Kurs ishi Mavzu: Globallashuv sharoitida transmilliy korporatsiyalar Mundarija
Transmilliy korporatsiyalarning jahon iqtisodiyoti globallashuvidagi o’rni
Download 0.7 Mb.
|
Kurs ishi Mavzu Globallashuv sharoitida transmilliy korporatsiy
2.3. Transmilliy korporatsiyalarning jahon iqtisodiyoti globallashuvidagi o’rni.
Ma’lumki, TMKlar o‘z faoliyatini kengaytirish orqali jahon bozorida yangi shakllarni o‘zlashtiradi. Bu shakllar TMKlarga a’zo bo‘lmagan firmalar bilan aloqallar o‘rnatish, shartnomalar imzolash munosabatlari bilan amalga oshiriladi. Endi bunday firmalar TMKlarning odatdagi iqtisodiy variantlariga tanlashlari mumkin bo‘ladi: litsenziyalash franchayzing Boshqariladigan kontraktlar texnik va marketing xizmatlarga e’tibor qaratish; «kaliti bilan» sanalgan korxonalar o‘rtasida aloqalar o‘rnatish; - qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha kelishuvlar va alohida amalga oshiriladigan operatsiyalardagi cheklovga rioya qilish. Litsenziya bitimi yuridik shartnoma bo‘lib, litsenziya egasi o‘ziga tegishli hududda bemolol faoliyat yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Litsenziya munosabatlari soddalashtirilgan bo‘lib, bu hujjat ichki firma shartnomasidagi kabi, tashqi texnologik yo‘nalishlarda ham to‘la-to‘kis kuchga ega hisoblanadi. Franchayzing – bu litsenziyaviy bitim, davomiylik asosidagi muddatga ega. U ishlab chiqaruvchining o‘z mahsulotini biron-bir firma yoki korxonaga sotish huquqini berishi va mahsulotni sotish huquqiga ega bo‘lgan savdo firmasi yoki korxonasi. Franchayzing biznesni tashkil etish va amalga oshirish usuli sifatida 1990 -yillar oxirida ko‘plab rivojlangan va rivojlanayotgan TMKlarning bu shakli boshqaruv va marketing xizmatlariga e’tiborni kuchaytirishni talab etgan. O‘z o‘rnida TMKlar harakatining jahon xo‘jaligi va xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ham ijobiy, ham salbiy ta’sirlari mavjud. Bu borada mutaxassislar quyidagicha fikrlaydilar: 1.Davlatning siyosiy – iqtisodiy munosabatiga TMKlar o‘z faoliyati bilan zid yuradi; 2 .Davlat qonunlari buzuladi, qo‘l kuchi transferter bahosini nomutanosiblashtiradi. Qator mamlakatlarda tashkil etilgan TMKlar sho‘‘ba kompaniyalari milliy qonunchiliklarni pisand etmaydi, aksincha mamlakat ichidagi soliq muammolariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi; 3. Rivojlanayotgan mamlakatlarda monopolistik baho joriy etadi, diktaturaga xos sharoit vujudga keltiradi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling