Kurs ishi mavzu: Firdavsiyning “Shoxnoma” asari manba sifatida


Download 417.24 Kb.
bet8/9
Sana17.06.2023
Hajmi417.24 Kb.
#1527220
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
TULAGANOVA GULBAHOR 2-OLIY TALIM

Xulosa
Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin.
SH. Mirziyoyev1
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak Firdavsiyning “Shoxnoma ”asari tarixiy manba sifatida bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi chunki bu asarda bir necha sulolar tarixi ,tarixiy faktlar mavjud bo`lib usha davr tarixi haqida ma`lumotlar ko`pdir.
Xususan: «Shohnoma»da tasvir etilgan voqealar eramizgacha bo’lgan 3223-yildan boshlanadi va 4 sulola tarixini o’z ichiga oladi. Bu sulolalar quyidagilardir:
Peshdodiylar sulolasi - eramizgacha bo’lgan 3223-782-yillar;
Kayoniylar sulolasi - eramizgacha bo’lgan 782-50-yillar;
Ashkoniylar sulolasi - eramizgacha bo’lgan 50-yildan eramizning 150-yiliga qadar;
Somoniylar sulolasi - eramizning 150-651-yillari.
«Shohnoma» ana shu to’rt sulolaga mansub bahodirlar va podshohlar haqidagi qahramonlik va ishqiy-romantik dostonlar sflsilasidan iborat bo’lib, ularda ta’limiy-axloqiy mazmundagi lavhalar, pand-nasihatlar, lirik she’rlar va boshqalar ham bor.
Ajdodlarimizning boy ilmiy va adabiy merosi ham ma‘naviy–axloqiy, ham ma‘rifiy tomondan o‘z ta‘sirini o‘tkaza boshladi.
Xususan Abulqosim Firdavsiyning “ Shoxnoma ” asari ko`plab tarixiy asarlar singari ham tarixshunoslik ham mumtoz adabiyotimizning eng sara asarlari qatorida hozirgacha manba sifatida tarixshunoslar tomonidan keng o`rganilib kelmoqda.
Ajdodlarimizning boy ilmiy va adabiy merosi ham ma‘naviy–axloqiy, ham ma‘rifiy tomondan o‘z ta‘sirini o‘tkaza boshladi.
Xususan Abulqosim Firdavsiyning “ Shoxnoma ” asari ko`plab tarixiy asarlar singari ham tarixshunoslik ham mumtoz adabiyotimizning eng sara asarlari qatorida hozirgacha manba sifatida tarixshunoslar tomonidan keng o`rganilib kelmoqda.
­­­­_________ 1
Google. https:// hikmatlar .uz

Jahon adabiyotshunosligida milliy adabiyotning ilohiyotga ehtiyoji va undan oziqlanishi xususida koplab tadqiqotlar amalga oshirilgan. Xususan, musulmon mamlakatlarida adabiyotning yorqin asarlaridan biri firdavsiyning “Shoxnoma” asri adabiyotga ta’siri, so’z san’ati orqali ilohiy va islomiy qarashlarning yoritilishini o’rganish muhim masalalardan sanaladi. Mustaqillikdan keyin mamlakatimizda jamiyatning diniy-ruhiy asoslari va xalqimizning ko’p asrlik ma’naviy-axloqiy merosini o’zida mujassam etgan islom madaniyatini o’rganish va uni hayotga tatbiq etish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirildi. Shu jumladan, O’zbek mumtoz adabiyotining taraqqiyotiga zamin hozirlagan asarlari,
ma’naviy-ma’rifiy sarchashmalarni chuqurroq o’rganish hamda dunyoga tanitish bo’yicha tadqiqotlar yuzaga keldi. Mustaqillik tufayli adabiy meroslarimizni o’rganishda yangi istiqbolli yo’llar ochildi.
«Shohnoma», kompozitsion qurilishiga ko’ra, turli hajmdagi 50 ta podshohlikning tasvir va tavsifidan iborat. Ayrim podshohliklarning tasviriga esa, o’z navbatida, yana bir necha dostonlar bag’ishlangan.

«Shohnoma» shartli ravishda uch qismga bo’linadi: 1) mifologik, 2) qahramonlik va 3) tarixiy qismlar. Agar mifologik qismga «Avesto» da qayd etilgan qadimgi miflar va kosmogonik tasawurlar aks etgan asarlar kirsa, qahramonlik qismini bahodirlar haqidagi Eron rivoyatlari tashkil etadi. Bu turkumdagi asarlar markazini Rustam obrazi egallaydi. Shu bilan birga Siyovush, Isfandiyor, Iskandar, Bahrom Go’r obrazlari ham shu turkumdagi dostonlarning g’oyaviy yo’nalishini belgilab keladi.

Firdavsiy «Shohnoma» si Sharq adabiyotida xamsachilik an’analarining paydo bo’lishi va shakllanishida muhim ahamiyatga molik bo’ldi. Nizomiy, Xusrav Pahlaviy, Navoiy xamsalaridagi ayrim sujet chiziqlari va qahramonlar Firdavsiy «Shohnoma» sidan o’sib-unib chiqqan. Ana shunday qahramonlardan biri Iskandardir.

Download 417.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling