Kurs ishi mavzu: Fizikani o’qitishda xorij tajribalardan foydalanish


Fizikani o’qitishda xorij tajribalaridan foydalanish


Download 1.04 Mb.
bet3/8
Sana14.12.2022
Hajmi1.04 Mb.
#1001949
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ashirova Shaxnoza oxirgisi kurs ishi


2.2 Fizikani o’qitishda xorij tajribalaridan foydalanish


Fizika tabiiy fanlar orasida bilimlarni boshqaruvchi soha bo’lib qoldi.Fizik nazariyalar va fizik tekshirish usullari boshqa tabiat fanlari orasiga borgan sari kira boshladi.Shu bilan birga fizika hozirgi zamon texnikasining nazariy asosiy rolini o’ynay boshladi,ko’p sohalar (elektrotexnika, radiotexnika, elektronika, yadro energetikasi va shu kabilar) fizik kashfiyotlar asosia pdaydo bo’ldi. Shu bilan birga fizikaning tabiatshunoslik sohasi sifatidagi ahamiyati va o’rni belgilanadi. Fizikaning fan sifatidagi o’ziga xos xususiyatlari fizikaning o’quv predmeti sifatidagi muhim belgisi va xususiyatlari ham aniqlanadi.Shu sababli fizika fanini har tomonlama rivojlantirish,rivojlangan mamlakatlar bilan tajriba almashish kerakdir. Ixtiyoriy ilmiy bilimning barqaror rivojlanishining zaruriy sharti uning ivolutsion bosqichlarida ongli tarzda avloddan-avlodga o’tishdir. Ya’nikim insonlarning ixtiyoriy tarzda ilm-fanga qiziqishi va uning rivojlanishi yo’lida xissa qo’shmog’idir. Chet mamalakatlarda o’sayotgan avlodning qay tarzda tarbiyalanishiga qiziqish qadim davrlardayoq mavjud edi. Yunon tarixchisi Gerodot Bobil va Misrda yoshlar tarbiyasiga oid hikoyalar aytgan bo’lsa, Rim tarixchisi Tastit qadimgi german qabilalariga oid o’ziga xos xususiyatlarini qayd etib o’tgan edi.O’sha davrlardayoq, mamlakatlarning yosh avlodni tarbiyalash ishlarini yaxshilashda qo’shni mamlakatlar tajribasidan foydalanish maqsadida tez-tez ko’rilib turgan. Vatanimiz ta’limi keng qamrovli islohotlarni hamda qayta qurish ishlarini amalga oshirishmoqda. Ulardan ko’zlangan maqsad ta’lim-tarbiya faoliyatini rivojlantirish, o’quv tarbiya ishlari mazmunini, uning shakl va uslubini kompleks yangilash va yanada takomillashtirishdan iborat. Bu vazifalarni mavaffaqiyatli hal qilishning muhim shartlaridan biri chet el uslubi va pedagogikasi tajribalariga munosabatni tubdan o’zgartirish ekanligini hayotning o’zi ko’rsatmoqda. Ta’lim tarbiyada samarali islohotlarni amalga oshirish talab etilayotgan hozirgi davrda ilmiy-texnika taraqqiyoti muhim o’rin tutadi.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning mamlakat ichki siyosatiga faol ta’sir etadigan jarayon ekanligi ayni haqiqatdir. Germaniya ta’limidagi eng mashhur yo’nalish oliy ta’lim tizimidir. Mamlakat yuqori darajadagi oliy ma’lumot berishda nafaqat Yevropa, balki jahonda yetakchilardan hisoblanadi. Germaniya oliy ta’limidagi asosiy qoida – “Akademik erkinlik” bo’lib bu yerda har bir talabaning mustaqil izlanishi va o’z ilmiy tadqiqotlarini ta’lim jarayoni bilan bir vaqtda olib borishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan Bundan tashqari, talabalarga fanlar va o’qish dasturini mustaqil tanlash huquqi ham beriladi. Nemis ta’lim tizimining yana bir o’ziga xosligi – ochiqlik va soddalikdir. Barchaning oliy ma’lumotli hamda bilimli bo’lishi tarafdori bo’lgan hukumat tomonidan universitetlarda o’tiladigan maruza darslariga nafaqat talabalar, balki istalgan tinglovchining kirishiga ruxsat berilgan. Shu bois mamlakatda inson qo’lidagi oliy ma’lumot diplomi emas, balki ularning bilim va malakasi ko’proq qadrlanadi. Qo’shma shtatlardagi ta’lim tizimi dunyodagi eng yaxshi tizimlardan biri deb tan olingan. Amerikada o’qish chet ellik talabalarni ingliz tilini bilish darajasi,yuqori sifatli o’qitish, xalqaro aloqa tajribasi, ko’plab mashhur dasturlar va porloq martaba istiqbollari bilan qiziqtiradi. AQSHning universitetlari xalqaro ta’lim reytinglarida birinchi o’rinlarni egallab turishibdi. Amerikada qat’iy birlashtirilgan davlat ta’lim tizimi mavjud emas. Bu yerda u universaldir. Uning tuzilishi har bir davlat tomonidan alohida belgilanadi. Shunga qaramay Amerikada ta’lim ko’p bosqichli. Mamlakatning ta’lim tizimi quyidagilardan iborat:

  1. 3-5 yoshdagi bolalarni tarbiyalash uchun maktabgacha muassasalar ;

  2. 6 dan 13 yoshgacha bo’lgan bolalar o’qiyotgan 1-8 –sinflarni o’z ichiga olgan boshlang’ich maktab;

  3. 14-17 yoshdagi bolalar o’qitiladigan o’rta maktab ,9-sinfga qabul qilinadi va 12-sinfni tugatgandan so’ng o’rta maktabni tugatganligi to’g’risidagi diplom bilan bitiradi;

  4. 2 yillik o’qish va undan keyingi asosiy ma’lumotni olgan kollejlar , shuningdek, 4 yil o’qiydigan kollejlar va universitetlar bilan ta’minlangan oliy maktab ,ularga bakalavr unvonini berish;

  5. Magestratura ,bu magestrlik darajasini olish imkoniyati bilan o’qishni davom ettirishga imkon beradi (o’quv muddati 2yil davom etadi);

  6. 3 yildan 6 yilgacha davom etadigan ta’limning yakuniy bosqichi , bu falsafa doktori ilmiy darajasi.

Maktablarda amalga oshirilayotgan islohotlar ta’lim tizimini tabaqalashtirish muammolarini keltirib chiqardi. Iqtisodiy rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta’limni tabaqalashtirish eng dolzarb masalaga aylangan. Ta’lim oluvchilarni tabaqalashtirib o’qitish xorijiy mamlakatlarda asosan boshlang’ich ta’lim tizimidan keyin amalga oshiriladi. Masalan, fransuz pedagoglari ta’lim jarayonida sinf ta’lim oluvchilarini uch tabaqaga ajratib o’qitishni afzal ko’radilar.



4-rasm
Bular quyidagilar: 1.Gomogenlar – matematika va gumonitar yo’nalishda ish olib borsa bo’ladiga ta’lim oluvchilar. 2. Yarim gomogen – tabiiy turkumdagi fanlarni o’zlashtira olishga moyil ta’lim oluvchilar.
3.Gegeron – barcha predmetlarni har xil saviyada o’zlashtiradigan ta’lim oluvchilar va hokazolar .Tabaqalashtirish jarayonining yangi muhim yo’nalishi to’ldiruvchi ta’limni rivojlantirish bo’lib qolmoqda. Ushbu tabaqalashtirish ta’lim oluvchilarning qiziqishlaridan kelib chiqib, o’zlarining iqtidorlariga qarab yo’nalish tanlash imkoniyatini beradi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling