib o‘tgan yo‘lini, kamolotga yetish bosqichlarini tasvirlab, insonning voyaga yetishida tarbiyaning katta-kuch qudratga ega ekanligini alohida uqtiradi.




Download 417.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling