Kurs ishi Mavzu: Globallashuv sharoitida transmilliy korporatsiyalar Mundarija
Erkin iqtisodiy zonalar (hududlar)
Download 0.7 Mb.
|
Kurs ishi Mavzu Globallashuv sharoitida transmilliy korporatsiy
Erkin iqtisodiy zonalar (hududlar)
Erkin iqtisodiy hududlar tashkil qilishda ikkita konseptual yondoshish qo‘llaniladi: hududiy va funksional (nuqtali). Birinchi holatda hududdagi barcha rezident korxonalar xo‘jalik faoliyatida imtiyozlardan foydalanadilar. Erkin iqtisodiy hududlarning eng oddiy ko‘rinishlaridan biri erkin bojxona (bojsiz) hududlari (EBX) hisoblanadi. Bu hududlar erkin savdo hududlari kabi birinchi avlod hududlariga kiradi. Ular XVII-XVIII asrlardan buyon mavjud. Bunday hududlarni ko‘pincha bond omborlari yoki erkin bojxona hududlari deb ataladi. Erkin bojxona hududlari tovar olib kirish va olib chiqishda bojdan ozod qilinadi. Ular ko‘plab mamlakatlarda mavjud. Erkin savdo hududlari (ESH) ham dunyoda keng tarqalgan. Erkin savdo hududlari AĶSHda eng ko‘p rivoj topgan. Ularni tashkil qilish 1934 yildagi maxsus qonunda nazarda tutilgan. Uning maqsadi savdoni rag‘batlantirish, savdo operatsiyalarini tezlashtirish, savdo xarajatlarini kamaytirishdan iborat. Oddiy erkin savdo hududlari qatoriga yirik xalqaro aeroportlardagi maxsus «dьyuti fri» magazinlarini kiritish mumkin. Rejim nuqtai nazaridan ular davlat chegaralaridan tashqarida deb hisoblanadi. Erkin savdo hududlari qatoriga imtiyozli holatga ega bo‘lgan an’anaviy erkin portlarni kiritish mumkin. Sanoat ishlab chiqarish hududlari ikkinchi avlod hududlari hisoblanadi. Ular erkin savdo hududlariga faqat tovar emas, kapital ham olib kiritilishi va ularda faqat savdo bilan emas, balki ishlab chiqarish faoliyati bilan ham shug‘ullanilishi oqibatida erkin savdo hududlarining evolyusiyasi natijasida vujudga keladi. Eksport ishlab chiqarish hududlarini tashkil qilish mantiqi rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti bilan belgilangan edi. O‘tgan asrning 60-yillari o‘rtalarida bu erda sanoat eksportini rag‘batlantirish va xorijiy kapital oqimi yordamida bandlik darajasini oshrish zaruriyati tug‘ilgan edi. Texnika kiritish hududlari uchinchi avlod hududlari hisoblanadi (70-80-yillar). Ular stixiyali tarzda hosil bo‘ladi yoki maxsus ravishda davlat yordamida yirik ilmiy markazlar atrofida tashkil qilinadi. Ularda yagona soliq va moliyaviy tizimdan foydalanuvchi milliy va xorijiy tadqiqotchilik, loyixa, ilmiy-ishlab chiqarish firmalari jamlanadi. Turli moliya-iqtisodiy, sug‘urta va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi firma va tashkilotlar uchun tadbirkorlik faoliyatining imtiyozli sharoitlari yaratiladigan hududlar servis hududlari deb ataladi. Servis hududlar qatoriga offshor hududlar (OH) va solih gavanlari (SG) kiradi. OH va SG tadbirkorlarni qo‘lay valyuta-moliya, fiskal sharoitlar, bank va tijorat sirlarining yaxshi saqlanishi, davlat boshqaruvining kamligi bilan o‘ziga jalb qiladi. Majmuaviy hududlar alohida ma’muriy tumanlar hududida umumiy xo‘jalik yuritish rejimiga nisbatan alohida, imtiyozli rejim o‘rnatish bilan tashkil qilinadi. Ularga Xitoyning 5 ta mahsus iqtisodiy hududlarini, Braziliyadagi «Manuas» hududini, Argentinadagi «Olovli er»ni, sanoati rivojlangan davlatlarning kam rivojlangan hududlaridagi erkin tadbirkorlik hududlarini kiritish mumkin. Imtiyozlar 4 ta asosiy guruhga ajratiladi: Tashqi savdo imtiyozlari Soliq imtiyozlari. Moliyaviy imtiyozlar. Ma’muriy imtiyozlar Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling